Telegram Group Search
📢E'lon

Hurmatli talabalar va professor-o‘qituvchilar!

Universitetimiz Ta’lim sifati nazorati bo‘limi tomonidan ta’lim jarayonlarining samaradorligini oshirish, dars sifatini muntazam tahlil qilish hamda o‘quv muhitini takomillashtirish maqsadida @TDSHU_SIFATBOT Telegram-boti ishlab chiqildi.

Mazkur platforma orqali Siz ta’lim sifati, dars jarayonlari yoki o‘quv muhitiga oid taklif, e’tiroz va fikrlaringizni anonim ravishda yuborishingiz mumkin. Yuborilgan barcha ma’lumotlarning maxfiyligi to‘liq kafolatlanadi.

🔗 QR-kodni skanerlash yoki @TDSHU_SIFATBOT manziliga kirish orqali botdan foydalanish mumkin.

❗️Ta’lim sifati – barchamizning mas’uliyatimiz!

TDSHU Matbuot xizmati/Пресс-служба ТГУВ/Press service of TSUOS

🌐Telegram |🌐Facebook |🌐 Youtube
📹 Instagram| 🌐Twitter | 🗄 tsuos.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#TDSHU_OAVda

😄Ozarbayjonning Gabala shahrida Turk davlatlari tashkilotining “Mintaqaviy tinchlik va xavfsizlik” mavzusidagi sammiti yuzasidan TDSHU “Yosh sharqshunos diplomatlar” klubi a’zolari “O‘zbekiston ovozi” gazetasining 43-sonida o‘z fikrlarini bildirdilar.

Batafsil

TDSHU Matbuot xizmati/Пресс-служба ТГУВ/Press secretary of TSUOS

🌐Telegram |🌐Facebook |🌐 Youtube |📹 Instagram| 🌐Twitter | 🗄 tsuos.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📚 "Tashqi iqtisodiy faoliyat" kafedrasida ochiq dars !

Kafedra mudiri, PhD Voxidova Mehri Xasanovna tomonidan "Xalqaro iqtisodiy munosabatlar" fanidan
🔹 "Xalqaro savdoni tartibga solishning notarif usullari" mavzusida ochiq dars tashkil etildi.

📖 Dars davomida talabalar xalqaro savdo siyosatida qo‘llaniladigan notarif cheklovlar, litsenziyalash, kvotalar, texnik reglamentlar va boshqa iqtisodiy mexanizmlarning mazmun-mohiyati bilan tanishdilar.

💬 Ochiq dars interaktiv tarzda o‘tib, talabalarning nazariy bilimlari amaliy misollar orqali mustahkamlandi.

🌍 Mazkur dars xalqaro iqtisodiy munosabatlar sohasida talabalarning tahliliy fikrlashini rivojlantirish hamda ularni global savdo tizimining zamonaviy jarayonlariga tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etdi.
😄TDSHUda rektor Gulchehra Rixsiyeva va talabalar ishtirokida “Kelajak soati” loyihasi doirasida “Ma’rifat darsi” bo‘lib o‘tdi.

🗣Batafsil
🗣Подробнее
🗣Read more

TDSHU Matbuot xizmati/Пресс-служба ТГУВ/Press service of TSUOS

🌐Telegram |🌐Facebook |🌐 Youtube
📹 Instagram| 🌐Twitter | 🗄 tsuos.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔹4️⃣4️⃣4️⃣ #zakovat #talabalarligasi

🔺Talabalar ligasi doirasida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Zakovat intellektual o‘yini 7-turiga mezbonlik qiladi.

Jamoa a'zolari soni 4 tadan ko‘p va 6 tadan kam bo‘lishi talab etiladi. A'zolar universitet miqyosida, barcha fakultet talabalaridan iborat bo‘lgan holda o‘ynaladi.

🔍Keling, ishtirok eting va o‘z bilimlaringizni sinovdan o‘tkazing!

⚠️Oldingi o‘yinda ishtirok etgan jamoalar uchun ro‘yxatdan o‘tish shart emas. Yangi jamoalar esa o‘yin boshlanishidan oldin ro‘yxatdan o‘tadi.

Qo‘shimcha savollar uchun: @Abdumomin_701

📑 Sana: 30-oktabr
Vaqt: 17:00 PM
✈️ Manzil: TDSHU faollar zali

‼️Iltimos, o‘yinga kech qolmang!

⭐️Sizlar uchun eng yaxshilarini taqdim etishda davom etamiz!


💠TDSHU yoshlar ittifoqi axborot xizmati:
🕊 Telegram | 📱 Instagram
📺 YouTube | 🌍 tsuos.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🏛 “Eng faol yil talabasi  – 2025” respublika tanlovi eʼlon qilindi.

🔴Tanlovda oliy ta’lim muassasasida uzluksiz (akademik ta’tilsiz) kunduzgi ta’lim shaklida o‘qib kelayotgan 2-, 3-, 4-bosqich talabalari ishtirok etishi mumkin. Mazkur tanlovda oldingi yillarda ishtirok etib 1-, 2- va 3-o‘rinni egallagan talabalarning qayta ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

➡️Tanlovda quyidagi 7 ta nominatsiya bo‘yicha g‘oliblar aniqlanadi:

🟢Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi;
🟢Yilning eng faol targ‘ibotchi talabasi;
🟢Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi;
🟢Yilning eng faol sportchi talabasi;
🟢Yilning eng faol iqtidorli talabasi (rangtasvir, grafika, dizayn, amaliy san’at, haykaltaroshlik bo‘yicha);
🟢Yilning eng faol ijodkor talabasi;
🟢Yilning eng faol tadbirkor talabasi (xotin-qizlar uchun).

💠Tanlov nominatsiyalari bo‘yicha birinchi OTM bosqichida yuqori o‘rinlarni egallagan g‘oliblar oliy taʼlim muassasasining faxriy yorlig‘i va tegishli ravishda bazaviy hisoblash miqdorining 8, 6 va 4 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

🟥Respublika g‘oliblari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi diplomi, maxsus statuetka hamda bazaviy hisoblash miqdorining 1-o‘rin 15 barobari, 2-o‘rin 10 barobari va 3-o‘rin 8 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

📌 “Yil talabasi” tanlovi nizomi

🧊 Hujjatlar Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha masʼullari tomonidan joriy yilning 15-noyabr sanasiga qadar qabul qilinadi.

@tdshuiqtidor
Forwarded from TSUOS Career Center
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
TALABALAR UCHUN IMKONIYAT!

🏆 “KAFIL-SUG‘URTA GRANTI” — IQTIDORLI YOSHLAR UCHUN KATTA IMKON!

“KAFIL-SUG‘URTA” AJ tomonidan an’anaviy tarzda tashkil etiladigan grant tanlovi start oldi!

Kimlar qatnasha oladi?
O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan bilimdon va intiluvchan yoshlar.

TDSHU talabalari
uchun hujjatlarni elektron shaklda topshirish muddati - 2025-yil 31-oktabr

G‘oliblarga taqdim etiladigan imkoniyatlar:
➡️ Maxsus stipendiya
➡️ Kompaniyada amaliyot o‘tash
➡️ Ishga joylashish imkoniyati

🏹 Bu tanlov yoshlar uchun nazariy bilimni amaliy tajriba bilan uyg‘unlashtirish, yangi bosqichga chiqish va kelajakka qadam tashlash uchun noyob imkoniyatdir.

Batafsil ma’lumot va ariza topshirish yo‘riqnomasi:
➡️ [email protected]
➡️ HAVOLA
➡️ Yo’riqnoma
➡️ 712375014
& 712000414

KAFIL-SUG‘URTA AJ — Kelajagingizga sarmoya kiriting, imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!


TSUOS Career Center 🌐 Telegram
😄TDSHUda “Butunjahon jamg‘arish kuni” xalqaro loyihasi doirasida "Oʻzmilliybank" AJ vakillari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

🗣Batafsil
🗣Подробнее
🗣Read more

TDSHU Matbuot xizmati/Пресс-служба ТГУВ/Press service of TSUOS

🌐Telegram |🌐Facebook |🌐 Youtube
📹 Instagram| 🌐Twitter | 🗄 tsuos.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/10/31 04:21:51
Back to Top
HTML Embed Code: