Telegram Group Search
🍛 TDIU 6-sonli Talabalar turar joyida osh tadbiri!

Bugun, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining 6-sonli talabalar turar joyida Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalar fakulteti o‘g‘il talabalari uchun samimiy osh tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida talabalar o‘zaro muloqot qilib, bir-birlariga yanada yaqinlashdilar. Bunday tadbirlar talabalarning do‘stlik rishtalarini mustahkamlash va iliq muhit yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi. 🤝

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘lishni unutmang !
TelegramInstagram
👍31
Bugun talabalar ishtirokida muhim ma’naviy-ma’rifiy yig‘ilish tashkil etildi.
Uchrashuv davomida TTJ ichki tartib-qoidalari, jinoyatchilikni oldini olish, yoshlarni yot g‘oyalardan asrash masalalari yuzasidan suhbat olib borildi.

Yig‘ilishning ikkinchi qismida Raqamli iqtisodiyot kafedrasi hamkorligida OITSga qarshi kurashish markazi xodimlari ishtirok etdi. Ular talabalarga OITS kasalligining oqibatlari, undan saqlanish choralari haqida batafsil tushunchalar berishdi.

🔥 Tadbir so‘ngida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi hamda sog‘lom turmush tarzining ahamiyati haqida fikr almashdilar.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘lishni unutmang !
TelegramInstagram
👏31
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥 Tadbirdan videolavhalar:
Quyida 6-sonli talabalar turar joyida bo‘lib o‘tgan samimiy osh tadbiridan lavhalarni tomosha qiling! 🍛🎉

Talabalarning iliq muhitda o‘tkazgan onlari, do‘stona suhbatlar va bir-birlariga bo‘lgan mehr-muhabbati aks etgan videolavhalar siz uchun! 🤝

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘lishni unutmang !
TelegramInstagram
👏81👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Milliy libos – milliy qadriyat! 🇺🇿

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalar fakulteti talabalari tomonidan “Milliy libos – milliy qadriyat” shiori ostida videorolik tayyorlandi. 🎥

Mazkur videorolikda talaba-yoshlar milliy liboslarimizni qadrlash, ularni ardoqlash va zamonaviy hayotda ham milliylikni saqlab qolish g‘oyasini targ‘ib etdilar. 👏

Milliy liboslar — bu xalqimizning tarixi, madaniyati va or-nomusini ifodalovchi bebaho merosdir.
Fakultet talabalari ushbu qadriyatlarni asrab-avaylab, yoshlar orasida milliy g‘ururni yanada oshirishga o‘z hissasini qo‘shmoqda!

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘lishni unutmang !
TelegramInstagram
5🔥1👏1🎉1
🔥Joriy yilning 31-oktabr sanasida 6- sonli talabalar turar joyida “Kafedra haftaliklari” rejasiga muvofiq “Axborot tizimlari va texnologiyalari “ kafedrasi tomonidan “Vatanimiz ravnaqi yo'lida xalqimizga kamarbastamiz” mavzusidagi davra suhbati bo'lib o'tdi.

💥 Bo'lib o'tgan tadbir mehmoni Iftor makatabi direktori tarix fanlari PhD A.A. Karimov bo'ldi. Talabalar uchun qiziqarli ma'lumotlar bilan fikr va ma'lumotlar berib o'tildi.

Tadbirda kafedra professor o'qtuvchilari va talabalar qatnashdi. o'zlarining qiziqarli savollari bilan qatnashgan faol talabalar tashakkurnoma va sovg'alar bilan taqdirland.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘lishni unutmang !
TelegramInstagram
1👍1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎭 Talabalar teatr studiyasi ko‘rik-tanlovi!

Bugun Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida o‘tkazilayotgan Talabalar teatr studiyasi ko‘rik-tanlovida Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalar fakulteti talabalari ham faol ishtirok etmoqda! 🎬

📸 Fakultet jamoasi o‘z chiqishlaridan parcha taqdim etib, sahnada mahoratini namoyon qildi.
💪 “Biz tayyormiz!” — deya fidokorona tayyorgarlik ko‘rgan talabalar barchaga yuqori kayfiyat ulashmoqda.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘lishni unutmang !
TelegramInstagram
3👍3🔥2👏2🤔2
Forwarded from TDIU | Yoshlar kanali
🟦🟦🟦 🟦🟦

🏆 Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “Talabalar ligasi” sport musobaqalarining fakultet bosqichiga start berildi !

Sportga qiziqqan barcha talabalar va jamoalar musobaqalarda ishtirok etish uchun:

➡️fakultet Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosarlariga murojaat qilishlari mumkin.

Faol bo‘ling, o‘zingizni sinang va g‘alaba sari intiling!

Biz bilan bitta to‘lqinda bo‘ling:
💬Telegram 📹Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
2025/11/01 02:03:15
Back to Top
HTML Embed Code: