Telegram Group Search
Forwarded from Edu.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔴 🟦🟦
🌟🌟🌟🌟🌟

🇺🇿 Ayni daqiqalarda Sirdaryoda “TalabaExpo — 2025” kasb ko‘rgazmasi boshlanish arafasida

Guliston shahridagi Tadbirkorlar va hunarmandlar markazi binosida “Kelajakka qadam” dasturi hamda “Dolzarb 90 kun” tashabbusi doirasida o‘tkazilayotgan mazkur muhim tadbir yoshlarning kasbiy yo‘nalishini belgilash, ularni mehnat bozori talablariga mos ravishda tayyorlash, shuningdek, ish bilan ta’minlash va tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish maqsadida tashkil etilmoqda.

Ko‘rgazma davomida viloyatdagi oliy ta’lim muassasalarining bitiruvchi talabalari uchun turli sohalardagi mutaxassisliklar, ish o‘rinlari va biznes imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etiladi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👏4👍2😍2🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔴 🟦🟦
🌟🌟🌟🌟🌟

Sirdaryoda “TalabaExpo – 2025” kasblar ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi

“Kelajakka qadam” dasturi hamda “Dolzarb 90 kun” tashabbusi doirasida Guliston shahridagi Tadbirkorlar va hunarmandlar markazida oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchi talabalari uchun “TalabaExpo – 2025” kasblar ko‘rgazmasiga tantanali ravishda start berildi.

Mazkur ko'rgazmada Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali jamoasi va talabalari faol ishtirok etmoqda.

TICTY.uz | Telegram | Instagram | YouTube | Facebook I X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8🔥3👏2
Forwarded from Edu.uz
🌟🌟🌟🌟🌟

“TalabaExpo – 2025”: Talabalardan – g‘oya, yirik tadbirkorlardan – tajriba


“TalabaExpo – 2025” kasblar ko‘rgazmasi doirasida bitiruvchi yoshlar uchun tadbirkorlik faoliyatini boshlash imkoniyatlari yuzasidan Sirdaryo viloyatidagi yetakchi korxonalar asoschilari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirda viloyatda faoliyat yuritayotgan “DONIYOROVA AZIZA” YATT, “BETON SANOAT” MCHJ hamda “MILI TEKS SIRDARYO” MCHJ kabi nufuzli korxonalar rahbarlari ishtirok etib, talabalarga o‘zlarining biznes sohasidagi boy tajribasi, muvaffaqiyat sari bosib o‘tgan yo‘llari va shaxsiy hayot saboqlari haqida samimiy tarzda mulohaza va maslahatlar berdilar.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/80189

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍71🔥1
Forwarded from Edu.uz
⚡️Yangi o‘quv yili 1-kurslar uchun 3-sentyabrdan, yuqori kurslarga 8-sentyabrdan boshlanadi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan oliy taʼlim tashkilotlari va akademik litseylarda yangi 2025/2026-oʻquv yilini boshlash sanalari tasdiqlandi.

Unga ko‘ra:

🔸akademik litseylarning barcha bosqich o‘quvchilari va oliy ta’lim tashkilotlarining 1-bosqich talabalari uchun dars jarayonlari 2025-yil 3-sentyabrdan;

🔹oliy ta’lim tashkilotlarining 2- va undan yuqori
bosqich talabalari uchun 8-sentyabrdan boshlanadi.

Oliy ta’lim tashkilotlarida birinchi bosqichga qabul qilingan talabalar uchun “Kredit taʼlimi tizimiga kirish” haftaligi hamda “Talabalikka bagʻishlov” tadbirlari tashkil etiladi.

Haftalik doirasida:

➡️talabalarni oliy taʼlim tashkiloti faoliyati bilan tanishtirish, kredit-modul tizimining mazmun-mohiyati va afzalliklarini tushuntirish hamda tanlov fanlarni maqsadli tanlash;

➡️talabalarda mustaqil taʼlim koʻnikmalarini shakllantirish, akademik halollik tamoyillari va kasbiy hamda shaxsiy rivojlanish masalalari yuzasidan targʻibot-tashviqot ishlari amalga oshiriladi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍51🎉1😍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌟🌟🌟🌟🌟

Sirdaryoda o‘tkazilgan “TalabaExpo – 2025” kasb ko‘rgazmasida 500 nafarga yaqin talaba uchun ish o‘rni aniq bo‘ldi


22-avgust kuni Guliston shahridagi Tadbirkorlar va hunarmandlar markazi binosida oliy taʼlim tashkilotlari bitiruvchi talabalari uchun keng ko‘lamdagi “TalabaExpo – 2025” kasb ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, “O‘zmilliybank” AJ, Savdo-sanoat palatasi, Sirdaryo viloyati hokimligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida tashkil etilgan tadbir “Kelajakka qadam” dasturi va “Dolzarb 90 kun” tashabbusi doirasida o‘tkazildi.

Ko‘rgazma doirasida 100 dan ortiq ish beruvchi korxona tomonidan 700 dan ziyod bo‘sh ish o‘rinlari taqdim etildi.

Tadbirda viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining qariyb 3 ming nafari ishtirok etdi. Ularning 1 100 nafari ish beruvchilar bilan bevosita suhbatda bo‘lib, 500 nafarga yaqin talaba aniq ish o‘rni topishga muvaffaq bo‘ldi.

Shuningdek, 27 nafar talabaning biznes loyihalari taqdimoti o‘tkazilib, istiqbolli g‘oyalar mualliflariga imtiyozli kreditlar ajratildi va ular tadbirkorlikka yo‘naltirildi.

Batafsil:
https://gov.uz/oz/edu/news/view/80304

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥95👍5
#oav #biz_haqimizda

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlarining Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialiga tashrifi UzA nigohida


👉 Batafsil saytda

TICTY.uz | Telegram | Instagram | YouTube | Facebook I X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍133🔥3
TKTI Yangiyer filialida kibersport musobaqasining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi

Sirdaryo viloyatida yoshlarning iqtidorini yuzaga chiqarish hamda ularni umummilliy maqsadlarga yo‘naltirish maqsadida tashkil etilgan “Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasida kibersport musobaqasining viloyat bosqichi o‘tkazildi.

Musobaqada viloyatning 11 ta tuman va shahar jamoalari ishtirok etib, o‘zaro kuch sinashdi. Natijaga ko‘ra, Yangiyer shahar jamoasi 3-o‘rinni, Sirdaryo tumani jamoasi 2-o‘rinni, Guliston shahar jamoasi esa 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

G‘olib jamoa a’zolari Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan diplom, Coursera professional kurslariga vaucherlar bilan taqdirlandi.

TICTY.uz | Telegram | Instagram | YouTube | Facebook I X
8👏4🔥3👍1🤩1
2025/08/23 20:56:27
Back to Top
HTML Embed Code: