Telegram Group Search
Universitetimiz talabalari dunyoning 13-o'rinda turuvchi oliygohida tajriba orttirishdi

💥 “Yangi O‘zbekiston” universitetining muhandislik yo‘nalishi talabalari dunyoning eng nufuzli oliygohlaridan biri — Pekin universitetining GLOBEX 2025 dasturida ishtirok etdi.

Uch haftalik o‘quv kursi davomida talabalar “Applied Analysis for Engineering Sciences” yo‘nalishida chuqur akademik bilim oldilar, shuningdek, Xitoy madaniyati va tarixiy obidalarini o‘rganish imkoniga ega bo‘lishdi.

Dastur doirasida talabalar:
🔹 Xitoy devorining Juyongguan qismi,
🔹 Ming sulolasi maqbaralari,
🔹 2008-yilgi Olimpiya inshootlari — “Bird’s Nest” va “Water Cube”,
🔹 Osmon ibodatxonasi (“Temple of Heaven”) va Konfutsiy ibodatxonasi kabi tarixiy maskanlarga tashrif buyurishdi.

⚡️GLOBEX — talabalar uchun global miqyosda o‘sish, tajriba orttirish va yetakchi mutaxassislardan ta’lim olish imkonini beruvchi muhim platformalardan biridir.

🔁 English

#Xitoy #Globex

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
🔥40🎉9👍87🤩4
Endilikda, “Yangi O‘zbekiston” universitetining baholash tizimi boshqa oliygohlarda ham yo‘lga qo‘yiladi

Moliyalashtirish oliygohlar to‘plagan ballariga qarab amalga oshiriladi.

Oliygohlarga bitiruvchilar bandligiga qarab – 40 ball, ilmiy tadqiqotlar uchun tarmoq buyurtmasi va mahsulotini sotishiga qarab – 30 ball, ilmiy salohiyati, tan olingan xalqaro jurnallardagi maqolalari uchun – 20 ball; tadqiqotlar uchun jalb qilgan mahalliy va xorijiy grant uchun 10 ballgacha beriladi.

Masalan, Qarshi texnika universiteti jami ballarning 85 foizini to‘plasa, bu yilgi budjetdan berilayotgan 78 milliard so‘mga qo‘shimcha 20 foizlik bonus beriladi. Agar 56 foizdan kam to‘plasa, keyingi o‘quv yiliga moliyalashtirish qisqaradi.

Milliy universitet, Irrigatsiya kabi ilmiy oliygohlar, Madaniyat va san’at, Konservatoriya kabi ijtimoiy oliygohlarni texnika yo‘nalishidagi amaliy oliygohlar bilan tenglashtirib bo‘lmasligi qayd etildi.

Shu munosabat bilan mutasaddilarga reyting mezonlarini ishlab chiqishda buni ham hisobga olish topshirildi.

🔁 English

#Mirziyoyev #prezident

⬇️ Biz Ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
26🔥25👍7🤩2
“Yangi O‘zbekiston” universitetida rektorlar maktabi orqali rektor va prorektorlikka nomzodlar maqsadli tayyorlanadi.

O‘quv kursida eng yaxshi natija ko‘rsatgan rektorlikka nomzodlar malaka oshirish uchun Garvard universitetiga yuboriladi.

Ko‘p masalalarda rektorlarga mustaqillik beriladi. Avvalo, barcha oliygohlar tashkiliy va akademik mustaqil bo‘ladi.

Ya’ni, rektor o‘rinbosarlarini o‘zi tayinlaydi (amaldagi tartibga ko‘ra, vazirlik bilan kelishish kerak).

Bunda har bir nomzod oliygoh kengashida o‘zining yillik dasturini himoya qiladi.

Rektorlar belgilangan moliyalashtirish va shtati doirasida professor-o‘qituvchilar va boshqaruv xodimlarini o‘zi taqsimlaydi.

Bundan tashqari, rektorlarga “super” kontrakt summasini tabaqalashgan holda belgilash vakolati beriladi.

🔁 English

#Mirziyoyev #prezident

⬇️ Biz Ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
31🔥13🤩6👍5🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Yangi Oʻzbekiston” universiteti yurtimiz oliygohlari flagmaniga aylandi

Endilikda, universitetimiz baholash tizimi barcha oliygohlarga joriy qilinadi.

Eng faxrlanarlisi, universitetimizda Rektorlar maktabi tashkil etilib, barcha oliygohlarga rahbarlar bizda tayyorlanadi.

“Yangi Oʻzbekiston” universiteti ushbu yuksak ishonch va mas’uliyatni oqlashiga ishonamiz.

🔁 English

#Mirziyoyev #prezident

⬇️ Biz Ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
58🔥28🎉10👍6🤩1
Talabalar yotoqxonasi uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi

“Yangi Oʻzbekiston”universitetida 2025/2026 oʻquv yilidan respublikamizning turli hududlaridan kelib, oʻqiydigan talabalar uchun yotoqxonaga roʻyxatdan oʻtish boshlandi.

💫Yotoqxonada yashashga ehtiyoji bor talabalar quyidagi havolaga kirib, so‘rovnomani 15-avgustga qadar to‘ldirishlari talab etiladi.

👉 Ariza topshirish

Yotoqxonaga qabul qilishda eng avvalo talabalarning ijtimoiy kelib chiqishi inobatga olinadi. Qoʻshimcha savol va murojaatlaringizni maxsus botga yuborishingiz mumkin.

❗️Universitetimizda 2025/2026 oʻquv yili 1-bosqichga qabul qilingan talabalar uchun 18-avgust sanasidan boshlanadi.

🔁 English

#yotoqxona #qabul

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
51👍12🤩12
Yotoqxonaga qabul yuzasidan ovozli chat!

“Yangi O‘zbekiston” universiteti talabalari uchun bugun, 13-avgust kuni soat 16:00 da yotoqxonaga talabalarni qabul qilish va ijarada turadigan talabalarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha ovozli chat tashkil etiladi.

💫 Barcha talabalarimiz ovozli chatda ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan javob olishlari mumkin.

👉 Ovozli chat talabalar telegram kanalida o‘tkaziladi.

🔁 English

#yotoqxona #qabul

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
22👍18🔥4🤩1
Universitetimizda Yandeks bilan hamkorlikda sun’iy intellekt maktabi tashkil etildi

⚡️ “Yangi O‘zbekiston” universitetida mintaqadagi eng yirik IT kompaniyalardan biri bo‘lgan Yandeks bilan hamkorlikda Machine Learning maktabi ishga tushirilmoqda.

💥 Ushbu maktabning eng kuchli tomoni ta’lim dasturlari Yandeksning Ma’lumotlarni Tahlil Qilish Maktabi (ShAD) tajribasi asosida yaratilganligidadir. ShAD 18 yildan beri faoliyat yuritayotgan boʻlib, Rossiyada Machine Learning sohasidagi eng yetakchi maktablardan biri hisoblanadi.

📊 ShAD maktabida darslar sifati yuqori boʻlib, 2024-yilgi tahlilga koʻra unda oʻqigan har oltinchi bitiruvchi oʻzining shaxsiy biznesi yoki startapiga asos solgan. Hozirda bitiruvchilari Apple, Facebook va Microsoft kabi dunyoning yirik kompaniyalarida ishlashmoqda.

📣 Universitetimizda tashkil etiladigan maktabda darslar 1 yil davomida ML texnologiyalari va sun’iy intellekt sohasida eng kuchli mutaxassislar tomonidan toʻliq ingliz tilida olib boriladi.

Eng quvonarlisi, dastur barcha ishtirokchilar uchun mutlaqo bepul.

📌 Batafsil ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish uchun: https://mlschool.yandex.uz

🎗️“Yangi Oʻzbekiston” universiteti hamda Yandeks kompaniyasi yurtimiz yoshlari uchun bundanda koʻproq imkoniyatlarni yaratib berishda davom etadi.

🔁 English

#qabul #MLschool #Yandeks

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
🔥3426👍4🤩3
Talabalarimiz hayotning yangi sahifasini boshlashgani bilan tabriklaymiz!

Bugun universitetimizda birinchi bosqich talabalarining ilk talabalik hayoti boshlandi.

💥 Hurmatli talabalar, har biringizning orzu-intilishlaringiz sizni mana shu dargohga olib keldi. Endi esa yangi do‘stlar, yangi imkoniyatlar va eng esda qolarli kunlar sizni kutmoqda.

💫 Talabalik – bu faqat dars emas, balki quvonch, ijod, izlanish va unutilmas lahzalardir.

🎉 Aziz birinchi kurs talabalarimiz! Sizni universitetdagi ilk kuningiz bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz. Oldinda sizni yorqin kelajak kutmoqda!

🔁 English

#Tanishtiruvhaftaligi2025 #OrientationWeek2025

⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
55🎉20👍14🔥11
Ikki yillik magistratura dasturlariga qabul yakunlanishiga 1 kun qoldi

⚡️ Universitetimizda tashkil etilgan 2 yillik mutaxassisliklar – Iqtisodiyot va ma'lumotlar tahlili, Sanoat boshqaruvi - innovatsiya va biznesni boshqarish hamda Zamonaviy fizika magistratura dasturlariga qabul 20-avgust, soat 23:59 ga qadar davom etadi.

💥 Shuningdek, Sun’iy intellekt va mashinalarni o‘rganish, Amaliy tilshunoslik va TESOL (Ingliz tilini boshqa tillarda so‘zlovchilarga o‘qitish) hamda Loyiha boshqaruvi kabi bir yillik mutaxassisliklarga qabul 5-sentyabrga qadar davom etadi.

👉 O'qishga ariza topshirish: admission.newuu.uz

🔁 English

#qabul2025 #magistratura

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
16🤩8👍2🎉1
2025/08/20 12:19:55
Back to Top
HTML Embed Code: