Telegram Group Search
#Аҳоли_ва_қишлоқ_хўжалиги_рўйхатдан_ўтказилади

☑️Ro‘yxatga olish tadbirini sifatli o‘tkazish maqsadida o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi


Joriy yilning 15-oktyabr kuni Milliy statistika qo‘mitasi tomonidan Investitsiyalar va qurilish statistikasi boshqarmasi boshlig‘i Muzaffar Jomolov, Joriy hisoblar bo‘limi boshlig‘i Jahongir Mexmonov, Ro‘yxatga olish metodologiyasi va kartografik hujjatlar bilan ishlash bo‘limi mutaxassisi Zulayxo Xudayarova hamda Toshkent viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i Shuhrat Jamoldinov ishtirokida o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi. Tadbirda boshqarmaning tarmoq va hududiy statistika bo‘limi rahbarlari ishtirok etdi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti PF-173-sonli “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi Farmon ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.

👉Batafsil...
#Аҳоли_ва_қишлоқ_хўжалиги_рўйхатдан_ўтказилади

🔘 Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish ishlariga tayyorgarlik davom etmoqda


⚡️Joriy yilning 16-oktyabr kuni Milliy statistika qo‘mitasi hamda Toshkent viloyati statistika boshqarmasi ma‘sullari tomonidan Yangiyo‘l tumanidagi “Qir-Ariq” mahalla fuqarolar yig‘inida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirlariga bag‘ishlangan o‘quv seminarining amaliy mashg‘ulotlari tashkil etildi.

⚡️Seminar davomida ishtirokchilar aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish savolnomalari shakllari bilan ishlash bo‘yicha o‘z ko‘nikmalarini amaliyotda sinovdan o‘tkazishdi. Shuningdek, bevosita uy xo‘jaliklarida respondentlar — ya’ni aholi vakillari bilan so‘rovnomalar o‘tkazilib, ilgari o‘rganilgan nazariy bilimlar mustahkamlandi.


Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook | YouTube
#Аҳоли_ва_қишлоқ_хўжалиги_рўйхатдан_ўтказилади

📈Yangiyo‘l shahrida ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi raqamlarda


2025- yilning yanvar-avgust oylarida Yangiyo‘l shahrida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 1 419,6 mlrd so‘mga yetdi.

⚪️ O‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 115,3 % ni tashkil qildi.

☑️Aholi jon boshiga ko‘rsatilgan xizmatlar – 16,2 mln so‘m

Bundan tashqari:

☑️Moliyaviy xizmatlari –229,6 mlrd so‘m

☑️Transport xizmatlari – 367,1 mlrd so‘m

☑️Aloqa va axborotlashtirish xizmatlari - 20,3 mlrd so‘m

☑️ Yashash va ovqatlanish xizmatlari – 36,7 mlrd so‘m

☑️ Savdo xizmatlari – 562 mlrd so‘m

☑️Ta’lim xizmatlari – 29 mlrd so‘m

☑️Sog‘liqni saqlash xizmatlari – 17,2 mlrd so‘m miqdorida qayd etildi.


Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook | YouTube
#Аҳоли_ва_қишлоқ_хўжалиги_рўйхатдан_ўтказилади

Toshkent davlat agrar universitetida Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish bo‘yicha davra suhbati o‘tkazildi

Joriy yilning 17- oktyabr kuni Toshkent davlat agrar universitetida “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbatda Toshkent viloyati statistika boshqarmasining Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish bo‘limi boshlig‘i O.Sattorov, Qishloq xo‘jaligi va atrof-muhit statistikasi bo‘limi bosh mutaxassisi M.Jabborov, bosh yuriskonsult F.Jo‘rayev, axborot xizmati bosh mutaxassisi A.Juginisova, shuningdek, universitetning o‘qituvchi va talabalari faol ishtirok etdi.

👉Batafsil...

Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook | YouTube
#Аҳоли_ва_қишлоқ_хўжалиги_рўйхатдан_ўтказилади

Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish bo‘yicha seminar o‘tkazildi

Joriy yilning 17-oktyabr kuni Toshkent viloyati statistika boshqarmasi tomonidan “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish” mavzusida seminar tashkil etildi. Tadbirga Toshkent davlat agrar universitetining professor-o‘qituvchilari, boshqarma xodimlari, shuningdek,hududiy statistika bo‘limlari xodimlari onlayn tarzda ishtirok etdi.
Seminar davomida ro‘yxatga olish tadbirlariga tayyorgarlik ishlarini samarali tashkil etish, savolnomalarni to‘liq va to‘g‘ri to‘ldirish tartibi, ma’lumotlarni to‘plash, qayta ishlash va tahlil qilish usullari hamda ro‘yxatga olish jarayonlarining shaffofligi va haqqoniyligini ta’minlash choralari haqida batafsil tushuntirishlar berildi. Ishtirokchilar savol va fikrlarini bildirib, amaliy tavsiyalar almashildi.


Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook | YouTube
👍1
2025/10/19 23:44:30
Back to Top
HTML Embed Code: