group-telegram.com/soliqnews/15243
Last Update:
#mobil_ilova
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilar diqqatiga!
1-martdan belgilangan tajriba hududlaridagi qishloq xo'jaligi mahsulotini yetishtiruvchilar yer uchastkasida yetishtiriladigan qishloq xo‘jaligi ekinlarining turlari, navlari va hajmlari, shuningdek, realizatsiya qilingan mahsulotlar haqidagi ma’lumotlarni kiritib borishlari mumkin.
Bu jarayon qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari ijarachilarining mustaqilligi va yuqori qo‘shilgan qiymatga ega ekinlar yetishtirishga asoslangan yangi tizim tajribasi sifatida amalga oshirilmoqda.
👉 PF-18-son, 03.02.2025-yil
Yuridik shaxslar "E-auksion" savdolari orqali ijaraga olingan yer uchastkalarida yetishtiriladigan qishloq xo‘jaligi ekinlarining turlari, navlari va hajmlari, shuningdek, to‘lov hujjatlariga asosan realizatsiya qilingan mahsulotlari haqidagi ma’lumotlarini Soliq mobil ilovasi orqali kiritib borish imkoniyati yaratildi:
– Soliq mobil ilovasining "Soliq biznes" bo‘limida ➖“Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari realizatsiyasi” xizmati orqali “Rejalashtirish” yoki “Sotish” xizmatlari tanlanadi.
“Rejalashtirish” xizmatida:
– yer uchastkasi joylashgan viloyat va tuman (shahar) nomi avtomat shakllanadi;
– sana, yer uchastkasida ekiladigan mahsulot turi, navi, maydoni va hosil mavsumi to‘ldirib "Savatga" qo’shilib saqlash tugmasi bosiladi.
“Sotish” xizmatida - qishloq xo‘jaligida yetishtirilgan mahsulotlarni realizatsiya qilinganligi to‘g‘risida ma’lumot to‘ldiriladi. Bunda, realizatsiya qilingan mahsulotning o‘lchov birligi, miqdori va narxi to‘ldirilib saqlash tugmasi bosiladi.
____________
#мобильное_приложение
Вниманию производителей сельскохозяйственной продукции
С 1 марта производители сельскохозяйственной продукции могут формировать электронные сведения о видах, сортах и объемах ежегодно выращиваемых и реализуемых сельскохозяйственных культурах на земельных участках экспериментальных районов.
Данный процесс осуществляется в порядке эксперимента новой системы выделения земельных участков сельскохозяйственного назначения, основанной на самостоятельности арендаторов и выращивании культур с высокой добавленной стоимостью.
👉 УП№18 от 03.02.2025г.
Внесение электронной информации о видах, сортах, объемах сельхозкультур, ежегодно выращиваемых на земельных участка, приобретенных юридическими лицами в аренду через "E-auksion", а также их дальнейшей реализации, осуществляется в мобильном приложении Soliq.
В разделе Soliq biznes выберите услугу "Реализация сельскохозяйственной продукции" и используйте пункты "Планирование" или "Продажа".
В пункте "Планирование" заполняются данные о запланированных к выращиванию сельхозкультурах:
- при этом область и район (город), на которых расположен земельный участок, отображаются автоматически;
- дата, виды и сорт выращиваемого продукта, площадь засеиваемого участка, а также сезон урожая следует выбрать из выпадающего списка и сохранить в "Корзину".
В разделе "Продажа" вносится информация о реализации выращенной сельхозпродукции, с указанием количества, объема и цены.
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads