group-telegram.com/qashqadaryobojxona/11714
Last Update:
Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i hududlarda bo‘lib, investitsion loyihalar bilan tanishmoqda.
Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i J.Fayzullaev tomonidan viloyatning turli hududlarida joylashgan sanoat zonalari va ishlab chiqarish obyektlariga tashriflar amalga oshirilmoqda. Ushbu tashriflar davomida xorijiy investitsiyalar asosida amalga oshirilayotgan yangi loyihalar bilan yaqindan tanishilmoqda.
Boshqarma boshligʼi J.Fayzullaev va masʼul xodimlarning navbatdagi tashrifi Nishon tumanida joylashgan “Tolimarjon IES” AJda boʼldi. Tashrif doirasida bojxona boshlig‘i loyihalarning amalga oshirilish bosqichlari, ishlab chiqarish quvvatlari salohiyatini o‘rgandi. Korxona vakillari bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularni qiynayotgan bojxona jarayonlari bo‘yicha savollar tinglanib amaliy yordam berilmoqda.
Shuningdek, u yerda yangidan barpo etilayotgan umumiy quvvati 1065 MVt boʼlgan ikkita bugʼ-gaz qurilmasini qurish loyihasi koʼzdan kechirildi.
Maʼlumot uchun, ushbu investitsiya loyihasining umumiy qiymati 944,87 mln. AQSh dollarini tashkil etadi. 2025 yilda ishga tushirilishi belgilangan korxonada yiliga qoʼshimcha yana 8,5 mlrd. kVt.soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi.
Mazkur tashabbus bojxona organlari bilan tadbirkorlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash, bojxona to‘lovlari va rasmiylashtirish tartiblarini soddalashtirish, shuningdek, investitsion muhitni yanada yaxshilashga xizmat qilmoqda.
BY Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasining rasmiy axborot kanali📌
Warning: Undefined variable $i in /var/www/group-telegram/post.php on line 260
Share with your friend now:
group-telegram.com/qashqadaryobojxona/11714