group-telegram.com/sirdaryo_vbb/23587
Last Update:
“Yashil energiya” – iqtisodiy o‘sish va ekologik barqarorlik sari qadam!
Sirdaryo viloyatida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish borasida amalga oshirilayotgan ishlar izchil davom etmoqda. Viloyat bojxona boshqarmasi xodimlari hamda tuman va shahar mas’ullari hamkorligida quyosh panellarini o‘rnatish bo‘yicha olib borilayotgan tashviqot ishlari o‘zining ijobiy samarasini bermoqda.
Xususan, Guliston tumanidagi “Qodir” fermer xo‘jaligi tomonidan umumiy quvvati 200 kVtga teng bo‘lgan quyosh panellari o‘rnatilib, bugungi kunda elektr tarmog‘iga elektr energiyasi uzatish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi. Bu nafaqat xo‘jalikning o‘z ehtiyojlarini ta’minlash, balki ortiqcha elektr energiyasini tarmoqqa uzatish orqali daromad olish imkoni ham yaratildi.
Joriy yil boshidan viloyatda faoliyat yuritayotgan 242 ta tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan quvvati 6960 kVtga teng bo‘lgan quyosh panellari o‘rnatilib, muqobil energiya manbalaridan samarali foydalanishga o‘z hissalarini qo‘shishmoqda.
Boshqarmada tashkil etilgan Ishchi guruh tomonidan hududlarda quyosh panellarini afzalliklari, berilayotgan imtiyoz va yengilliklar haqida aholi va tadbirkorlar o‘rtasida keng qamrovli targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.
BY Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasining rasmiy axborot kanali
Warning: Undefined variable $i in /var/www/group-telegram/post.php on line 260
Share with your friend now:
group-telegram.com/sirdaryo_vbb/23587