group-telegram.com/soliqnews/15349
Last Update:
#qonunchilikdagi_yangiliklar
Kreativ park rezidentlariga soliq imtiyozlari belgilanmoqda
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar bilan ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi.
👉PF-61, 26.03.2025-y.
Unga asosan, kreativ industriya parki (kreativ park) yaratiladi.
2025-yil 1-maydan 2031-yil 1-yanvargacha mazkur kreativ park rezidentlariga quyidagi soliq imtiyozlari joriy etiladi:
🔸ijtimoiy soliqni hamda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini 50% kamaytirilgan stavkada toʻlash;
🔸rezidentlarni tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadi miqdoridan qatʼi nazar aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchilar toifasiga kiritish. Bunda rezidentlar oʻz istagiga binoan umumbelgilangan soliq solish tartibiga oʻtishlari mumkin.
❗️Ushbu tartib Soliq kodeksiga tegishli oʻzgartirishlar kiritilgandan soʻng amaliyotga joriy etiladi.
👉Soliq kodeksining 2- va 75-moddasi
📌Ma’lumot uchun, amalda tovar aylanmasi 1 mlrd so'mdan oshgan aylanmadan olinadigan soliq to‘lovchilar mazkur oshish ro‘y bergan sanadan boshlab umumbelgilangan soliqlarni (QQS va foyda solig'i) to‘lashga o‘tadi.
__________
#новое_в_законодательстве
Резидентам креативного парка будут предоставлены налоговые льготы
Глава государства подписал Указ "О мерах по реализации задач, определенных в открытом диалоге Президента Республики Узбекистан с молодежью".
👉№ УП-61 от 26.03.2025 г.
Согласно документу будет создан Парк креативной индустрии (креативный парк).
С 1 мая 2025 года по 1 января 2031 года резиденты креативного парка:
🔸будут уплачивать социальный налог и налог на доходы физических лиц по ставке, сниженной на 50%;
🔸будут включены в категорию плательщиков налога с оборота независимо от размера их дохода, полученного от реализации товаров (работ, услуг). При этом резиденты по их желанию могут перейти на общеустановленный порядок налогообложения.
❗️Данный порядок будет внедрен в практику после внесения соответствующих изменений в Налоговый кодекс.
👉ст.2 и ст.75 НК
📌К сведению. Согласно действующему порядку плательщики налога с оборота, у которых совокупный доход превысил 1 млрд сумов, переходят на уплату общеустановленных налогов (НДС и налог на прибыль) с даты превышения.
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
BY Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

Share with your friend now:
group-telegram.com/soliqnews/15349