Telegram Group Search
⚡️Hurmatli OAV vakillari!

Joriy yilnng, 2-16-sentyabr kunlari Samarqand shahrida o‘tkaziladigan “Grand Swiss 2025” xalqaro shaxmat musobaqasida ishtirok etish uchun akkreditatsiya arizalarini quyidagi havola orqali topshirishingizni eslatib o‘tamiz.

Ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi kuni — 20-avgust
.

👉 https://grandswiss2025.fide.com/media-registration

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3121🔥7🏆3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Aziz yoshlar, qadrli mahalladoshlar!

Mamlakatimiz bo‘ylab 22–23-avgust kunlari “Obod va fayzli mahalla — yurt ko‘rki” shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi.

Barchangizni ushbu umumxalq tashabbusida faol ishtirok etishga, mahallamiz va yurtimiz go‘zalligiga o‘z hissangizni qo‘shishga chorlaymiz.

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2419❤‍🔥6👍6🎉1
DXX kubogida kim peshqadam?

🖐Poytaxtimizdagi “Bunyodkor” futbol akademiyasi maydonlarida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi DXX kubogi musobaqalarining respublika bosqichi uchrashuvlari qizg‘in kurashlar ostida davom etmoqda.

Musobaqaning 1-2-tur uchrashuvlari futbol muxlislariga hayajonli lahzalarni taqdim etdi. Endi esa, quyidagi infografika orqali dastlabki natijalar bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

#Beshtashabbusolimpiadasi #DXXkubogi

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
45🔥11❤‍🔥1👍1👌1
🗞 O‘zbekiston yoshlari uchun dolzarb mavzular

"Yoshlar ovozi" gazetasining navbatdagi sonida:

🟢Ekologiya va turizm qurultoyi;
🟢3 kunlik seminar;
🟢Dolzarb 90 kun;
🟢Raqamli dunyoda mualliflik huquqi,
🟢O‘zbekiston yoshlar siyosati;
🟢 Yoshlar ventures g‘oyadan imkoniyat.

📥Yuklab olish va onlayn mutolaa qilish

Maqolalar yuzasidan fikr-mulohazalaringizni quyidagi @yoshlarovozigazetasibot manziliga qoldirishingiz va takliflaringizni biz bilan bo‘lishishingiz mumkin!

#yoshlarovozi #Gazeta #Yoshlar #Yangiliklar

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
25👍5👌31
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi?

Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-martdagi 149-sonli qarori bilan Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

⚡️Endi grantlar har o‘quv yili yakunida qayta taqsimlanadi. Bu jarayon oliy ta’lim tashkiloti rektori tomonidan boshqariladi va to‘liq hamda to‘liq bo‘lmagan grantlar ajratiladi.

Grantlarga da’vogarlik qilish uchun talabalar GPA ko‘rsatkichi 3,5 va undan yuqori bo‘lishi kerak. Akademik muvaffaqiyat 80 ballik mezonda, ijtimoiy faollik esa 20 ballik mezonda baholanadi.

Ijtimoiy faollikni baholashda:

⚫️kitobxonlik madaniyati;
⚫️“5 muhim tashabbus” doirasidagi tadbirlarda ishtirok;
⚫️xalqaro va respublika miqyosidagi tanlovlarda qatnashish;
⚫️volontyorlik;
⚫️jamoat ishlaridagi faollik kabi bir qator mezonlar qo‘llaniladi.

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
25👏73👍1🕊1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti: xalqparvar siyosat va islohotlar tufayli davlat va tadbirkorlar o‘rtasida ishonch ko‘prigi qad rostlab, misli ko‘rilmagan natijalarga erishildi, tadbirkorlar Yangi O‘zbekistonning zamini, yangilanishlarning faol tayanchiga aylandi.

#Mirziyoyev

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9🎉5👍4🔥3
🇺🇿Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti boshlandi.

“Bugun shuni faxr bilan ayta olamizki, yurtimizda yaratilayotgan har bir ish o‘rni, qad ko‘tarayotgan har bir korxona, xalqimiz og‘irini yengil qilayotgan har bir xizmat, eksport bo‘layotgan har bir mahsulot – sizning jasorat bilan qilayotgan mehnatingiz, tashabbus va izlanishingiz mahsulidir”,

- dedi davlatimiz rahbari so‘zining avvalida.

Bugungi tadbir shunchaki anjuman emas, davlat va biznes o‘rtasidagi o‘zaro ishonchni mustahkamlashga xizmat qiladigan jonli va samimiy muloqot maydoni ekani ta’kidlandi.

“Har bir soha, har bir hudud, har bir mahalla – faqat tadbirkor harakat qilganida, ularga quloq tutib, ishonch bildirilganida rivojlanadi, obod bo‘ladi.

Shu bois, bugun sizlarni eshitamiz. Sizning ovozingiz orqali hal qilinadigan masalalarni birgalikda muhokama qilib, ularga aniq yechimlar haqida kelishib olamiz”,

- dedi Prezident.

#Mirziyoyev

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍64🎉2
Prezidentimiz islohotlarning ilk kunlaridanoq tadbirkorlar bilan hamfikr bo‘lib, iqtisodi qudratli, sanoati raqobatbardosh, moliyaviy tizimi barqaror, barcha sohalari investorlar uchun jozibador bo‘lgan Yangi O‘zbekistonni barpo etishga kirishilganini qayd etdi.

O‘tgan sakkiz yilda iqtisodiyotimizning ko‘plab tarmoqlari yangidan tashkil etildi. Bu davrda 230 milliard dollar investitsiya kirib keldi, shundan 120 milliarddan ortig‘i – xorijiy sarmoya.

“Bir qarashda aytishga oson ushbu raqamni oldinlari hisob-kitob qilish tugul, tasavvur qilib ham bo‘lmasdi. Lekin biz buni uddaladik”,

-
dedi Prezidentimiz.

Turli nizo va ziddiyatlar tufayli jahon iqtisodiyoti g‘oyat murakkab davrni boshidan o‘tkazayotgan bir vaqtda pragmatik va proaktiv siyosat tufayli birinchi yarim yillikda iqtisodiyotimiz 7,2 foizga o‘sgani ta’kidlandi.

#Mirziyoyev

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
11👍1
An’anaga ko‘ra, bu yil ham kichik biznes vakillaridan tortib yirik korxonalar rahbarlarigacha – eng ilg‘or va fidoyi tadbirkorlardan 49 nafari davlat mukofotlari, 112 nafari esa “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Ular orasida ilmi bilan biznesni rivojiga katta hissa qo‘shayotgan olimlar ham bor.

O‘tgan bir yilda yana 52 nafar ishbilarmon tadbirkorlar, mirishkor dehqon va fermerlar, tashabbuskor investorlar orden va medallar sohibiga aylandi.

“Ayniqsa, homiylik qilib bog‘cha va maktab, shifoxonalar qurayotgan, ehtiyojmand oilalarga ko‘maklashayotgan, yoshlarni qo‘llab-quvvatlayotgan saxovatpesha tadbirkorlarimiz ko‘payib borayotgani bizni quvontiradi.

O‘g‘il-qizlarimizni sportga jalb qilish uchun katta-katta sharoit qilib berayotgan, ularning jahon va qit’a chempionatlari, Olimpiya hamda Paralimpiya o‘yinlari, boshqa nufuzli xalqaro musobaqalarda yuqori cho‘qqilarni zabt etishiga ko‘maklashayotgan biznes vakillari yurtimizning chinakam fidoyilaridir”,

- dedi Prezident.

Fursatdan foydalanib, davlatimiz rahbari butun respublikaning biznes vakillariga o‘zining chuqur va samimiy minnatdorligini izhor qildi va bayram bilan tabrikladi.

#Mirziyoyev

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍129
Mamlakatimizda 40 dan ziyod elektron to‘lov tashkilotlari mavjud bo‘lib, aholimiz o‘ziga qulay mobil ilovadan foydalanmoqda.

Endi 1-noyabrdan boshlab tadbirkorlar uchun barcha mobil to‘lov ilovalari orqali hisob-kitob qilish imkonini beradigan universal QR-kod beriladi.

Yillik aylanmasi 1 milliard so‘mgacha bo‘lgan barcha tadbirkorlar kelasi yil 1-yanvardan bir xil, ya’ni aylanmadan 1 foiz soliq to‘lashga o‘tkaziladi.

Masalan, hozir aylanmasi 100 million so‘mgacha bo‘lgan yakka tadbirkor yillik 12 million so‘mgacha qat’iy soliq o‘rniga ko‘pi bilan 1 million so‘m to‘laydi. Yoki aylanmasi 100 milliondan 1 milliard so‘mgacha bo‘lgan tadbirkor aylanmadan ilgari 30-40 million so‘m soliq to‘lagan bo‘lsa, endi uning soliq yuki 3-4 karra kamayadi.

"Umuman, yaratilayotgan sharoitlar orqali yakka tadbirkorlar hisobida yiliga 1 trillion so‘m, tasavvur qilayapsizlarmi, 1 trillion so‘m qolayapti. Bu – kichik biznes uchun qo‘shimcha resurs, yakka tadbirkorlar o‘z biznesini keyingi bosqichga olib chiqishi uchun yana bir imkoniyat",

- dedi Prezident.

#Mirziyoyev

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
11👍7
🇺🇿Davlatimiz rahbari tadbirkorlikning boshqa yo‘nalishlari bo‘yicha ham mutlaqo yangi tashabbuslarni ilgari surdi. Ularning barchasi bugundanoq kuchga kiradi.

Jumladan, qisqa muddatda va tez daromad beradigan ish o‘rinlari yaratishda eng samarador yo‘nalishlardan biri bo‘lgan xizmatlar sohasi jadal rivojlantiriladi.

Yil boshidan yurtimizga 7 millionga yaqin xorijiy sayyoh tashrif buyurdi, 15 million aholi mamlakat bo‘ylab ichki sayohatga chiqdi. Kelasi 3-4-yilda xorijiy turistlarning yillik oqimi kamida 15 millionga yetadi.

Shu bois turizmni rivojlantirish bo‘yicha yangi dastur boshlanadi.

#Mirziyoyev

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
11👍52
Kelgusi uch yilda mehmonxona va turizm maskanlari tashkil qilish uchun jami 5 ming gektar yer auksionga chiqariladi. Bunda mehmonxona qurmoqchi bo‘lgan tadbirkorlardan yerlarni sotib olish uchun to‘lov undirilmaydi. Evaziga davlat shu summa bilan loyihaga ulushdor bo‘lib kiradi.

Tadbirkorlar 10-yil ichida istalgan paytda bu ulushni qayta sotib olishi mumkin bo‘ladi. Agar tadbirkor yer qiymatini boshida to‘layman desa, 20 foiz chegirma beriladi.

Mehmonxona qurish uchun 7-yil muddatga 2-yillik imtiyozli davr bilan viloyatlar markazi va turizmga ixtisoslashgan 36 ta tumanda – 30 milliard so‘mgacha, boshqa hududlarda esa 10 milliard so‘mgacha imtiyozli kredit ajratiladi.

Ko‘p tadbirkorlar davlat obyektlari va xususiy binolarni sotib olib, mehmonxonaga aylantirayapti. Endi yangi mehmonxona uchun ko‘zda tutilgan subsidiya ularga ham beriladi.

Hozir mehmonxona egalari har bir turist uchun kuniga 62 ming so‘mgacha turistik yig‘im to‘lab berishga majbur. Endilikda Toshkent shahri, viloyatlar markazi va yirik turistik hududlardan tashqari birorta joydagi mehmonxona bu yig‘imni to‘lamaydi.

#Mirziyoyev

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6❤‍🔥4
Amaldagi tartibga ko‘ra, oilaviy mehmon uylari turistlarni qabul qilishi bo‘yicha kunlik me’yor 10 nafardan oshmasligi belgilangan. Endi bu cheklov 2 karraga ko‘paytiriladi.

Prezidentimiz mahalliy mehmonxonalar, oilaviy mehmon uylari o‘rtasida tanlov o‘tkazishni taklif qildi.

Tanlovning mukofot jamg‘armasi 1 million dollar bo‘ladi, sayyohlar e’tiborini qozongan, nufuzli xalqaro platformalarda eng ko‘p ijobiy e’tirof olgan mehmonxonalar har yili taqdirlanadi.

Qaysi hududda infratuzilma yaxshi bo‘lsa, o‘sha joy tadbirkorlarni o‘ziga tortadi, servis gurkirab rivojlanadi.

Shu bois, infratuzilma olib borish orqali yirik turistik maskanlari ko‘paytiriladi. Chortoqning Qorabog‘ mahallasi, Farg‘onaning Chimyoni, Boysundagi Omonxona, Nuroboddagi Nurbuloq shaharchasida master-reja asosida "yil 12 oy" xizmat ko‘rsatadigan 300-500 gektarli yirik kurort zonalari tashkil etiladi.

Bu loyihalar infratuzilmasi uchun 150 million dollar beriladi.

#Mirziyoyev

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍102
Ta’limda xususiy sektor uchun keng yo‘l ochib berilgani hisobiga oxirgi sakkiz yilda xususiy bog‘chalar soni 31 mingga, maktablar esa 645 taga yetdi.

Endilikda bog‘cha qamrovi 70-80 foizdan past bo‘lgan 80 ta tumanda tadbirkorlarga yengillik beriladi. Avvalo, bu tumanlardagi bog‘cha va maktablarni bo‘sh yerlarida xususiy sheriklik asosida bog‘cha qurishga ruxsat beriladi.

Bunda tadbirkorlardan yer uchun ijara haqi 30-yil davomida undirilmaydi, ularga davlat bog‘chasida har bir bolaga ko‘zda tutilgan xarajatning yarmi subsidiya qilib beriladi.

Ushbu tumanlardagi boshqa joylarda bog‘cha tashkil qilaman, degan tadbirkorlarga 7-yil muddatga 5 milliard so‘mgacha 18 foizli imtiyozli kredit ajratiladi, faoliyatini o‘zgartirmaslik sharti bilan yer tekinga beriladi, ularga ijtimoiy soliq 1 foiz bo‘ladi, tarbiyachilarining maoshi uch yilgacha to‘lab beriladi.

#Mirziyoyev

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍82
⚡️“Yosh tadbirkorlar” chempionati o‘tkaziladi

Bugungi kunda O‘zbekistonda 600 dan ziyod startaplar faoliyat yuritmoqda. Sakkiz yil ilgari ularning soni barmoq bilan sanarli edi.

“E’tibor bering, yetti oyni o‘zida startaplarga rekord miqdorda – 264 million dollar xorijiy investitsiya keldi. Bu 2024-yil davomida kirgan sarmoyalardan 4 barobar ko‘p. Shu bois startaplarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarni yanada jonlantiramiz”,

- dedi Prezident.

Yoshlarning 1 mingta startap g‘oyasi tijoratlashtiriladi va shundan 200 tasi xalqaro bozorga olib chiqiladi.

Eng ilg‘or texnologiyalar olib kelinib, 100 ta mahalliy startap xalqaro miqyosda jozibador biznesga aylantiriladi. Bunga 100 million dollar beriladi.

Bu yildan boshlab, “Yosh tadbirkorlar” chempionati o‘tkaziladi. Eng yaxshi 100 ta g‘oya tanlab olinib, har bir startap uchun 1 milliard so‘mgacha investitsiya kiritiladi.

Bu loyihalarni brendga aylantirish uchun moliyaviy va marketing xizmatlari bo‘yicha ekspertlarning xarajatlari qoplab beriladi.

G‘oliblarni 20-avgust – Tadbirkorlar kunida taqdirlasak, o‘ylaymanki, yosh tadbirkorlarga bu ham katta motivatsiya bo‘ladi”,

- dedi davlat rahbari.

#Mirziyoyev

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7🔥5👍1
IT, fintex va startaplarga keng yo‘l ochilgani natijasida marketpleyslar soni uch yil ichida 24 tadan 163 taga ko‘paydi.

Tadbirkor va hunarmandlar o‘z mahsulotlarini raqamli platformalar orqali eksport qilishga o‘rgandi. Ular an’anaviy eksportdagi kabi milliy va xorijiy marketpleyslarda chetga sotgan tovari uchun QQSni qaytarishni so‘ragan.

Mutasaddilarga buning tartibini tasdiqlab, amaliyotga joriy qilish topshirildi.

Umuman, fintex-startaplarni ko‘paytirish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha besh yillik strategiya qabul qilinadi. Raqamli moliyaviy xizmatlarni ko‘paytirish uchun banklar, fintex kompaniyalar va startaplar o‘rtasida ko‘prik bo‘ladigan yangi ekotizim – “ochiq banking” joriy qilinadi.

Bularning hisobiga yaqin yillarda startap loyihalarga kiritilayotgan investitsiyalar hajmi hozirgidan 10 karra oshadi.

#Mirziyoyev

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8👍2
Prezidentimiz qayerda qonun ustuvor bo‘lsa, o‘sha yerda biznes rivojlanishi, investitsiya muhiti jozibador bo‘lishini ta’kidladi.

Mamlakatimizda ishbilarmonlar sinfi shakllanib ulgurdi. Ular shunchaki tadbirkor emas, iqtisodiyot tarmoqlari, hududlarni rivojiga katta hissa qo‘shayotgan faol investorlarga aylanmoqda.

Shuningdek, an’anaviy sarmoyalar bilan birga venchur, bond, kraudfanding, startap kabi zamonaviy investitsiya vositalari ham jadal rivojlanmoqda.

“To‘g‘ri, bizda investitsiyaviy munosabatlarni tartibga solish, sarmoyadorlar huquqlarini himoya qilish va ularga sharoitlar yaratish bo‘yicha yuzlab hujjatlar bor. Bularni hammasini to‘g‘ridan to‘g‘ri amal qiladigan yagona qonunga birlashtirib, Investitsiya kodeksini qabul qilish vaqti keldi.

Bu hujjat investitsiya sohasidagi barcha qoida, kafolat va tartib-taomillarni bir tizimga solib, investitsiyalarni rag‘batlantirishga xizmat qiladi.

Tadbirkorlar jamoatchilik kengashi biznes muhitni yaxshilash bo‘yicha qarorlar tayyorlashda faollik ko‘rsatib kelayapti.

Parlamentimiz yangi kodeksni ishlab chiqishda Jamoatchilik kengashi bilan yaqin hamkorlik qilsa, o‘ylaymanki, bu ham katta samara beradi”,

- dedi Prezident.

#Mirziyoyev

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5🔥2👍1
🇺🇿Prezidentimiz yana bir muhim yangilikni e’lon qildi – 2026-yildan “Biznesni 15 daqiqada boshlash” tamoyili asosida tadbirkorlik faoliyatini to‘laqonli yo‘lga qo‘yish mumkin bo‘ladi.

Bunda, tadbirkorni ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonining o‘zida:

- elektron raqamli imzo beriladi;

- bankda hisobraqam ochiladi;

- xohishiga ko‘ra ijara shartnomasi rasmiylashtiriladi;

- kassa apparati soliq organida ro‘yxatdan o‘tkaziladi;

- shu yo‘nalishga mas’ul davlat organlariga xabarnoma jo‘natiladi.

Natijada bu jarayonlar uchun talab etiladigan muddat hozirgi 1 haftadan 15 daqiqaga qisqaradi.

#Mirziyoyev

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👌166👍5🔥4👏1
2025/08/20 11:34:20
Back to Top
HTML Embed Code: