group-telegram.com/qashqadaryobojxona/8393
Last Update:
✅ Mas’ullarning navbatdagi manzili Qarshi shahridagi paxta xom ashyosidan sifatli tayyor trikotaj mahsulotlari ishlab chiqaradigan «Sulton styles» korxonasida bo‘ldi.
⚡️Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasi masʼul xodimlari tomonidan viloyatda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar huzuriga tashrif buyurib, bojxona sohasiga oid qabul qilingan qonun hujjatlar mazmun-mohiyati, joriy etilayotgan qulaylik va yengilliklar toʼgʼrisida tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Qarshi shahrida joylashgan “Sulton styles” korxonasida oʼtkazilgan uchrashuvda ham aynan yangi oʼzgarishlar haqida maʼlumotlar berildi. Maʼlumot uchun, mazkur korxonada mehnat qiluvchi 530 nafar xotin-qizlar tomonidan paxta xom ashyosidan sifatli tayyor trikotaj mahsulotlari ishlab chiqariladi. Korxona oʼz faoliyatini 2019 yilda boshlagan. Аyni kunda, kuniga 10000 donagacha tayyor kiyim-kechaklar ishlab chiqarilmoqda.
⚡️Eʼtiborlisi, mahsulotlarning asosiy qismi Rossiya va boshqa Yevropa davlatlariga eksport qilinmoqda. Joriy yilning oʼtgan davrida 741 ming АQSh dollarilik mahsulotlar Rossiya Federatsiyasiga eksportga joʼnatilgan.
✍️ Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasi Аxborot xizmati.
BY Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasining rasmiy axborot kanali📌
Warning: Undefined variable $i in /var/www/group-telegram/post.php on line 260
Share with your friend now:
group-telegram.com/qashqadaryobojxona/8393