Telegram Group Search
#ochiq_muloqot

Har bir hudud oʻziga xos iqtisodiy salohiyatga ega


Bu albatta, oʻsha manzilning geografik joylashuvi, iqlimi, xomashyo va zarur resurslarning mavjudligi xullas, shu kabi bir qancha omillarga ham bogʻliq. Lekin yana bir jihat borki, qulay infratuzilmayu keng imkoniyatlar mavjud boʻlsada, aksar muammolar yechimini kutib qolsa ish yurmaydi.

Respublikamiz boʻylab soliq xizmati organlari mutasaddilari eng chekka mahallalargacha tushib kichik va oʻrta biznes vakillarining murojaat va takliflarini batafsil oʻrganmoqda.

Bunda eng avvalo, tadbirkorlik subyektlari bilan yaqin hamkorlik oʻrnatib, ular faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish, muhim taklif va tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda

📍Qoraqalpog'iston Respublikasi
📍Andijon viloyati
📍Buxoro viloyati
📍Jizzax viloyati
📍Namangan viloyati
📍Navoiy viloyati
📍Samarqand viloyati
📍Sirdaryo viloyati
📍Surxondaryo viloyati
📍Toshkent viloyati
📍Toshkent shahri
📍Qashqadaryo viloyati
📍Farg'ona viloyati
📍Xorazm viloyati

Joriy yilning aprelidan boshlab respublika boʻylab oʻtkazilgan 270 ga yaqin uchrashuvlarda 12 ming nafardan ortiq tadbirkor ishtirok etdi.


Aniqlangan muammolarning aksariyati joyida hal etilgan boʻlsa, boshqa tashkilotlar bilan bogʻliq murojaatlar yechimi yuzasidan aniq muddatlar belgilanib, birgalikda yechim topish choralari koʻrilmoqda.

Bunday yuzma yuz va ochiq ruhdagi muloqotlar endigina biznesga qadam qoʻygan yoki koʻp yillik ishbilarmonlik tajribasiga ega tadbirkorlarning muammolarini ijobiy hal etishda muhim omildir.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha umidsiz qarzdorliklarni hisobdan chiqarish bo‘yicha o‘zgartirishlar

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Respublika hududiga kirib kelgan va bir qismi yaroqsiz holatga kelib qolgan mahsulotlarni bojxona va boshqa vakolatli organlar tomonidan yo'q qilish tartib-taomillarini soddalashtirish to'g'risida" qarori qabul qilindi.
👉VMQ-513-son, 13.08.2025-y.

Unga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirib kelgan va yaroqsiz holatga kelib qolgan tovarlar “yo‘q qilish”, shuningdek, tovarlar “davlat foydasiga voz kechish” bojxona rejimlariga rasmiylashtirilganda umidsiz qarzdorlik deb e’tirof etilishi belgilandi.

2026-yil 1-iyuldan boshlab:
🔹umidsiz qarzdorliklarni hisobdan chiqarish “E-kontrakt” tashqi savdo axborot tizimi orqali elektron shaklda amalga oshirish amaliyoti joriy etiladi;
🔹O‘zbekiston hududiga kirib kelgan va yaroqsiz holatga kelib qolgan tovarlarni yo‘q qilinishi yuzasidan xulosa “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi orqali raqamlashtirilgan holda taqdim etiladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#Korrupsiya_
Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz!

👍 Chirchiq shahar soliq inspeksiyasi xodimlari tomonidan "Siz korrupsiya holatiga duch keldingizmi?" mavzusida profilaktik tadbirlar o‘tkazildi. Tadbir davomida tuman hududida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari bilan ochiq muloqot qilinib, korrupsiya holatlarining oldini olish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

👍 Korrupsiya — jamiyat rivojiga to‘sqinlik qiluvchi eng katta muammo. Uni bartaraf etish uchun har birimiz halollik, shaffoflik va qonuniylik tamoyillariga amal qilishimiz lozim.

✉️Eslatib o‘tamiz, soliq organlarida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar va noqonuniy harakatlar to‘g‘risida maʼlumotlarni @dsq_anticorrupciya-bot maxsus telegram boti, [email protected] elektron pochtasi orqali yuborish, shuningdek, ishonch telefoni (78-220-20-01) ga xabar qoldirishlari mumkin.

Toshkent  viloyati soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

📱Telegram |📱 Facebook |📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi

2025 yil 1 sentyabrdan:

✍️YATTlarga zargarlik buyumlarini sotish faoliyati bilan shug‘ullanishga ruxsat etiladi;

Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasi tomonidan Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlarida zargarlik buyumlarining asillik darajasini tekshirish va ularni tamg‘alash bo‘yicha sayyor xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi;

📈qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar to‘g‘risidagi huquqbuzarliklar to‘g‘risida “Soliq” mobil ilovasi orqali xabar bergan shaxslarga undirilgan jarima miqdorining 50 foizi miqdorida mukofot to‘lanadi.

Toshkent  viloyati soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

📱Telegram |📱 Facebook |📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2025-yil 20-avgust

iyul oyi uchun:

- QQS hisobotini taqdim etish va soliqni to‘lashning oxirgi kuni
👉Soliq kodeksining 273-moddasi 1- va 2-qismlari

- agar iyul oyida dividendlar va foizlar hisoblangan bo‘lsa, dividendlar va foizlardan olinadigan soliq summasi bo‘yicha soliq hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni
👉Soliq kodeksining 345-moddasi 5-qismi

- norezidentlarning daromadlaridan olinadigan soliq summalari bo‘yicha soliq hisobotini soliq agenti tomonidan taqdim etishning oxirgi kuni
👉Soliq kodeksining 355-moddasi 1-qismi

- yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqning hisob-kitobini taqdim etish va to‘lashning oxirgi kuni
👉Soliq kodeksining 454-moddasi 3- va 4-qismlari

- suv resurslaridan foydalanganlik uchun bo‘nak to‘lovlar soliq davrida soliq summasi bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravaridan ko‘proqni tashkil etadigan yuridik shaxslar tomonidan (bundan aylanmadan olinadigan soliqni to‘lovchilar mustasno) yillik soliq summasining 1/12 qismi miqdorida to‘lashning oxirgi kuni
👉Soliq kodeksining 448-moddasi 3-qismi
_____________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем ❗️20 августа 2025 года - последний день

за июль:

- представления отчетности и уплаты НДС
👉ч.1-2 ст.273 Налогового кодекса

- представления отчетности по сумме налога с дивидендов и процентов, если в июле были начислены дивиденды и проценты
👉ч.5 ст.345 Налогового кодекса

- представления налоговыми агентами отчетности по суммам налога с доходов нерезидентов
👉ч.1 ст.355 Налогового кодекса

- представления отчетности и уплаты налога за пользование недрами
👉ч.3-4 ст.454 Налогового кодекса

- уплаты авансовых платежей по налогу за пользование водными ресурсами юридическими лицами (за исключением плательщиков налога с оборота), у которых сумма налога за налоговый период составляет более 200-кратного размера БРВ в размере 1/12 части годовой суммы налога
👉ч.3 ст.448 Налогового кодекса

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Soliq_kodeksi

Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida hisobga turgan jismoniy shaxs oʻz soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetidan yakka tartibdagi tadbirkor sifatidagi oʻz huquqlari va majburiyatlarini elektron tarzda amalga oshirish uchun foydalanishi mumkin.

⬇️⬇️⬇️
➡️ Soliq kodeksining 56-moddasi

Toshkent  viloyati soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

✈️Telegram | Facebook |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

👍So‘nggi yillarda savdo sohasidagi korxonalar soni qanchaga yetdi?

↗️Toshkent viloyatida 2025- yil 1- avgust holatiga ko‘ra, 14 837 ta savdo sohasidagi korxonalar faoliyat ko‘rsatmoqda.


📊Yillar kesimida savdo sohasidagi korxonalar soni quyidagi ko‘rinishda aks etdi:

👍2021- yil 1- avgust holatiga – 14 122 ta

👍2022- yil 1- avgust holatiga – 15 771 ta

👍2023- yil 1- avgust holatiga – 14 225 ta

👍2024- yil 1- avgust holatiga – 13 452 ta

👍2025- yil 1- avgust holatiga – 14 837 ta

Toshkent  viloyati soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

✈️Telegram | Facebook |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#konstitutsiyaviy_burch

🇺🇿Soliq to‘lash – har birimizning konstitutsiyaviy burchimizdir!

Fuqarolar tomonidan to‘langan soliqlar yurtimiz farovonligiga xizmat qiladi. Soliqlarni o‘z vaqtida to‘lashni unutmang!


Jismoniy shaxslar Soliq mobil ilovasi 📱orqali mol-mulk va yer soliqlarini masofadan turib to‘lashlari mumkin.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instgram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёевнинг тадбиркорлар билан очиқ мулоқоти: халқпарвар сиёсат ва ислоҳотлар туфайли давлат ва тадбиркорлар ўртасида ишонч кўприги қад ростлаб, мисли кўрилмаган натижаларга эришилди, тадбиркорлар Янги Ўзбекистоннинг замини, янгиланишларнинг фаол таянчига айланди.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti boshlandi.

Mamlakatimizda 40 dan ziyod elektron to‘lov tashkilotlari mavjud bo‘lib, aholimiz o‘ziga qulay mobil ilovadan foydalanmoqda.

Endi 1-noyabrdan boshlab tadbirkorlar uchun barcha mobil to‘lov ilovalari orqali hisob-kitob qilish imkonini beradigan universal QR-kod beriladi.

Yillik aylanmasi 1 milliard so‘mgacha bo‘lgan barcha tadbirkorlar kelasi yil 1 yanvardan bir xil, ya’ni aylanmadan 1 foiz soliq to‘lashga o‘tkaziladi.

Masalan, hozir aylanmasi 100 million so‘mgacha bo‘lgan yakka tadbirkor yillik 12 million so‘mgacha qat’iy soliq o‘rniga ko‘pi bilan 1 million so‘m to‘laydi. Yoki aylanmasi 100 milliondan 1 milliard so‘mgacha bo‘lgan tadbirkor aylanmadan ilgari 30-40 million so‘m soliq to‘lagan bo‘lsa, endi uning soliq yuki 3-4 karra kamayadi.

“Umuman, yaratilayotgan sharoitlar orqali yakka tadbirkorlar hisobida yiliga 1 trillion so‘m, tasavvur qilayapsizlarmi, 1 trillion so‘m qolayapti. Bu – kichik biznes uchun qo‘shimcha resurs, yakka tadbirkorlar o‘z biznesini keyingi bosqichga olib chiqishi uchun yana bir imkoniyat”,

- dedi Prezident.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Davlatimiz rahbari endilikda davlat ulushi boʻlmagan korxonalarga eksportda muddati oʻtgan qarzdorlik uchun jarima hisoblash va undirishga bir yillik moratoriy eʼlon qilinishini maʼlum qildi.

Endilikda korxonasiga tashqi infratuzilmani oʻz hisobidan qilayotgan tadbirkorlarning bu xarajati foyda soligʻi bazasidan chegirib tashlanishi taʼkidlandi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
IT, fintex va startaplarga keng yo‘l ochilgani natijasida marketpleyslar soni uch yil ichida 24 tadan 163 taga ko‘paydi.

Tadbirkor va hunarmandlar o‘z mahsulotlarini raqamli platformalar orqali eksport qilishga o‘rgandi. Ular an’anaviy eksportdagi kabi milliy va xorijiy marketpleyslarda chetga sotgan tovari uchun QQSni qaytarishni so‘ragan.

Mutasaddilarga buning tartibini tasdiqlab, amaliyotga joriy qilish topshirildi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Қўшилган қиймат солиғи ставкаси 12 фоизга туширилгани ҳисобига бу солиқ режимида ишлаётган тадбиркорлар сони кун сайин кўпаймоқда.

Лекин, ҳали кўпчилик ҚҚСга ўтсам, ҳисоб-китоб қийинлашади, бухгалтер олишим керак, харажат ошади, деб шубҳаланмоқда.

Шу боис, айланма солиқдан ҚҚСга ўтадиган корхоналар бир йил давомида фойда солиғи тўлашдан озод қилинади, ҳисоботида хатолик бўлса ҳам, жарима қўлланмайди, бухгалтерлар маошининг 5 миллион сўмгача қисми олти ойгача бундай корхона тўлаётган солиқдан чегириб ташланади.

Бугунги кунда солиқ текширувлари бўйича 20 мингдан зиёд тадбиркорларда 16 триллион сўмлик хато ва камчиликлар аниқланган. Бу минглаб бизнес вакилларининг тадбиркорлик рейтингидаги ўрнига салбий таъсир қилади.

Шу боис бугун ўзига хос “амнистия” эълон қиламиз, ушбу текширишлар бўйича жазо қўлланмайди. Бунинг ўрнига 1 ноябргача тадбиркорларимизга барча хато ва камчиликларни ихтиёрий тўғирлаш имкони берилади.

Бир сўз билан айтганда, 1 ноябрдан бошлаб бизнес вакиллари тадбиркорлик рейтингини “тоза саҳифадан” бошлайди
”,

- деди Президент.

Facebook|Instagram|X
Икки йил олдин айланмадан солиқ тўловчилар бухгалтериясини солиқчи юритадиган тизим қилинди.

Бундай хизматлар кўлами кенгайтирилади.

Келгуси йилдан ер, мол-мулк, ижтимоий ва даромад солиқлари ҳисоботларини шакллантириш бўйича тадбиркорлар мажбурияти бекор қилинади.

Ушбу ҳисоботларни солиқчиларнинг ўзи бепул тўлдириб беради. Тадбиркорлар эса 5 кунда ҳисоботга тузатиш киритиши мумкин бўлади.

Ҳисоботни кечиктиргани учун кичик ва йирик бизнес бир хил жарима тўлаяпти, энг ёмони – ҳар бир ҳисобот тури учун алоҳида-алоҳида жарима бор.

Солиқ қўмитасига 1 ноябрдан бошлаб тақдим этилмаган ёки кечиктирилган солиқ ҳисоботлари нечта бўлишидан қатъи назар, ягона жарима қўллайдиган тизим яратиш топширилди.

Бунда кичик бизнес учун жарималар миқдори 3 карра камайтирилади.

Facebook|Instagram|X
Prezidentimiz yana bir muhim yangilikni e’lon qildi – 2026-yildan “Biznesni 15 daqiqada boshlash” tamoyili asosida tadbirkorlik faoliyatini to‘laqonli yo‘lga qo‘yish mumkin bo‘ladi.

Bunda, tadbirkorni ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonining o‘zida:

▫️elektron raqamli imzo beriladi;
▫️bankda hisobraqam ochiladi;
▫️xohishiga ko‘ra ijara shartnomasi rasmiylashtiriladi;
▫️kassa apparati soliq organida ro‘yxatdan o‘tkaziladi;
▫️shu yo‘nalishga mas’ul davlat organlariga xabarnoma jo‘natiladi.

Natijada bu jarayonlar uchun talab etiladigan muddat hozirgi 1 haftadan 15 daqiqaga qisqaradi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Davlatimiz rahbari "O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan V ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" Farmonni imzoladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
2025/08/20 15:25:20
Back to Top
HTML Embed Code: