Telegram Group Search
“Ayollar daftari” dagi xotin-qizlar uchun Boʻstonliq tumaniga sayohatlari uyushtirildi.

➡️ Shayxontohur tumanidagi “Ayollar daftari”ga kiritilgan 150 nafar ehtiyojmand xotin-qizlarning qulay shart-sharoitlarga ega avtobuslarda Boʻstonliq tumaniga maʼnaviy dam olishlari uchun uch kunlik safari tashkil etildi.

➡️ Ushbu sayohat davomida ishtirokchilar uchun nafaqat hordiq chiqarish, balki ruhiy dam olish va shaxsiy rivojlanish imkoniyatlari ham yaratiladi. Ularga professional psixologlar tomonidan maslahat va koʻmaklar koʻrsatiladi, tadbirkorlik koʻnikmalarini rivojlantirishga qaratilgan motivatsion seminar va treninglar tashkil etildi.

➡️ Bundan tashqari, ayollar dam olish maskanlaridagi turli koʻngilochar xizmatlardan foydalanish imkoniga ham ega boʻldilar.

➡️ Bu tashabbus xotin-qizlarimizni qoʻllab-quvvatlash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish va yangi imkoniyatlar eshigini ochishga xizmat qiladi.

Тelegram 💬Facebook 📸 Instagram  Twitter  📹YouTube 🌐Web
1👏1
#davra_suhbati

Jaholatga qarshi ma'rifat

Bugun, Shayxontohur tumanidagi 40-sonli umumta'lim maktabida Din ishlari bo'yicha qo'mita tuman bo'limi va  Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Shayxontohur tuman bo'linmasi hamkorligida o'quvchi yoshlar ishtirokida ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda ota onaga hurmat, ustozlarni ezozlash, bugungi globallashuv davrida yosh avlodning ongiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan turli yot g‘oyalar ayniqsa, internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali zararli axborotlar va tahdidlar ko‘payib borayotganligi, jaholatga qarshi faqatgina ma'rifat bilan kurashish haqida suhbat olib borildi.

O'quvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

Rasmiy sahifalarimiz👇
TELEGRAM     | FACEBOOK
2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦 VATANDOSHLAR!
Siz uchun yana bir xushxabar

“Respublika Ma’naviyat va Ma’rifat markazi” hamda “Vatandoshlar” jamoat fondi hamkorligida “Yangi O‘zbekistongа qanot bo‘lamiz!” nomli ijodiy videoroliklar tanlovini e’lon qiladi!
(Muddati uzaytirildi)

🗂Ijodiy ishlar 25-noyabr kuniga qadar quyidagi bot manzilida qabul qilinadi:
@SalomVatandoshBot

Batafsil Nizomda tanishib chiqishingiz mumkin.

Ishtirok etish imkonini boy bermang!

✈️ Telegram | 📱Facebook | 🌐Instagram
📹YouTube   | 🌐Web-site
2
Nogironligi boʼlgan shaxslarning huquqlarini himoya qilishga bagʼishlangan davra suhbati tashkil etildi

📍Tumanimizning 37-sonli alohida taʼlim ehtiyojlari boʼlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi hamda maktab pedagoglari ishtirokidan “Nogironligi boʼlgan shaxslarning huquqlari” mavzusida davra suhbati boʼlib oʼtdi.

📌Suhbat davomida “Inson” markazi masʼullari tomonidan imkoniyati cheklangan fuqarolarning haq-huquqlari, imtiyozlari, ularning munosib hayot kechirishi uchun amalga oshirilayotgan keng koʼlamli ishlar haqida soʼz yuritildi.

❗️Bundan tashqari, pedagog-oʼqituvchilar, defektologlar, yordamchi murabbiylar tomonidan ularni qiynab kelayotgan muammolar eshitilib, ularning yechimi boʼyicha takliflar ishlab chiqib amaliyotga joriy etish boʼyicha kelishib olindi.

Тelegram 💬Facebook 📸 Instagram  Twitter  📹YouTube 🌐Web
Forwarded from Toshkentdan gapiramiz...
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#42_son

Hurmatli davlat xizmatchilari, haftaning har juma kuni taqdim etilayotgan siyosiy ma'rifat soatining bu galgi sonini taqdim etmoqdamiz.

TELEGRAM  | INSTAGRAM |FACEBOOK
2025/11/21 03:26:54
Back to Top
HTML Embed Code: