group-telegram.com/OdamOlam/124
Last Update:
#Iqtibos
Koinotda insonga boʻysundirilgan va uning manfaatlari uchun yaratilgan millionlab unsurlardan bittasini olib, uning yaratilish hikmatlari va murakkab tuzilishiga nazar solaylik. Masalan, bir olma, nihoyatda chiroyli koʻrinishi va mazasi bilan insonlar yesin deya oʻziga jalb qiladi, ishtahalarni qitiqlaydi.
Oʻsha olmaning ichidagi vitaminlar insonning bir kunlik ehtiyojini qondiradi. Chunki insonning mohiyatini bilgan Zot olmani shu holda yaratgan. Yaʼni unga C vitamini va koʻplab temir moddasi jo etilganki, insonlar bundan foydalansin. Agar temir moddasi boʻlmasa, C vitamini maʼlum vaqt oʻtib ayniy boshlaydi va chirish boshlanadi.
Ikkinchi tomondan C vitaminining muhofazasi uchun olma ichiga joylangan meva oksidi, oshqozonimizda kislotalikni orttiradi, yaʼni oshqozonimizni bezovta qiluvchi taʼsirga ega. Bunday koʻngilsizlikning oldi olinib, olmaga uglerod ionlari ham biriktirilgan. Olma yeganimizda kekirishimizning sababi ham olmadagi uglerod ionlaridir. Demak, olmani yaratgan Qudrat egasi uni bizning dasturxonimizga tayyor holda tortiq qilmoqda.
Insonni bilmaydigan, tanimaydigan, uning orzu istaklaridan bexabar boʻlgan jonsiz, shuursiz moddalar qanday qilib benuqson va mukammal olmani inson organizmiga mos qilib yaratsin?
Qoʻlimdagi kitobdan maxluqotlarning ongsiz, shuursiz sabablar tufayli paydo boʻlishi mumkin emasligini isbotlovchi yana ikkita misolni oʻqigandim, suhbatdoshim “Yetarli boʻldi” degandek bosh irgʻadi.
“O‘zini qidirgan odam” kitobidan
👉 @OdamOlam
BY Odam va Olam

Share with your friend now:
group-telegram.com/OdamOlam/124