Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
#imtihon_2025
#prezident_maktablari
❗️ AGENTLIK TIZIMIDAGI PREZIDENT MAKTABLARIGA ARIZA TOPSHIRIB 1-BOSQICHDAN O‘TGAN TALABGORLAR DIQQATIGA!
📆 Prezident maktablari imtihonlarining ikkinchi bosqichi 27-IYUL kuni 1 smenada bo‘lib o‘tadi.
📝 Prezident maktablariga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichi test shaklida bo‘lib, jami 130 daqiqa vaqt ajratiladi:
➖ matematika fanidan tanqidiy fikrlash va muammoni yechish bo‘yicha 40 ta topshiriqni bajarishga 90 daqiqa;
➖ ingliz tili fanidan grammatika (Grammar component) va matn bilan ishlash (Reading component) bo‘yicha 40 ta topshiriqni bajarishga 40 daqiqa beriladi.
📶 Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan tashqari (130 daqiqa), kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.
✔️ TALABGORLAR IMTIHONGA RUXSATNOMA VA TUG‘ILGANLIK HAQIDAGI GUVOHNOMANING ASL NUSXASI BILAN KELISHLARI KERAK.
❌ Boshqa har qanday buyum olib kirish taqiqlanadi.
‼️ Eslatma, imtihonni qayta topshirish va boshqa kunga ko'chirish mavjud emas va bu borada qo‘shimcha imkon berilmaydi. Har bir talabgor imtihon kunida belgilangan vaqtda yetib kelishi shart.
📲 Har bir talabgorning ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuboriladi. Shundan so‘ng, imtihon o‘tkaziladigan joy nomi va vaqti to‘g‘risidagi maʼlumotni shaxsiy kabinetingiz orqali yuklab olishingiz mumkin.
📍 Toshkent viloyati o‘quvchilari uchun imtihonlar Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.
❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#prezident_maktablari
❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
Forwarded from Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏3❤1🔥1
Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
#imtihon_2025
#prezident_maktablari
📣 DIQQAT E‘LON!
Prezident maktablariga hujjat topshirib, 1-bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar va ularning ota-onalari!
📆 27-IYUL kuni Prezident maktablariga kirishning ikkinchi bosqich imtihonlari bo‘lib o‘tadi.
📲 Imtihonga ruxsatnoma olish uchun ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga SMS-xabarnoma yuborildi.
🔗 Ruxsatnomani yuklab olish havolasi:
https://ariza.piima.uz/application/cabinet
📞 Qo‘shimcha ma’lumot uchun: 1206
❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#prezident_maktablari
📣 DIQQAT E‘LON!
Prezident maktablariga hujjat topshirib, 1-bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar va ularning ota-onalari!
https://ariza.piima.uz/application/cabinet
❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
#imtihon_2025
#prezident_maktablari
🤩 Prezident maktablari imtihonlarining ikkinchi bosqichi boshlandi!
✅️ Joriy yil qabul davomida Prezident maktablariga jami 49 924 ta hujjat kelib tushgan bo‘lib, bir oʻringa 148 nafar talabgor toʻgʻri keladi.
📍 Eslatib o‘tamiz, Toshkent viloyati o‘quvchilari uchun imtihonlar Toshkent shahrida bo‘lib o‘tmoqda.
❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#prezident_maktablari
❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5
Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
➖ HUDUD - MY5 TV – Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari uchun kirish imtihonlari o'tkazildi
➖Madaniyar va marifat telekanali – Ixtisoslashtirilgan maktablar va ularning filiallariga qabul imtihonlari
➖ O‘zbekiston 24 – Axborot 24 | Ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari
➖O‘zbekiston 24 – Axborot 24 | Ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari

➖O‘zbekiston 24 – Axborot 24 | Prezident maktablariga kirish imtihonlarining 2 - bosqichi
➖O‘zbekiston 24 – Buxorodagi Prezident maktabida navbatdagi sinov
➖ O‘zbekiston 24 – Ortga qaytmas islohotlar
➖Surxondaryo MTRK – Prezident maktabiga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichi boʻlib oʻtdi
➖Samarqand MTRK – PREZIDENT MAKTABIGA KIRISH IMTIHONINING IKKINCHI BOSQICHI BOʻLIB OʻTDI
➖Sevimli TV – ENG IQTIDORLI OʻQUVCHILAR SARALANMOQDA
➖UzA – Bahodir Jalolov boks maktabiga qabul imtihonlari boshlandi
➖UzA – Bahodir Jalolov hamda Oksana Chusovitina sport maktablarida test sinovlari bo‘lib o‘tdi
➖UzA – Oksana Chusovitina maktabida o‘tayotgan qabul imtihonlaridan fotoreportaj

❤1🔥1
Forwarded from Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoni bilan:
✅ Karimova Eʼzozxon Gapirjonovna — Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri lavozimiga tayinlandi.
U bunga qadar Maktabgacha va maktab taʻlimi vaziri oʻrinbosari — Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti rektori vazifasida ishlab kelayotgan edi.
Taʼlim sohasida uzoq yillardan buyon mehnat qilib kelayotgan E. Karimova 2021-yilda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi boʻlimi boshligʻi, 2021-2023-yillarda Prezident taʼlim muassasalari agentligi direktori maslahatchisi lavozimlarida ishlagan.
2023-2024-yillarda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi “Yangi Oʻzbekiston” universitetining yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektori vazifasida ish olib borgan.
Vazirlik jamoasi Eʼzozxon Karimovaga maktabgacha va maktab taʼlimi sohasidagi kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Bizni kuzating
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3
Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
#natija_2025
🤩 Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan va tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarning imtihon natijalari maktablar kesimida roʻyxat shaklida portal.piima.uz saytiga joylashtirildi:
🔗 https://portal.piima.uz/page/ixm
Ushbu sahifada Agentlik tizimidagi maktablarga hujjat topshirgan oʻquvchilarning imtihonda olgan natijalari hamda egallagan o‘rnini koʻrish imkoniyati mavjud.
❗️ Maʼlumot uchun, Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarning imtihon natijalarining roʻyxat shaklidagi koʻrinishi barcha maktablarga yetkazildi. Hujjat topshirgan maktabingizga murojaat qilib ushbu roʻyxat bilan tanishishingiz mumkin.
❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Ushbu sahifada Agentlik tizimidagi maktablarga hujjat topshirgan oʻquvchilarning imtihonda olgan natijalari hamda egallagan o‘rnini koʻrish imkoniyati mavjud.
❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2
Forwarded from Digital Generation Uzbekistan
🧑🏻💻😊“Raqamli Avlod” IT Oromgohi 2025 – Yozgi mavsum uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi!
Mustaqilligimizning 34 yilligiga bag‘ishlangan ushbu loyiha 2025-yil 25-avgustdan 29-avgustga qadar ONLINE formatda bo‘lib o‘tadi.
🟡 Onlayn yo‘nalishlar:
• Python
• Dot Net
• Vue JS
• Sun’iy intellekt (AI)
• DevOps
• Flutter
• Web Design
🎁 Faol ishtirokchilarni qimmatbaho sovg‘alar kutmoqda!
📝 Ro‘yxatdan o‘tish: online.raqamliavlod.uz
📌Shoshiling! Zamonaviy texnologiyagalar va qiziqarli darslarni qoldan boy bermang!
___
Raqamli avlod
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook

Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#GinnesRekordi
Missiya bajarildi – O‘zbekiston yoshlari Ginnes rekordini yangiladi!
“Yangi O‘zbekiston” bog‘ida yoshlarimiz tarixiy yutuqqa erishdi. 1946 nafar iste’dodli yosh muhandis bir vaqtning o‘zida 1946ta kichik robotni yig‘ib, ulkan natija qayd etdi. Ushbu yutuq O‘zbekiston nomini yana bir bor “Ginnes rekordlar kitobi” sahifalariga yozdirishga sabab bo‘ldi.
Bu jarayonda faol ishtirok etgan yoshlarimizni tabriklayman. Bugun oʻzbek yigit-qizlari birgalikda harakat qilsa barcha vazifalarni uddalay olishini yana bir bor isbotlashdi.
@hilola_umarova

🔥13
#Jarayon
#SAT
🔰 Ayni damda Nurafshon shahridagi Prezident maktabida navbatdagi xalqaro Digital SAT imtihoni bo‘lib o'tmoqda.
✅ 2023-yilning may oyidan boshlab Nurafshon shahridagi Prezident maktabi Digital SAT imtihonini o'tkazuvchi markaz hisoblanadi.
✳️ Ma’lumot uchun, SAT sertifikati xalqaro miqyosda tan olingan bo‘lib, dunyoning nufuzli universitetlariga o‘qishga kirish va grantlar yutib olishning asosiy mezonlaridan biri hisoblanadi.
📌 SAT (Scholastic Aptitude Test) akademik baholash testi bo‘lib, 1926-yildan buyon o‘tkazib kelinmoqda. Baholash mezoni 400-1600 ball shkalasida bo‘ladi.
🏛 Nurafshon shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

🔥4👍1👏1