Telegram Group Search
Kunning yaxshi xabari: Milliy kinologiya markazi Bishkek shahrida bojxona xizmati kinologlari oʻrtasida oʻtkazilgan musobaqada 2-o'rinni qo'lga kiritdi

Joriy yil 18–20-avgust kunlari Qirgʻiziston Respublikasining Bishkek shahrida MDHga aʼzo davlatlar bojxona xizmatlari kinolog-mutaxassislarining XIII-koʻpkurash musobaqasi boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Ozarbayjon va Belarus Respublikalari hamda Rossiya Federatsiyasi kinologlaridan iborat jami 6 ta jamoaning 12 nafar ishtirokchilari bellashishdi.

Quvonarlisi, Oʻzbekiston sharafini munosib himoya qilgan Milliy kinologiya markazi instruktorlari A.Gʻoyipov va D.Saydirasulovlar umumjamoa hisobida 2-oʻrinni qoʻlga kiritishdi. Shu bilan birga, kinologlarimiz turli nominatsiyalarda ham 1, 2 va 3-oʻrinlarni qoʻlga kiritishdi.

Eslatib oʻtamiz, mazkur tadbir doirasida 21-avgust kuni MDH davlatlari bojxona xizmatlari Kinologiya boʻyicha Ishchi guruhining 32-yigʻilishi hamda kinologlar uchun xalqaro ekspertlar tomonidan amaliy seminar boʻlib oʻtishi koʻzda tutilgan.
👍139🔥5👏1🎉1
📢 Хорошая новость дня: Национальный кинологический центр занял 2-е место на соревнованиях по многоборью среди кинологов таможенных служб СНГ, прошедших в Бишкеке.

С 18 по 20 августа текущего года в городе Бишкек (Кыргызская Республика) состоялось XIII соревнование по многоборью кинологов таможенных служб государств – участников СНГ. В соревнованиях приняли участие кинологи из Узбекистана, Казахстана, Кыргызстана, Азербайджана, Республики Беларусь и Российской Федерации. Всего в состязаниях участвовали 6 команд и 12 участников.

Приятно отметить, что инструкторы Национального кинологического центра А.Гойипов и Д.Сайдирасулов, достойно представившие Узбекистан, завоевали 2-е место в командном зачёте. Кроме того, наши кинологи заняли призовые места в различных номинациях — 1-е, 2-е и 3-е, а также 2-е место в личном зачёте.

Напоминаем, что в рамках данного мероприятия 21 августа состоится 32-е заседание Рабочей группы по кинологическим вопросам СРТС СНГ, а также практический семинар для кинологов с участием международных экспертов.
👍136🔥3
Bishkek shahrida MDHga aʼzo davlatlar bojxona organlari kinologiya xizmatlari rahbarlarining 32-yigʻilishi boʻlib oʻtdi

Unda Bojxona qo'mitasining Milliy kinologiya markazi direktori F.Qahhorov boshchiligidagi delegatsiya ham faol ishtirok etmoqda.

Yig'ilishda oʻzaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, tajriba almashish va zamonaviy yondashuvlarni amaliyotga joriy etish masalalari muhokama qilindi.

Ta'kidlash joizki, yigʻilish davomida qator hujjatlar imzolndi. Jumladan joriy yilning 20-24 oktyabr kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona qo'mitasi Milliy kinologiya markazida “Chegara bojxona postlarida xizmat itlarini giyohvandlik vositalarini qidirib topishga o'rgatish” mavzusida xalqaro amaliy seminari oʻtkazilishi belgilandi.

Bu esa Bojxona qo'mitasi Rahbariyati tomonidan kinologiya sohasiga ko'rsatilayotgan e'tibor natijasida mazkur Markazning xalqaro darajadagi nufuzi tobora oshib borayotganini tasdiqlaydi.

Yig'ilish doirasida ishtirokchi kinologlar uchun xalqaro amaliy seminar tashkil etildi. Uni kolumbiyalik ekspert, xalqaro darajadagi mutaxassis-kinolog Jonatan Hernandes xizmat itlarini tayyorlash va sohada ilgʻor usullarni qoʻllash boʻyicha amaliy tajribalarini o'rtoqlashdi.

Yigʻilish doirasida Oʻzbekiston va Qozogʻiston bojxona organlari kinologiya xizmatlari rahbarlarining ikki tomonlama uchrashuvi ham bo'lib o'tdi hamda uchrashuv yakunida Hamkorlik bayonnomasi imzolandi.

Mazkur hujjat ikkala davlat kinologiya sohalari o'rtasida tajriba almashish, qoʻshma amaliy mashgʻulotlar oʻtkazish hamda xizmat itlarini tayyorlash boʻyicha ilgʻor metodikalarni birgalikda joriy etish imkoniyatlarini yanada kengaytiradi.
👍11👏2
В Бишкеке состоялось 32-е заседание руководителей кинологических служб таможенных органов стран СНГ

В работе заседания активное участие принимает делегация во главе с директором Национального кинологического центра Ф. Каххоровым.

В ходе встречи обсуждались вопросы дальнейшего развития сотрудничества, обмена опытом и внедрения современных подходов в практику деятельности кинологических подразделений.

Следует отметить, что в рамках заседания были подписаны ряд документов. В частности, принято решение о проведении 20–24 октября текущего года на базе Национального кинологического центра ТК Узбекистана международного практического семинара на тему: «Обучение служебных собак выявлению наркотических средств на пограничных таможенных постах».

Это решение является подтверждением того, что благодаря вниманию и поддержке Руководства ТК, авторитет Национального кинологического центра на международной арене неуклонно растет.

Кроме того, для участников был организован международный практический семинар. Его провёл колумбийский эксперт, международный специалист-кинолог Джонатан Хернандес, который поделился практическими наработками по подготовке служебных собак и внедрению передовых методов в данной сфере.

В рамках заседания также состоялась двусторонняя встреча руководителей кинологических служб таможенных органов Узбекистана и Казахстана. По её итогам был подписан Протокол о сотрудничестве, который предусматривает расширение возможностей для обмена опытом, проведения совместных практических занятий, а также внедрения передовых методик подготовки служебных собак.
👍5🔥1👏1
🇺🇿 Milliy kinologiya markazi umumxalq xasharida ishtirok etmoqda

Bugun yurtimiz bo‘ylab tashkil etilgan umumxalq xayriya xasharida Markazimiz xodimlari ham faol ishtirok etmoqda.

Tadbir doirasida hududlarni tozalash, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Xashar – yurtimizdagi ezgu anʼanalardan biri bo‘lib, jamiyatda hamjihatlik va birdamlikni mustahkamlash, obod va farovon muhitni yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.
👍6
2025/08/24 20:06:08
Back to Top
HTML Embed Code: