Telegram Group Search
Texnikum o‘quvchilari xalqaro kasbiy mahorat chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etdi

5–9-oktabr kunlari Qozog‘iston Respublikasi Aktau shahrida ilk bor “TurkicSkills–2025” xalqaro kasbiy mahorat chempionati bo‘lib o‘tdi.

Chempionatda Turkiya, Ozarbayjon, Vengriya, O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston kabi 8 ta davlatdan 70 nafar yoshlar 10 ta kasb bo‘yicha bellashdilar.

O‘zbekiston terma jamoasi Farg‘ona, Samarqand va Buxoro viloyatlaridagi 6 ta texnikumdan 7 ta kasb yo‘nalishi bo‘yicha o‘quvchi va ekspertlar bilan ishtirok etdi.

Quvonarlisi, Paxtachi tuman 1-son politeхnikum o‘quvchisi Javohir Xoliqulov “Payvandlash” yo‘nalishida faxrli 2-o‘rinni egalladi, Bulung‘ur tuman 1-politexnikumi o‘quvchisi Saidumar Norqo‘ziyev esa “Elektromontaj” yo‘nalishida yuqori natija ko‘rsatib, “Mahorat medali” bilan taqdirlandi.

Chempionat yakunida tarixiy voqea ro‘y berdi — “TurkicSkills” estafetasi O‘zbekistonga topshirildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/92520

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍2523🔥4
2026-yil kvotasi.pdf
1.8 MB
⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️⚡️⚡️⚡️
Ilmiy kadrlar tayyorlashning ustuvor yo‘nalishlarini inobatga olib, 2026-yil uchun stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura va doktoranturada oʻqitish boʻyicha qabul kvotasi tasdiqlandi.

Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimning barcha shakllari va stajyor-tadqiqotchilik uchun hujjatlar qabuli 2025-yil 5-noyabrgacha davom etadi.

Bizni kuzating


Web-site | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
18👍8🔥3
#InnoWeek_2025

InnoWeek-2025 bugun ham o‘z ishini davom ettirmoqda

Avtobuslar qatnovi jadvalga muvofiq amalga oshiriladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
15👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#InnoWeek_2025

InnoWeek-2025” ko‘rgazmasida namoyish etilayotgan innovatsion loyihalar orasida ekoasfalt ko‘pchilikning eʼtiborini tortdi.

Taklif etilayotgan innovatsiya oddiy asfalt mustahkamligini 2 barobarga oshiradi. Natjada yo‘lning xizmat qilish muddati 7-8 yilga uzayadi.

Bizni kuzating


Web-site | Instagram | Facebook | YouTube
219👍14🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston “Markaziy Osiyo – Rossiya” formati va Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi doirasidagi hamkorlikni rivojlantirish, tabiiy sheriklar hisoblangan mamlakatlar bilan amaliy aloqalarni yanada mustahkamlashdan manfaatdor.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍1710
Oʻzbekiston va Gruziya oʻrtasida taʼlim va fan sohasidagi aloqalar muhokama qilindi

11-oktabr kuni Toshkent shahrida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Gruziya taʼlim, fan va yoshlar vaziri Givi Mikanadze boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.

Tomonlar oliy taʼlim, ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, amalga oshirilayotgan qoʻshma loyihalarni muhokama qilish hamda yangi tashabbuslarni yoʻlga qoʻyish masalalarini koʻrib chiqdilar.

Uchrashuvda “Uzumchilik va vinochilik” yoʻnalishida 1+1 modelidagi qoʻshma dastur, turizm sohasida qoʻshma yoʻnalishlar va Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti qoshida Gruzin tili markazini ochish rejalari muhokama qilindi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/92601

#xalqaro_hamkorlik #Gruziya #vazir #uchrashuv

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
17👍12😱6🎉3🤔1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#InnoWeek_2025

InnoWeek-2025da namoyish etilgan yana bir loyiha bilan tanishing: Asabni tinchlantirucvhi sprey.

Bizni kuzating


Web-site | Instagram | Facebook | YouTube
15👍3😁1
O‘zbekistonda Xalqaro ilm-fan kengashining mintaqaviy vakolatxonasini tashkil etish masalasi muhokama qilindi

11-oktyabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Xalqaro ilm-fan kengashi (International Science Council — ISC) prezidenti Piter Glyukman bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti Shahlo Turdiqulova ham ishtirok etdi.

Muloqot chog‘ida Kengashning Markaziy Osiyo va Kavkazorti mintaqaviy vakolatxonasini Toshkent shahrida tashkil etish masalasi muhokama qilindi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/92607

#xalqaro_hamkorlik #vazir #uchrashuv #ilmfan

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
24👍8🔥1
2025/10/12 15:06:34
Back to Top
HTML Embed Code: