group-telegram.com/soliqnews/15034
Last Update:
#qonunchilikdagi_yangiliklar
Qishloq xo‘jaligi tarmoqlariga investitsiya jalb etish va yer solig‘i tizimiga yangi o‘zgarishlar kiritildi
“Qishloq xo‘jaligi ekin maydonlari unumdorligini oshirish, tarmoqqa investitsiyalar jalb qilish uchun qulay shart-sharoit yaratish bo‘yicha navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” Prezident Farmoni qabul qilindi.
👉 PF-18, 03.02.2025-y
2025-yil 1-iyulgacha xalqaro moliya institutlari ekspertlarini jalb qilib, 2026-yil uchun soliq siyosatining asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqiladi.
Unga ko‘ra:
◽️Xalq deputatlari Kengashlari qarorlari bilan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari uchun yer solig‘i stavkalariga nisbatan oshiruvchi va pasaytiruvchi koeffitsiyentlar qo‘llash;
◽️ijaraga berilgan yer uchastkasining normativ qiymati va tuproq bonitet bali oshganda — yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i miqdorini oshirmaslik, ya’ni ijaraga berilgan paytdagi normativ qiymatga asosan soliq hisoblash;
◽️ijaraga berilgan yer uchastkasining normativ qiymati va tuproq bonitet bali tushib ketganda – yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i miqdorini mutanosib ravishda 3 karragacha oshirish;
◽️Soliq qo‘mitasining axborot tizimiga kiritgan holda realizatsiya qilinganligi tasdiqlangan mahsulot hajmi yer uchastkasining normativ hosildorligiga mos bo‘lgan taqdirda — yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini belgilangan bazaviy stavkada hisoblash;
◽️Soliq qo‘mitasining axborot tizimiga kiritgan holda realizatsiya qilinganligi tasdiqlangan mahsulot hajmi yer uchastkasining normativ hosildorligiga nisbatan ko‘p yoki kam bo‘lgan taqdirda — yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘iga bazaviy stavkaga nisbatan mutanosib ravishda 3 karragacha kamaytiruvchi va 3 karragacha oshiruvchi koeffitsiyentlar qo‘llash.
❗️Ushbu tartib Soliq kodeksiga tegishli o‘zgarishlar kiritilganidan keyin amaliyotga joriy etiladi.
👉Soliq kodeksi 2- va 75-moddasi
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads