Telegram Group Search
#Jarayon

📌Toshkent viloyati Chirchiq shahridagi Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida “Yangi O‘zbekiston – Olimpiya cho‘qqilari” sport musobaqalari doirasida boks bahslari bo‘lib o‘tdi.

Besh kun davom etgan musobaqalarda qizlar 9 ta, yigitlar esa 13 ta vazn toifasida ishtirok etishdi. Bellashuvlar yakunida barcha vazn toifalarida g‘olib va sovrindorlar aniqlanib, taqdirlandi.

❗️Mazkur musobaqalar yosh sportchilarni aniqlash va ularning professional rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan.


Toshkent viloyati yoshlari
👍21
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bildirish

Atrof-muhitni asrab-avaylash va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, mamlakatimiz Mustaqilligining 34 yilligi bayramiga tayyorgarlik koʻrish va munosib oʻtkazish maqsadida yurtimiz bo'ylab joriy yilning 22-23-avgust kunlari "Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki" shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi.

Hasharda tozalik va ko‘kalamzorlashtirish tadbirlarini amalga oshirish, xiyobonlar, ziyoratgohlarni obodonlashtirish koʻzda tutilgan.

Shuningdek, volontyor yoshlar ishtirokida ijtimoiy himoyaga muhtoj keksalar, nogironligi boʻlgan shaxslar, yolgʻiz qariyalar, kam taʼminlangan, boquvchisini yoʻqotgan oilalar holidan xabar olinib, uy-joylari atroflarini obodonlashtirishga koʻmaklashiladi. 

Qadrli Toshkent viloyati yoshlari, siz ham viloyatimiz obodligiga o’z hissangizni qo’shing!

Toshkent viloyati yoshlari
👍21
Forwarded from Alisher Sadullaev
⚡️Bugun Prezidentimiz tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazadilar. Yosh tadbirkorlar uchun ham yangi imkoniyatlar eʼlon qilinishi kutilmoqda.

@alisher_sadullaev
👍32
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yetakchidan_tashabbus

📚 BIR JAVOBGA — BIR KITOB

🇺🇿 Ohangaron shahrining "Umid" va "Orzu" mahallasi yoshlar yetakchilari tashabbusi bilan, "Dolzarb 90 kun" tadbirlari doirasida yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini oshirish maqsadida "ZUKKO KITOBXON" chellenji tashkil etildi.

📖 Chellenj davomida savollarga to‘g‘ri javob bergan yoshlarga kitoblar sovg‘a qilinmoqda.

📈 Yoshlar ushbu loyihaga katta qiziqish bildirishmoqda. Yoshlar yetakchilari chellenj hafta davomida davom etishini ma’lum qilishdi.


Toshkent viloyati yoshlari
👍3👏2
#Sport

Mamlakatimizning barcha hududlarida bo'layotgani kabi Toshkent viloyatida ham “Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” sport musobaqalari bo'lib o'tmoqda.

Joriy yilning 14-avgust kunidan boshlangan musobaqalarda sportning ogʻir atletika, gimnastika, dzyudo, erkin kurash, yunon-rum kurashi, stol tennisi, boks, basketbol, taekwondo turlaridan bellashuvlar boʻlib oʻtdi.

Endilikda sportning yengil atletika turi boʼyicha musobaqalar 23-avgust kuni oʼtkaziladi.

Ushbu musobaqalarda qatnashish uchun viloyatimizning 7200 nafar yosh sportchilari roʻyxatdan oʻtgan va ulardan viloyat bosqichiga 1700 nafardan ziyodi yetib keldi.

Mazkur musobaqalarning respublika bosqichiga 284 nafar sportchilarimiz yoʻllanma olishi koʻzda tutilgan.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 🌐 🌐InstagramFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
#Yetakchidan_tashabbus

FAROVONLIK YOSHLAR UCHUN AJOYIB IMKONIYAT

Yangiyoʻl shahri "Farovon" mahallasi yoshlar yetakchisi Rahmonali Murotaliyev tashabbusi bilan hudud yoshlari uchun onlayn kutubxona hamda “Ibrat Academy” loyihasi darslariga moʻljallangan maxsus sinfxona tashkil etildi.

🎯 Yangi tashkil etilgan kutubxonada yoshlar kitoblarni skanerlash orqali onlayn tarzda oʻqish, ilm olish va rivojlanish imkoniyatiga ega. Xonada tinch muhit va qulay sharoitlar yaratilgan.

🌐 Shuningdek, xorijiy tillar xonasida “Ibrat Academy” ilovasining video darslari joylashtirilgan bo‘lib, bu orqali yoshlar chet tillarini o‘rganishlari va o‘z ustida muntazam ishlashlari mumkin.

Unutmang! Vatan kelajagi – yoshlar qoʻlida!


Toshkent viloyati yoshlari
👍4
Forwarded from Alisher Sadullaev
⚡️“Yosh tadbirkorlar” chempionati o‘tkaziladi

Prezidentimiz tadbirkorlar bilan bo‘lib o‘tayotgan ochiq muloqotda juda ko‘plab yangiliklarni e’lon qildi.

Yoshlarning 1 mingta startap g‘oyasi tijoratlashtiriladi va shundan 200 tasi xalqaro bozorga olib chiqiladi.

Eng ilg‘or texnologiyalar olib kelinib, 100 ta mahalliy startap xalqaro miqyosda jozibador biznesga aylantiriladi. Bunga 100 million dollar beriladi.

Bu yildan boshlab, “Yosh tadbirkorlar” chempionati o‘tkaziladi. Eng yaxshi 100 ta g‘oya tanlab olinib, har bir startap uchun 1 milliard so‘mgacha investitsiya kiritiladi.

Bu loyihalarni brendga aylantirish uchun moliyaviy va marketing xizmatlari bo‘yicha ekspertlarning xarajatlari qoplab beriladi.

G‘oliblarni 20-avgust – Tadbirkorlar kunida taqdirlasak, o‘ylaymanki, yosh tadbirkorlarga bu ham katta motivatsiya bo‘ladi”, — dedi davlatimiz rahbari.


@alisher_sadullaev
2025/08/20 18:19:52
Back to Top
HTML Embed Code: