Marosim
Qaydan kelgan bo’lsang, chiq.
Oydan kelgan bo’lsang, chiq,
Arshdan mehmonsan balki,
G’aybdan kelgan bo’lsang,chiq.
Chiq, chiq, chiq, chiq,
chiq, chiq, chiq….
Sakkiz yilda chiqqan jin,
Poklading ruhimni chin.
Sakkiz jannat eshigin
ochib berding tep-tekin.
Chiq, chiq, chiq, chiq,
chiq, chiq, chiq….
Totib ko’rdim do’zaxni,
Tuydim rizvoniy baxtni,
Lahzalarda ulg’aydim,
Kengaydi hayot sahnim.
Chiq, chiq, chiq, chiq,
chiq, chiq, chiq….
Sirin ochib samoga,
Yaqinlashib Xudoga,
Ayol o’ttiz yoshida
o’t qo’yarkan dunyoga
Chiq, chiq, chiq, chiq,
chiq, chiq, chiq….
Azobim oydek to’lin,
O’ksik tun bilar holim.
Kirsin shaffof tanimga
boshqa jon, boshqa o’lim.
Chiq, chiq, chiq, chiq,
chiq, chiq, chiq….
✍🏻MehrNoz
@mehrnoz_abbos
Qaydan kelgan bo’lsang, chiq.
Oydan kelgan bo’lsang, chiq,
Arshdan mehmonsan balki,
G’aybdan kelgan bo’lsang,chiq.
Chiq, chiq, chiq, chiq,
chiq, chiq, chiq….
Sakkiz yilda chiqqan jin,
Poklading ruhimni chin.
Sakkiz jannat eshigin
ochib berding tep-tekin.
Chiq, chiq, chiq, chiq,
chiq, chiq, chiq….
Totib ko’rdim do’zaxni,
Tuydim rizvoniy baxtni,
Lahzalarda ulg’aydim,
Kengaydi hayot sahnim.
Chiq, chiq, chiq, chiq,
chiq, chiq, chiq….
Sirin ochib samoga,
Yaqinlashib Xudoga,
Ayol o’ttiz yoshida
o’t qo’yarkan dunyoga
Chiq, chiq, chiq, chiq,
chiq, chiq, chiq….
Azobim oydek to’lin,
O’ksik tun bilar holim.
Kirsin shaffof tanimga
boshqa jon, boshqa o’lim.
Chiq, chiq, chiq, chiq,
chiq, chiq, chiq….
✍🏻MehrNoz
@mehrnoz_abbos
❤38❤🔥19😁12🕊6👍5👏2😐2🆒2
***
Tasavvur qiling, sizni sevmaganman,
Tasavvur qiling, meni sog’inmagansiz.
Yodingizda go’yo mag’rur qolganman,
Huzurimda siz ham cho’kmagansiz tiz.
Tasavvur qiling, hali tug’ilmaganmiz –
Tanimaymiz odamni
bilmaymiz Vatanni,
Miyamizni teshmas ishora, ramz,
Farqini sezmaymiz yo’rgak yo kafanni.
Tasavvur qiling,
tasavvuringiz yo’q –
Haqsizlik injitmas, o’ylatmas mahshar.
Kimdir ko’rgan tushdek uzuq va yuluq
yashay boshlagaysiz odamga o’xshab….
✍️MehrNoz
@mehrnoz_abbos
Tasavvur qiling, sizni sevmaganman,
Tasavvur qiling, meni sog’inmagansiz.
Yodingizda go’yo mag’rur qolganman,
Huzurimda siz ham cho’kmagansiz tiz.
Tasavvur qiling, hali tug’ilmaganmiz –
Tanimaymiz odamni
bilmaymiz Vatanni,
Miyamizni teshmas ishora, ramz,
Farqini sezmaymiz yo’rgak yo kafanni.
Tasavvur qiling,
tasavvuringiz yo’q –
Haqsizlik injitmas, o’ylatmas mahshar.
Kimdir ko’rgan tushdek uzuq va yuluq
yashay boshlagaysiz odamga o’xshab….
✍️MehrNoz
@mehrnoz_abbos
❤60❤🔥26🔥15👍9🥰5🕊2
#nozlik
Yoshimiz kattarmaydi, o’yinlarimiz kattarib boradi xolos.
Bolalikdayam “o’ynamayman”, derdim o’rtoqlarimga, hozir ham shunday…
Mendan hech yaxshi o’yinchi chiqmadi haliyam.
@mehrnoz_abbos
Yoshimiz kattarmaydi, o’yinlarimiz kattarib boradi xolos.
Bolalikdayam “o’ynamayman”, derdim o’rtoqlarimga, hozir ham shunday…
Mendan hech yaxshi o’yinchi chiqmadi haliyam.
@mehrnoz_abbos
😢56❤31🔥18😁8👏4🕊3❤🔥2
#nozlik
Odam baxtdan ko’ra, dardga toqatliroq, aslida. Katta muhabbat va baxtni ko’tarish uchun mo’jizaviy bardosh kerak.
@mehrnoz_abbos
Odam baxtdan ko’ra, dardga toqatliroq, aslida. Katta muhabbat va baxtni ko’tarish uchun mo’jizaviy bardosh kerak.
@mehrnoz_abbos
❤81❤🔥34💯20🔥19👍11🕊2
#nozlik
Kimnidir sevaman yoki sevmayman, tamom! Nafratlanish varianti yo’q menda. Qachonki nafratlansam, bilamanki, bu –qo’rqinchli.
Chunki nafrat – sevgining cho’qqisi degani.
@mehrnoz_abbos
Kimnidir sevaman yoki sevmayman, tamom! Nafratlanish varianti yo’q menda. Qachonki nafratlansam, bilamanki, bu –qo’rqinchli.
Chunki nafrat – sevgining cho’qqisi degani.
@mehrnoz_abbos
❤77❤🔥31🔥15👍13🤔5😢5
#nozlik
Nazarimda, hech kim hech qachon tugal ozod bo’lolmaydi. Bizda qafasimizni kengaytirish imkoni bor xolos.
@mehrnoz_abbos
Nazarimda, hech kim hech qachon tugal ozod bo’lolmaydi. Bizda qafasimizni kengaytirish imkoni bor xolos.
@mehrnoz_abbos
🔥57❤27💯27👍11🥰5🕊2❤🔥1
***
Qayga ketayotir bu to’da, suruv?
Bahaybat savollar ko’zin qilar lo’q.
Ichimda bo’ridek uvlaydi qo’rquv,
Ozod odam haqda tasavvurim yo’q.
✍️MehrNoz
@mehrnoz_abbos
Qayga ketayotir bu to’da, suruv?
Bahaybat savollar ko’zin qilar lo’q.
Ichimda bo’ridek uvlaydi qo’rquv,
Ozod odam haqda tasavvurim yo’q.
✍️MehrNoz
@mehrnoz_abbos
🔥56❤27😢17😐5🕊1
💯58❤19👍12❤🔥11⚡8🕊1
#nozlik
Odamlar san’at va adabiyotdan uzoqlasha boshlashining asosiy sababi o’limni eslagisi kelmasligidir.
Bezovta qiladigan haqiqatdan ko’ra, taskin beradigan yolg’onga ko’proq intilamiz.

❤54💯24🔥15👍8💔2🥰1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kitob esingizdami?
Kutayotganlar bormi?
Muqovasini qanaqa tasavvur qilasiz? Umuman, bu kitobdan kutuvlaringiz qanday?
Yozing. Har biringizni o’qiyman, har bir fikr qadrli.
@mehrnoz_abbos
Kutayotganlar bormi?
Muqovasini qanaqa tasavvur qilasiz? Umuman, bu kitobdan kutuvlaringiz qanday?
Yozing. Har biringizni o’qiyman, har bir fikr qadrli.
@mehrnoz_abbos
❤42👍16🔥12🎉4🥰3
#nozlik
Hayot kichik erkinliklar evaziga katta tutqunlikni beradi.
Boylik, mansab, shuhrat….tuzoqning sanog’i yo’q. Eng qizig’i, bunga o’z ixtiyorimiz bilan boramiz. Har gal nimagadir erishishga intilarkanmiz, qadamlarimizni oqlashga sabab topamiz. Hech kim “yo’q, men borayotgan manzil qop-qora qafas”, demaydi. Har kimning o’z osmoni, o’z yomg’iri, o’z quyoshi bor.

💯41❤23🔥8👍4🥰4
#nozlik
Kimningdir hozir bizga ko’rinayotgan holatiga havas yoki hasad qilishdan oldin o’ylaylik, u hozir o'zida bor hamma narsaning narxini to’layapti. Har kimning to’lov qurbiga qarab ne’mat beriladi.

💯46❤26🔥21
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Hali 30 ga to’lmagan chog’ida yozgan she’rini 70 dan oshib ham mazza qilib o’qish shoirning baxti bo’lsa kerak. U shoir bo’lib tug’ilgan, shoir bo’lib umrini yashayapti - sharaf bu!
Usmon Azimning 75 yillik to’yi hammamizga muborak bo’lsin.
@mehrnoz_abbos
Usmon Azimning 75 yillik to’yi hammamizga muborak bo’lsin.
@mehrnoz_abbos
❤81🔥28👍13😁2❤🔥1
#nozlik
Butun umr homilador holda yashadim. Birida she’r tug’dim, birida g’oya, birida loyiha, birida odam..xullasda. Yangilik bormi, deb so’rayveradigan tanish-notanishlarimga doim javobim bir xil: ha, yangilik bor! Hamisha yangilik bor menda!

😁180🔥33❤32❤🔥16🤣8😢5🤩3
#nozlik
Odam ham bir shaharga o’xshaydi. Kimdirlar kelib, buzaversa, buzaversa, ruhi qolmaydi.
Inson uchun xotira va qadriyat nega muhimligini endi anglayotgandekman.
@mehrnoz_abbos
Odam ham bir shaharga o’xshaydi. Kimdirlar kelib, buzaversa, buzaversa, ruhi qolmaydi.
Inson uchun xotira va qadriyat nega muhimligini endi anglayotgandekman.
@mehrnoz_abbos
❤47💯14👍13❤🔥10🔥3😢3😐1
Qirg’oq
Kulguga o’radim og’riqlarimni,
Dardimni yashirdim baxt niqobida.
Ag’yorga yalinib sotdim sirimni,
Kimnidir adashib sevdim gohida.
Yillar ulg’aytmadi go’dak ruhimni,
Ishondim eng sotqin kimsalarga ham.
Xayolga topshirdim bor-u yo’g’imni,
yeganim pand bo’ldi, ichganim qasam.
Jin ursin, hissiyot – umrim murvati,
Sovuqqon aqlga bermadim tutqich.
Havo yetmay qolgan, bitgan quvvatim–
Xotir sandig’ingga joylashganman zich.
Bilamanki, taqdir mendan olmas qasd,
Neki qilsam, ishqdan qildim begumon.
Abadiy savollar qurshovida mast
chayqalib boraman ko’zlaring tomon….
✍🏻MehrNoz
@mehrnoz_abbos
Kulguga o’radim og’riqlarimni,
Dardimni yashirdim baxt niqobida.
Ag’yorga yalinib sotdim sirimni,
Kimnidir adashib sevdim gohida.
Yillar ulg’aytmadi go’dak ruhimni,
Ishondim eng sotqin kimsalarga ham.
Xayolga topshirdim bor-u yo’g’imni,
yeganim pand bo’ldi, ichganim qasam.
Jin ursin, hissiyot – umrim murvati,
Sovuqqon aqlga bermadim tutqich.
Havo yetmay qolgan, bitgan quvvatim–
Xotir sandig’ingga joylashganman zich.
Bilamanki, taqdir mendan olmas qasd,
Neki qilsam, ishqdan qildim begumon.
Abadiy savollar qurshovida mast
chayqalib boraman ko’zlaring tomon….
✍🏻MehrNoz
@mehrnoz_abbos
❤🔥60❤26👍11🥰5😢4🔥3🏆2💔2🤗2💘1
***
she’r yozish haqida o’ylaaab yuraman–
yozmayman.
Sevgi haqida o’ylaaab yuraman –
sevmayman.
yashash haqida o’ylaaab yuraman–
yashamayman.
Vatanni qutqarish haqida o’ylaaab yuraman –
qutqarmayman.
yaxshi odam bo’lish haqida o’ylaaab yuraman –
bo’lmayman.
o’lim haqida o’ylaaaab yuraman –
o’lmayman.
Xo’sh, kim o’ylamaydi oramizda? –
o’sha yozyapti,
o’sha sevyapti,
o’sha qutqaryapti,
o’sha yashayapti,
o’sha yaxshi odam,
o’sha o’lyapti…

❤79💯24🔥16❤🔥8🥰5💔4👍2😢2💘1