group-telegram.com/soliqnews/7692
Last Update:
#savol_javob
- Bir nafar 5 yoshli bolalikdan nogironligi bo‘lgan farzandim bor. O‘zim yolg‘iz onaman. Farzandim o‘zimning qaramog‘imda. Budjet tashkilotida faoliyat yuritaman. PQ-57-son qarorda nazarda tutilgan imtiyoz menga ham qo‘llaniladimi yoki bu faqat nogironlarning o‘zi uchunmi? Onalarga yana boshqa imtiyozlar ham bormi?
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 22.12.2021-yildagi PQ-57-sonli qarori 2-bandining “a” kichik bandida nazarda tutilgan soliq imtiyozi faqat nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun tatbiq etiladi. Ota-onalarga nisbatan ushbu imtiyoz tatbiq etilmaydi. Imtiyoz nogironligi bo‘lgan shaxslarni mehnat faoliyatiga keng jalb qilish orqali hayot sifati va darajasini oshirish hamda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun yangi ish o‘rinlarini yaratish maqsadida joriy etilgan.
Bunda, bolaligidan nogironligi bo‘lgan shaxs, doimiy parvarishni talab etadigan farzandi bilan birga yashab, uni tarbiyalayotgan ota yoki ona qisman (daromadlar qaysi oyda olingan bo‘lsa, o‘sha oyda har bir oy uchun mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 1,41 baravari miqdoridagi daromadlar bo‘yicha) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan ozod etiladi. Ushbu imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki sog‘liqni saqlash muassasasining doimiy parvarish zarurligini tasdiqlovchi tibbiy ma’lumotnomasi asosida beriladi.
👉Soliq kodeksining 380-moddasi 1-qismi 7-bandi
__________
#вопрос_ответ
- У меня есть один ребенок 5 лет, инвалид с детства. Я мать-одиночка, сама ухаживаю за ребенком.Работаю в бюджетной организации. Применима ли по отношению ко мне льгота, предусмотренная ПП от 21.12.2021 №57, или это только для самих инвалидов? Есть ли другие льготы для мам?
- Налоговая льгота, предусмотренная в подпункте "а" п.2 Постановления Президента Республики Узбекистан (ПП от 21.12.2021 №57), распространяется только на самих лиц с инвалидностью. Эта льгота не применима в отношении родителей и предоставляется с целью привлечения лиц с инвалидностью к трудовой деятельности, улучшения качества их жизни и создания для них новых рабочих мест.
При этом один из родителей, воспитывающий проживающее с ним лицо с инвалидностью с детства, в связи с требованиями по постоянному уходу, освобождается от налога на доходы физических лиц частично (по доходам в размере 1,41-кратной минимального размера оплаты труда за каждый месяц, в котором получены эти доходы). Льгота предоставляется на основании пенсионного удостоверения или медицинской справки учреждения здравоохранения, подтверждающей необходимость постоянного ухода.
👉 п.7 ч.1 ст.380 Налогового кодекса
Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
BY Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
Warning: Undefined variable $i in /var/www/group-telegram/post.php on line 260
Share with your friend now:
group-telegram.com/soliqnews/7692