group-telegram.com/adliyangiliklari/16432
Last Update:
#Adliya_xabari
Adliya vaziri joylarda aholiga sifatli yuridik xizmat koʻrsatish holatini oʻrganmoqda
Adliya vaziri Akbar Toshqulov Xorazm viloyatiga amalga oshirgan xizmat safari davomida adliya organlari faoliyati bilan tanishdi.
Dastavval vazir Urganch shahar adliya boʻlimida, shu jumladan DXM, FHDY, yuridik xizmat koʻrsatish markazida aholiga sifatli yuridik xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq masalalarni oʻrgandi. Akbar Toshqulov xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar bilan uchrashib, bu yoʻnalishda mavjud imkoniyatlar va sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
Shuningdek, viloyat adliya boshqarmasida tashkil etilgan situatsion markaz xodimlari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi. Muloqot davomida 2024-yil 24-maydagi Prezident Farmonida belgilangan vazifalar ijrosi, innovatsiyalarni joriy etish, fuqarolar uchun davlat xizmatlaridan foydalanishda qulayliklar yaratish va mavjud imkoniyatlarni yanada kengaytirish, koʻrsatilayotgan davlat va huquqiy xizmatlarni sifat jihatidan yaxshilash, mutaxassislar bilim va malakalarini oshirish zarurligi taʼkidlandi.
Bu masalada barcha zarur imkoniyatlarni ishga solish, mavjudlarini takomillashtirish hamda davlat xizmatlarini koʻrsatishda nazoratni kuchaytirish, har qanday huquqbuzarlik uchun javobgarlikni muqarrarligi yuzasidan vazifalar muhokama etildi.
Adliya vaziri Urganch shahrida “Darital savdo kompleksi”da tadbirkorlar bilan uchrashdi. Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish, xizmat koʻrsatish va savdo belgilarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish, intellektual mulk huquqlarini himoya qilish, kontrafakt mahsulotlari ularning farqli belgilari hamda realizatsiyasi uchun javobgarlik masalalari yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, tadbirkorlarning faoliyatida vujudga kelayotgan huquqiy muammolari oʻrganildi, faoliyatini yanada yaxshilash yuzasidan takliflar va fikr mulohazalari tinglandi.