Telegram Group Search
#toshkent | #iqtisodiyot | #statistika

📈 Faoliyat ko‘rsatayotgan chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxona va tashkilotlarning soni ortmoqda.

📊 Joriy yilning 1-sentabr holatiga Toshkent shahrida chet el investitsiyalari ishtirokidagi faoliyat ko‘rsatayotgan 10 821 ta korxonalardan, 2 268 ta qo‘shma korxonalar va 8 553 tasi xorijiy korxonalar hisobiga to‘g‘ri keldi.

📌 Yillar kesimida soni (birlikda):

🔹2021-yil - 7 692

🔹2022-yil - 8 793

🔹2023-yil - 8 139

🔹2024-yil - 9 568

🔹2025-yil - 10 821

Rasmiy sahifalarimiz:
🌐 Sayt | 📱 Telegram | 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#toshkent | #xizmatlar | #statistika

📈 Savdo xizmatlari o‘sish sur’ati 12,8% ni tashkil etdi.

📊 Joriy yil yanvar-avgust oylarida Toshkent shahrida savdo xizmatlari hajmi jami 39 766,1 mlrd. so‘mni, o‘sish sur’ati 12,8 foizni tashkil etdi.

📌 Ushbu ko‘rsatkichning yillar kesimidagi hajmi (mlrd. soʻm):

🔹 2024-yil yanvar-avgust – 33 163,0

🔹 2025-yil yanvar-avgust – 39 766,1

Rasmiy sahifalarimiz:
🌐 Sayt | 📱 Telegram | 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#toshkent | #seminar | #statistika

Kiberxavfsizlik — har birimizdan boshlanadi!

🔹 Joriy yil 14-oktabr kuni Toshkent shahar statistika boshqarmasida tizim xodimlari uchun “Kiberxavfsizlik — bu faqat texnologiya emas, balki tashkilot madaniyati” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Mazkur tadbir davomida Raqamlashtirish va statistik registrlarni yuritish bo‘limi boshlig‘i B. Shakarov tomonidan xodimlarga quyidagi yo‘nalishlarda muhim tavsiya va tushuntirishlar berildi:

- Kiberxavfsizlik madaniyatini shakllantirish;

- Shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish;

- Onlayn firibgarliklardan saqlanish yo‘llari;

- Zararli fayllar va ruxsatsiz kontentdan himoyalanish;

- Sun’iy intellekt bilan bog‘liq xavf-xatarlar.

🔸 Suhbat so‘nggida ishtirokchilarning fikr-mulohazalari tinglanib, ularni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berildi.

Rasmiy sahifalarimiz:
🌐 Sayt | 📱 Telegram | 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥1
#toshkent | #seminar | #statistika

📊 Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish bo‘yicha o‘quv seminari o‘tkazildi.

🔹 2025-yil 15-oktabr kuni Toshkent shahar statistika boshqarmasi tomonidan hududiy statistika bo‘limlari xodimlari uchun o‘quv-seminar tashkil etildi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi PF-173-son Farmoni ijrosini ta’minlash hamda 2026-yilda bo‘lib o‘tadigan aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida o‘tkazildi.

🔹 Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi mutaxassislari, viloyat statistika boshqarmasi, tuman va shahar statistika bo‘limlari vakillari ishtirok etishdi. Unda ro‘yxatga olish savolnomalarini to‘g‘ri to‘ldirish tartibi, ularni amaliyotda qo‘llash bo‘yicha zarur ko‘nikmalar va metodik yo‘riqnomalar muhokama qilindi.

Rasmiy sahifalarimiz:
🌐 Sayt | 📱 Telegram | 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#poytaxt | #ToshkentTV

Toshkent │"Poytaxt" Informatsion dasturi │16-oktabr

Rasmiy sahifalarimiz:
🌐 Sayt | 📱 Telegram | 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#toshkent | #seminar | #statistika

⭕️ Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ishlari davom etmoqda.

2025-yil 16-oktabr kuni Milliy statistika qo‘mitasi hamda Toshkent shahar statistika boshqarmasi mutasaddilari tomonidan Mirobod tumanidagi “Bilimdon” mahalla fuqarolar yig‘inida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishga bag‘ishlangan o‘quv seminarining amaliy mashg‘ulotlari tashkil etildi.

⚡️Amaliy mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilar ro‘yxatga olish savolnomalari bilan ishlash ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazishdi. Uy xo‘jaliklari bo‘yicha respondentlar — ya’ni aholi vakillari bilan so‘rovnomalar o‘tkazilib, ilgari o‘zlashtirilgan nazariy bilimlar amaliy jihatdan mustahkamlandi.

Rasmiy sahifalarimiz:
🌐 Sayt | 📱 Telegram | 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📊 Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish bo‘yicha amaliy seminar o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent shahar Statistika boshqarmasi tomonidan amaliy seminar o'tkazildi.

🏘 Amaliy o'quv seminari Mirobod tumani “Bilimdon” mahallasining aholi xonadonlarida tashkil etildi.

Ishtirokchilar aholi xonadonlariga kirib, ro‘yxatga olish tartiblari, ma’lumotlarni yig‘ish va qayta ishlashda zamonaviy raqamli texnologiyalarni qo‘llash, ma’lumotlarni to‘g‘ri kiritish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo'ldilar.

📌 Ma’lumot uchun:
Prezident Farmoniga muvofiq, 2026-yil yanvar oyidan boshlab, O‘zbekiston bo‘ylab aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiri o‘tkaziladi. Jarayon ikki bosqichda – onlayn tarzda va “mahalla yettiligi” tizimi ishtirokida uyma-uy shaklida amalga oshiriladi.


YouTube | Facebook | Instagram | Web-site | Telegram-bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1
📰 Аҳолини рўйхатга олиш – долзарб жараён

🗞 “Ватанпарвар” газетасининг 2025 йил 17 октябрдаги 42-сонида Миллий статистика қўмитаси раиси Беҳзод Ҳамраевнинг “Аҳолини рўйхатга олиш – долзарб жараён” номли мақоласи чоп этилди.

🇺🇿 Батафсил 📰

———

📢 Расмий саҳифалар | Официальные каналы
| 🔝Telegram | 🔝Instagram |🔝Facebook | 🔝Youtube | 🔝X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1
2025/10/19 18:51:49
Back to Top
HTML Embed Code: