Telegram Group Search
Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi  binosi yong'in xavfsizligini ta’minlashni tashkil etish bo’linmasi kichik inspektori kichik serjant Sh.Ro’zixodjayev Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti talabalari bilan havo haroratining minusga tushishi, buning oqibatida qo’l bola isitish moslamalari va is gazidan zaharlanishni oldini olishga qaratilgan tushuntirish ishlari olib borildi.

https://www.group-telegram.com/BZokirovnomidagiMESI.com
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4
#Kelajak_soati
#Maʼrifat_darsi

Bugun Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada sanʼati institutida “Kelajak soati” rukni doirasida “Xavfsiz hayot” mavzusida “Maʼrifat darsi” o‘tkazildi.

Mazkur darsni institut rektori, professor Avaz Mansurov olib bordi.
Dars jarayonida talabalar shaxsiy xavfsizlik va sog’lom ijtimoiy munosabatlar uchun shaxsiy xavfsizlikning ahamiyati, turli vaziyatlarda o’z xavfsizligini himoya qilish bo’yicha muloqot olib borish haqida tasavvurga ega bo’ldilar.

Shuningdek, kuz -qish mavsumini betalofat o’tkazish, yong’in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish, is gazidan zaharlanishni oldini olishga qaratilgan xavfsizlik choralari haqida ham alohida to’xtalib o’tildi.

https://www.group-telegram.com/BZokirovnomidagiMESI.com
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
📣 Diqqat tanlov!

⚡️ “Milliy kompozitorlar tanlovi”ga start berildi

Mamlakatimizda milliy akademik musiqa san’atini rivojlantirish va ommalashtirish, kompozitorlarning ijodini yanada jonlantirish va rag‘batlantirish, ular tomondan milliy ruhda yaratilayotgan yangi asarlarni keng targ‘ib qilish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi hamkorlikda “Milliy kompozitorlar tanlovini e’lon qiladi.

Tanlov 2025-yilning noyabr oyi
davomida bo‘lib o‘tadi.

Tanlovda 25 yoshdan 40 yoshgacha bo‘lgan professional kompozitorlar ishtirok etishi mumkin.

Hujjatlar 2025-yil 11-noyabr kuniga qadar O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasiga topshirilishi lozim.

Manzil: 100000, Toshkent shahri, Yahyo G‘ulomov ko‘chasi, 69-uy.

Murojaat uchun tel.:
+998712330867
+998977224813

Tanlov nizomi va batafsil ma'lumotlar bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin: https://www.group-telegram.com/tanlov_mk2025


Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Botir Zokirov nomidagi zamonaviy estrada qo‘shiqchilari tanlovi g‘oliblari taqdirlandi

O‘zbekiston san’atining yirik namoyandasi, atoqli xonanda va bastakor Botir Zokirov nomini abadiylashtirish hamda yosh estrada ijodkorlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘tkazilgan “Botir Zokirov nomidagi estrada qo‘shiqchilari tanlovi” o‘z yakuniga yetdi.

Tanlov O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash markazi hamda Navo musiqiy telekanali hamkorligida yuqori badiiy saviyada tashkil etildi va o‘tkazildi.

Respublikaning turli hududlaridan tashrif buyurgan yosh iste’dodlar malakali hakamlar hay’ati tomonidan baholandi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, quyidagi ishtirokchilar g‘olib deb topildi va diplom hamda pul mukofotlari bilan taqdirlandilar:
🏆 Gran-pri — Botir Zokirov nomodagi Milliy estrada san’ati institutining 3-bosqich talabasi Shavkatov Sardor
🥇 1-o‘rin — Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati institutining 3- bosqich talabasi Muxtorov Ilhomjon
🥈 2-o‘rin — Nazarxanova Yulduz, Gaybullayev Jasurbek
🥉 3-o‘rin — Nusurov Ilyos

G’olib talabalarimiz va ularning ustozlarini chin yurakdan tabriklaymiz. Yutuqlar bardavom bo’lsin!

https://www.group-telegram.com/BZokirovnomidagiMESI.com
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥8❤‍🔥1👍1
Forwarded from sardor
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥2
Forwarded from sardor
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥3
2025/11/09 02:11:14
Back to Top
HTML Embed Code: