group-telegram.com/sirdaryo_vbb/24697
Last Update:
Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasida "Uch avlod" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
Yosh xodimlarda kasbga sadoqat, fidoyilik va mas’uliyat tuyg‘ularini shakllantirish, ular o‘rtasida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish maqsadida O‘zbekiston bojxona xizmati Faxriylar uyushmasi bilan hamkorlikda doimiy ravishda “Uch avlod uchrashuv”lari tashkil etib kelinmoqda.
Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi o‘tkazilgan navbatdagi uchrashuvda bojxona sohasida uzoq yillar samarali mehnat qilgan faxriylar — Bahrom Ibragimov, Ergash Jumanov va Ixtiyor Qosimov hamda boshqarma shaxsiy tarkibi va yosh xodimlar ishtirok etdi.
Tadbirda faxriylar o‘z tajribalari, hayot yo‘llari va xizmat davrida yuzaga kelgan qiziqarli voqealar bilan o‘rtoqlashdilar. Jumladan, Bahrom Ibragimov bojxona xizmatidagi o‘z faoliyati, sohaning shakllanish va rivojlanish bosqichlari haqida so‘z yuritib, o‘z qalamiga mansub “Bojxonadagi hayot yo‘lim” nomli kitobini ishtirokchilarga tanishtirdi.
Uchrashuv davomida xizmat vazifalarini vijdonan, halol va sidqidildan bajarish, korrupsiya hamda boshqa noqonuniy xatti-harakatlardan yiroq bo‘lish, doimiy ravishda bilim va malaka oshirib borish kabi muhim masalalarga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur uchrashuv yosh xodimlar uchun katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lib, ularda kasbga bo‘lgan hurmat va sadoqat tuyg‘ularini yanada mustahkamlaydi.
BY Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasining rasmiy axborot kanali
Warning: Undefined variable $i in /var/www/group-telegram/post.php on line 260
Share with your friend now:
group-telegram.com/sirdaryo_vbb/24697