Telegram Group Search
Вилоят ҳокими Қарши шаҳридаги хусусий университетда бўлди

Вилоят ҳокими Муротжон Азимов Қарши шаҳридаги Ахборот технологиялари ва менежмент университетида бўлиб, ўқув жараёнлари, таълим сифати ва амалга оширилаётган лойиҳалар тақдимоти билан танишди.

Ушбу олий ўқув юртида 20 та йўналишда 14 минг нафар бакалавр, 6 та йўналишда 500 нафар магистр таълим олади. Профессор-ўқитувчиларнинг 6 нафари хориждан (Малайзия, Россия, Корея) келган мутахассислар ҳисобланади.


Жорий ўқув йили учун 350 та грант ўрин ажратилган бўлиб, уларга боқувчисини йўқотган, кам таъминланган оила фарзандлари, ногиронлиги бўлган шахслар, иқтидорли талабалар қабул қилинган. Ташкил этилган заргарлик ва ҳунармандчилик тўгаракларида 500 нафар талаба касб-ҳунар ўрганиш баробарида даромадга ҳам эга бўлишмоқда.

Вилоят раҳбари талабалар билан мулоқот чоғида яратилган таълим имкониятларидан самарали фойдаланиш ҳамда тил ўрганиш, касб-ҳунар эгаллаш бўйича тавсиялар берди.

- Изланиш, ташаббус, янги лойиҳа, ўзига бўлган талабни юқори қўйиш ва азиз ватанга хизмат қилиш олий мақсадингиз, бурчингиз бўлсин! Албатта, маррани баланд олинг, сизни ишончли келажак кутмоқда, - деди вилоят ҳокими мулоқот чоғида.


Gov.uz|Telegram|YouTube|FB|Instagram|X
Joriy yilning 1-30 noyabr kunlari respublikamiz miqyosida o‘tkazilayotgan “Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi” kompleks targ‘ibot tadbirlari munosabati bilan viloyat Jurnalistlar uyida ommaviy axborot vositalari, jurnalist va blogerlar uchun matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Matbuot anjumanida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, boshqarma Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari, korxona va tashkilotlar axborot xizmatlari rahbarlari, bankirlar, jurnalist va blogerlar ishtirok etdi. Tadbirda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Abduvoxid Ismoilov so‘z olib, rivojlanib borayotgan axborot asrida, hayotimizning barcha jabhalarida kompyuter va raqamli texnologiyalar muhim ahamiyat kasb etayotganini bildirdi. Shu sababli O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 30 apreldagi “Axborot texnologiyalari yordamida sodir etiladigan jinoyatlarga qarshi kurashish faoliyatini yanada kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, respublika miqyosida har yilning noyabr oyida «Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi» o‘tkazilishi belgilangan.Qaror asosida Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 29 sentyabrdagi dasturi hamda Qashqadaryo viloyat hokimining 2025 yil 1 noyabrdagi farmoyishi qabul qilinib, barcha davlat organlari va tashkilotlariga, turli soha va yo‘nalishlarga aniq vazifalar yuklatildi. Viloyat ichki ishlar boshqarmasi Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi «Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi» kompleks profilaktik targ‘ibot tadbirlari doirasida barcha korxona va tashkilotlar, mahallalar, ta’lim dargohlarida hamkorlikda targ‘ibot ishlarini amalga oshirib, amaliy-uslubiy tadbirlarni keng miqyosda o‘tkazib kelmoqda. Kiberjinoyatlarni oldini olish hamda aholini kiber olamdagi tahdidlar, jinoyatlardan himoyalash va imunitetini oshirishga barcha o‘z hissasini qo‘shsa bu turdagi jinoyatlarni oldi olinishi shubhasizligi takidlandi.Yakunda ishtirokchilarning savollariga atroflicha javoblar berildi.


— — —
⚠️ Xavfsiz internet yordamchisi

Gov.uz|Telegram|YouTube|FB|Instagram|X
Юлдузлари кафтингга қўнадиган юрт

Ушбу мақолада туризм салоҳияти сезиларли даражада бўй чўзган Қашқадарёнинг Шаҳрисабз туманида жойлашган туризм манзиллари, шунингдек, кўплар маҳаллий ва хорижий сайёҳларни ўз бағрига сиғдиришда ҳозирланаётган Майданак дам олиш маскани ҳақида сўз боради.

Батафсил “Янги Ўзбекистон” газетасида ўқишингиз мумкин.

Gov.uz|Telegram|YouTube|FB|Instagram|X
2025/11/06 07:46:00
Back to Top
HTML Embed Code: