Telegram Group Search
📚 "Tashqi iqtisodiy faoliyat" kafedrasida ochiq dars !

Kafedra mudiri, PhD Voxidova Mehri Xasanovna tomonidan "Xalqaro iqtisodiy munosabatlar" fanidan
🔹 "Xalqaro savdoni tartibga solishning notarif usullari" mavzusida ochiq dars tashkil etildi.

📖 Dars davomida talabalar xalqaro savdo siyosatida qo‘llaniladigan notarif cheklovlar, litsenziyalash, kvotalar, texnik reglamentlar va boshqa iqtisodiy mexanizmlarning mazmun-mohiyati bilan tanishdilar.

💬 Ochiq dars interaktiv tarzda o‘tib, talabalarning nazariy bilimlari amaliy misollar orqali mustahkamlandi.

🌍 Mazkur dars xalqaro iqtisodiy munosabatlar sohasida talabalarning tahliliy fikrlashini rivojlantirish hamda ularni global savdo tizimining zamonaviy jarayonlariga tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etdi.
😄TDSHUda rektor Gulchehra Rixsiyeva va talabalar ishtirokida “Kelajak soati” loyihasi doirasida “Ma’rifat darsi” bo‘lib o‘tdi.

🗣Batafsil
🗣Подробнее
🗣Read more

TDSHU Matbuot xizmati/Пресс-служба ТГУВ/Press service of TSUOS

🌐Telegram |🌐Facebook |🌐 Youtube
📹 Instagram| 🌐Twitter | 🗄 tsuos.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔹4️⃣4️⃣4️⃣ #zakovat #talabalarligasi

🔺Talabalar ligasi doirasida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Zakovat intellektual o‘yini 7-turiga mezbonlik qiladi.

Jamoa a'zolari soni 4 tadan ko‘p va 6 tadan kam bo‘lishi talab etiladi. A'zolar universitet miqyosida, barcha fakultet talabalaridan iborat bo‘lgan holda o‘ynaladi.

🔍Keling, ishtirok eting va o‘z bilimlaringizni sinovdan o‘tkazing!

⚠️Oldingi o‘yinda ishtirok etgan jamoalar uchun ro‘yxatdan o‘tish shart emas. Yangi jamoalar esa o‘yin boshlanishidan oldin ro‘yxatdan o‘tadi.

Qo‘shimcha savollar uchun: @Abdumomin_701

📑 Sana: 30-oktabr
Vaqt: 17:00 PM
✈️ Manzil: TDSHU faollar zali

‼️Iltimos, o‘yinga kech qolmang!

⭐️Sizlar uchun eng yaxshilarini taqdim etishda davom etamiz!


💠TDSHU yoshlar ittifoqi axborot xizmati:
🕊 Telegram | 📱 Instagram
📺 YouTube | 🌍 tsuos.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🏛 “Eng faol yil talabasi  – 2025” respublika tanlovi eʼlon qilindi.

🔴Tanlovda oliy ta’lim muassasasida uzluksiz (akademik ta’tilsiz) kunduzgi ta’lim shaklida o‘qib kelayotgan 2-, 3-, 4-bosqich talabalari ishtirok etishi mumkin. Mazkur tanlovda oldingi yillarda ishtirok etib 1-, 2- va 3-o‘rinni egallagan talabalarning qayta ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

➡️Tanlovda quyidagi 7 ta nominatsiya bo‘yicha g‘oliblar aniqlanadi:

🟢Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi;
🟢Yilning eng faol targ‘ibotchi talabasi;
🟢Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi;
🟢Yilning eng faol sportchi talabasi;
🟢Yilning eng faol iqtidorli talabasi (rangtasvir, grafika, dizayn, amaliy san’at, haykaltaroshlik bo‘yicha);
🟢Yilning eng faol ijodkor talabasi;
🟢Yilning eng faol tadbirkor talabasi (xotin-qizlar uchun).

💠Tanlov nominatsiyalari bo‘yicha birinchi OTM bosqichida yuqori o‘rinlarni egallagan g‘oliblar oliy taʼlim muassasasining faxriy yorlig‘i va tegishli ravishda bazaviy hisoblash miqdorining 8, 6 va 4 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

🟥Respublika g‘oliblari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi diplomi, maxsus statuetka hamda bazaviy hisoblash miqdorining 1-o‘rin 15 barobari, 2-o‘rin 10 barobari va 3-o‘rin 8 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

📌 “Yil talabasi” tanlovi nizomi

🧊 Hujjatlar Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha masʼullari tomonidan joriy yilning 15-noyabr sanasiga qadar qabul qilinadi.

@tdshuiqtidor
Forwarded from TSUOS Career Center
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
TALABALAR UCHUN IMKONIYAT!

🏆 “KAFIL-SUG‘URTA GRANTI” — IQTIDORLI YOSHLAR UCHUN KATTA IMKON!

“KAFIL-SUG‘URTA” AJ tomonidan an’anaviy tarzda tashkil etiladigan grant tanlovi start oldi!

Kimlar qatnasha oladi?
O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan bilimdon va intiluvchan yoshlar.

TDSHU talabalari
uchun hujjatlarni elektron shaklda topshirish muddati - 2025-yil 31-oktabr

G‘oliblarga taqdim etiladigan imkoniyatlar:
➡️ Maxsus stipendiya
➡️ Kompaniyada amaliyot o‘tash
➡️ Ishga joylashish imkoniyati

🏹 Bu tanlov yoshlar uchun nazariy bilimni amaliy tajriba bilan uyg‘unlashtirish, yangi bosqichga chiqish va kelajakka qadam tashlash uchun noyob imkoniyatdir.

Batafsil ma’lumot va ariza topshirish yo‘riqnomasi:
➡️ [email protected]
➡️ HAVOLA
➡️ Yo’riqnoma
➡️ 712375014
& 712000414

KAFIL-SUG‘URTA AJ — Kelajagingizga sarmoya kiriting, imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!


TSUOS Career Center 🌐 Telegram
😄TDSHUda “Butunjahon jamg‘arish kuni” xalqaro loyihasi doirasida "Oʻzmilliybank" AJ vakillari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

🗣Batafsil
🗣Подробнее
🗣Read more

TDSHU Matbuot xizmati/Пресс-служба ТГУВ/Press service of TSUOS

🌐Telegram |🌐Facebook |🌐 Youtube
📹 Instagram| 🌐Twitter | 🗄 tsuos.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from SHARQDAN XABARLAR
📣 SHARQDAN CHORLOV ‼️

"Kelajak soati" rukni ostida o‘tilayotgan "Ma’rifat darslari"ga oid barcha ma'lumotlar, video materiallar endi bir joyda jamlangan!

📌Mazkur havolalar orqali obuna boʻlib, muntazam kuzatib borishingiz mumkin:
👇
https://www.instagram.com/kelajaksoati
https://www.group-telegram.com/kelajaksoati_rasmiy
https://www.youtube.com/@najot2025

#SharqdanChorlov #KelajakSoati #MaʼrifatDarsi #TDSHU

@Sharq_xabar
Forwarded from Dinamik
#joriy
#oraliq

❗️Talaba joriy yoki oraliqdan qolib ketsa fandan qarzdor hisoblanadi yoki fandan(bitta) sababsiz 25 foizdan koʻp dars qoldirsa ham fandan qarzdor hisoblanadi. Ya'ni shu holatlardan boʻlib talaba fandan qolib ketsa oʻsha fanning qolgan darslariga qatnashmasa boʻladimi?

Boʻlmaydi, sababi dars qoldirgan soatlari koʻpayib boraveradi. Bu sababsiz NB lar koʻpayishiga asos boʻladi. Shuni hisobga olib fanning qolgan qismlariga ham kirib, uni oʻzlashtirish kerak. 578-sonli qaror boʻyicha talaba sababsiz 74 soatdan ortiq dars qoldirgan boʻlsa talabalar safidan chetlashtiriladi.

@dinamik_96
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/10/31 12:16:09
Back to Top
HTML Embed Code: