Warning: file_put_contents(aCache/aDaily/post/sambojxonauz/-11796-11797-11798-11799-11800-11801-): Failed to open stream: No space left on device in /var/www/group-telegram/post.php on line 50
Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi | Rasmiy kanal | Telegram Webview: sambojxonauz/11800 -
Telegram Group & Telegram Channel
Bojxona qoʻmitasining Kontrabandaga qarshi kurashish boshqarmasi hamda Andijon va Fargʻona viloyatlari bojxona boshqarmalari tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati va Fargʻona viloyati ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda soxta tranzit operatsiyasiga chek qoʻyildi.

Joriy yilning 2-noyabr kuni Toshkent viloyati bojxona boshqarmasining “S.Najimov” chegara bojxona posti orqali 50 tonna oqshoq yaʼni sechka yuklangan 2 ta yuk avtotransport vositasi kirib keladi. Hujjatlarga koʻra, mazkur transport vositalari respublikamiz hududidan tranzit tarzida harakatlanib, Andijon viloyatidagi “Doʻstlik” chegara bojxona posti orqali qoʻshni davlatga oʻtib ketishi belgilangan edi.

Ammo, haydovchilarning belgilangan manzil qolib, Fargʻona viloyati Bogʻdod tumanidagi xususiy omborlardan biri sari harakatlangani bejiz emas ekan. Qarang-ki, mazkur ombor hududida yuk avtotransport vositalariga yuklangan 50 tonna oqshoq tirkamaga ilingan bojxona plombalariga ziyon yetkazilmagan holda tushirilib, sotib yuboriladi.

Soʻngra Fargʻona viloyati Oltiariq tumanidagi omborlardan birida boʻshagan yuk avtotransport vositasiga bojxona stavkasi nisbatan yuqori boʻlgan 50 tonna ogʻirlikdagi mahalliy “lazer” navli guruch ortilayotgan vaqtida tezkor tadbir ishtirokchilari tomonidan toʻxtatib qolindi.

Shunday qilib, respublika hududidan guruchni noqonuniy ravishda olib chiqishga qaratilgan soxta tranzit operatsiyasini amalga oshirish orqali yuk egalari davlat byudjetiga undiriladigan 500 mln. soʻmlik bojxona toʻlvolaridan qochishga urinishgan. Tezkor tadbir yakunida taxminiy qiymati 2,1 mlrd. soʻmlik 50 tonna guruch, 50 tonna oqshoq hamda 2 ta yuk avtotransport vositasi vaqtincha saqlovga olindi.

Hozirda holat yuzasidan tezkor-qidiruv tadbirlari davom ettirilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, amaldagi tartiblarga binoan joriy yilning 1-iyulidan eʼtiboran republikamizdan olib chiqilayotgan guruch uchun 100 foizlik eksport boji joriy qilingan.

Natijada, oʻtgan 4 oy davomida Oʻzbekistondan qiymati 401,4 ming AQSh dollarini tashkil qiluvchi 762 tonnadan ziyod guruch AQSH, Saudiya Arabistoni, Ukraina, Qozogʻiston, Qirzigʻiston va Tojikistonga eksport qilingan. Davlat byudjetiga esa 4,2 mlrd soʻmdan ziyod eksport boji undirildi.

group-telegram.com/sambojxonauz/11800
Create:
Last Update:

BY Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi | Rasmiy kanal

Share with your friend now:
group-telegram.com/sambojxonauz/11800

View MORE
Open in Telegram

Telegram | DID YOU KNOW?

Date: |

Investors took profits on Friday while they could ahead of the weekend, explained Tom Essaye, founder of Sevens Report Research. Saturday and Sunday could easily bring unfortunate news on the war front—and traders would rather be able to sell any recent winnings at Friday’s earlier prices than wait for a potentially lower price at Monday’s open. What distinguishes the app from competitors is its use of what's known as channels: Public or private feeds of photos and videos that can be set up by one person or an organization. The channels have become popular with on-the-ground journalists, aid workers and Ukrainian President Volodymyr Zelenskyy, who broadcasts on a Telegram channel. The channels can be followed by an unlimited number of people. Unlike Facebook, Twitter and other popular social networks, there is no advertising on Telegram and the flow of information is not driven by an algorithm. However, the perpetrators of such frauds are now adopting new methods and technologies to defraud the investors. READ MORE In the United States, Telegram's lower public profile has helped it mostly avoid high level scrutiny from Congress, but it has not gone unnoticed.
from us

Telegram Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi | Rasmiy kanal
FROM American