Telegram Group Search
Forwarded from Abdurahmonov Obidjon
👧 “Quest step by step” – bilim, jamoaviylik va sog‘lom hayot sari qadam!

📍Bugun Adiblar xiyobonida Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi hamda Toshkent davlat yuridik universiteti hamkorligida “Quest step by step” loyihasi tashkil etildi va g‘oliblar taqdirlandi!

📕 Loyiha davomida intellektual, huquqiy va sog‘lomlashtirish yo‘nalishlarida eng faol ishtirok etgan jamoalar g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi. G‘olib jamoalarga sovrinlarni Markaz direktori Abdumalik Akramov topshirib, muvaffaqiyat bilan tabrikladi.

1-o‘rin – Toshkent davlat sharqshunoslik instituti jamoasi
🎁 Sovg‘a: zamonaviy smart televizorlar
2-o‘rin – Toshkent davlat agrar universiteti jamoasi
🎁Sovg‘a: changyutgich
3-o‘rin – Toshkent davlat bojxona instituti jamoasi
🎁 Sovg‘a: esdalik sovg‘alar to‘plami

🌟 Shuningdek ishtirokchi jamoalar tashkilotchilar tomonidan diplom va tashakkurnomalar bilan taqdirlandi. Tadbir ishtirokchilari uchun bu loyiha nafaqat bellashuv, balki bilim, do‘stlik va sog‘lom hayot sari bir qadam bo‘ldi!

😄 “Quest step by step” – bu yoshlar uchun qadam-baqadam o‘sish, o‘zini sinovdan o‘tkazish va jamoaviy ruhni mustahkamlash imkoniyati!

Bizni kuzating:

📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
🔥4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
21-oktabr — O‘zbek tili bayrami !

Til — millatning ruhi, xalqning g‘ururi !
Bugun mamlakatimizda milliy qadriyat va ma’naviy yuksaklik timsoli bo‘lgan O‘zbek tili bayrami keng nishonlanmoqda.

Ona tilimiz — xalqimizning o‘zligi, ma’naviyatimizning ildizi va milliy g‘ururimiz timsolidir. Uni asrash, rivojlantirish va kelajak avlodlarga boy va sof holda yetkazish har birimizning muqaddas burchimizdir.

🎬 Shu munosabat bilan Tashqi siyosat va xalqaro iqtisodiy munosabatlar institutining 2-kurs “Iqtisodiyot” yo‘nalishi talabalari — Chorshanbiyeva Dinora, Qozoqova Dilrabo va Bahromova Farzona tomonidan tayyorlangan O‘zbek tili bayramiga bag‘ishlangan videorolikni e’tiboringizga taqdim etamiz !

💫 Ona tilimizga bo‘lgan muhabbat — millatimizga bo‘lgan sadoqatdir !
🔥43👍13👏10🎉10👌6
Forwarded from TSUOS Career Center
TDSHU va "Kafil sug'urta" AJ o'rtasida o'zaro hamkorlik bo'yicha memorandum imzolandi.

Shu munosabat bilan sug'urta kompaniyasi o'qishdan ajralmagan holda talabalarni hamda bitiruvchilarni ish bilan ta'minlash yuzasidan o'z takliflarini bildirmoqda.

Nomzodlar berilgan raqamlarga aloqaga chiqishlari hamda to'liq ma'lumot olishlari mumkin.

TSUOS Career Center 🌐 Telegram
👍1
📚 #SDG4 — Sifatli ta’lim barqaror rivojlanish yo‘lida !

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Tashqi siyosat va xalqaro iqtisodiy munosabatlar instituti “Iqtisodiyot va menejment” kafedrasi katta o‘qituvchisi PhD Nigora Maxmasobirova rahbarligida “Mintaqaviy iqtisodiyot” yo‘nalishi 1-kurs magistrantlari 2025-yil 21-oktabr kuni O‘zbek tili bayrami munosabati bilan Toshkent kitob markazida o‘tkazilgan “Kitob festivali”da ishtirok etdilar.

🎉 Festival davomida talabalar o‘z mutaxassisliklariga oid yangi adabiyotlar, shuningdek, so‘nggi yillarda o‘zbek tilida chop etilgan zamonaviy ilmiy va badiiy asarlar bilan yaqindan tanishdilar.

🇺🇿 Tadbir yoshlarning o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ilmiy salohiyatini yuksaltirish hamda milliy tilimizga bo‘lgan hurmatni mustahkamlashga xizmat qildi.

@tdshu_tsximi
🔥6
«Turizm va mehmondo‘stlik» yo‘nalishi 2-kurs talabalari «HoReCa Expo Uzbekistan 2025» xalqaro ko‘rgazmasida!

Bugun «Turizm» kafedrasi o‘qituvchilari Malika Nurullayeva va Fariza Narzullayeva rahbarligida talabalarning UzExpoCentreda bo‘lib o‘tgan HoReCa Expo Uzbekistan 2025 xalqaro ko‘rgazmasiga tashrifi tashkil etildi.

Ko‘rgazmada mehmondo‘stlik industriyasining turli vakillari ishtirok etdi. Talabalar HoReCa sohasidagi zamonaviy texnologiyalar va tendensiyalar bilan tanishishdi, soha mutahassislari bilan muloqot qilishdi hamda nazariy bilimlarini amaliy tajriba bilan boyitishdi. Alohida e’tibor uyg‘otgan jihat — ish o‘rinlari yarmarkasi bo‘lib, unda talabalar turizm, mehmonxona va restoran biznesi sohasidagi ish imkoniyatlari haqida ma’lumot olishdi va dastlabki suhbatlardan o‘tish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Ushbu tashrif talabalar uchun katta tajriba bo‘lib, ularning kasbiy rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etdi!
🔥2
Forwarded from Dinamik
#ijara

❗️ Ijara shartnoma boʻyicha yuborgan arizasini talabani ogohlantirmasdan turib bekor qilish mumkinmi?

Agar talabaning asosi boʻlmasa, asosining muddati oʻtgan boʻlsa, hisobot hujjatlarida kamchilik boʻlsa, tegishli tartiblarga amal qilmagan boʻlsa arizasi bekor qilinib unga ijara pulini tushurib berish to'xtatiladi.

@dinamik_96
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
TALABALAR UCHUN IMKONIYAT!

🏆“KAFIL-SUG‘URTA GRANTI” — IQTIDORLI YOSHLAR UCHUN KATTA IMKON!

“KAFIL-SUG‘URTA” AJ tomonidan an’anaviy tarzda tashkil etiladigan grant tanlovi start oldi!

👤Kimlar qatnasha oladi?
O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan bilimdon va intiluvchan yoshlar.

TDSHU talabalari
uchun hujjatlarni elektron shaklda topshirish muddati - 2025-yil 31-oktabr

G‘oliblarga taqdim etiladigan imkoniyatlar:
➡️ Maxsus stipendiya
➡️ Kompaniyada amaliyot o‘tash
➡️ Ishga joylashish imkoniyati

🏹 Bu tanlov yoshlar uchun nazariy bilimni amaliy tajriba bilan uyg‘unlashtirish, yangi bosqichga chiqish va kelajakka qadam tashlash uchun noyob imkoniyatdir.

Batafsil ma’lumot va ariza topshirish yo‘riqnomasi:
➡️[email protected]
➡️ HAVOLA
➡️ Yo’riqnoma
➡️712375014 & 712000414

KAFIL-SUG‘URTA AJ — Kelajagingizga sarmoya kiriting, imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!


TDSHU Matbuot xizmati/Пресс-служба ТГУВ/Press service of TSUOS

🌐Telegram |🌐Facebook |🌐 Youtube
📹 Instagram| 🌐Twitter | 🗄 tsuos.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“HoReCa Uzbekistan 2025” xalqaro ko'rgazmasi doirasida talabalar uchun "Vakansiyalar yarmarkasi" tashkil etilmoqda.

Mazkur yarmarkada O‘zbekistonning yetakchi mehmonxonalaridan “Wyndham”, “Hilton”, “Radisson”, “JW Marriott” va boshqa brendlarning HR-menejerlari hamda vakillari ishtiroki etishi hamda o‘z vakansiyalarini taqdim etishlari rejalashtirilgan.

📅Tashkilotchi: O’zbekiston mehmonxonalar uyushmasi

O'tkazilish vaqti: 2025-yil 23-oktyabr

📍O'tkazilish joyi: "O‘zekspomarkaz" MKK" AJ, 3-pavilion

Veb-sayt: https://www.hoteliers.uz

TDSHU Matbuot xizmati/Пресс-служба ТГУВ/Press service of TSUOS

🌐Telegram |🌐Facebook |🌐 Youtube
📹 Instagram| 🌐Twitter | 🗄 tsuos.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from SHARQDAN XABARLAR
📣 SHARQDAN CHORLOV ‼️

#Maʼrifat_ulashib

📚 Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida Respublikamiz bo‘ylab keng miqyosda davom etayotgan “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida ma’naviyat va ijod ahli bilan uchrashuv tashkil etiladi.

🖋️ Tadbirda taniqli ijodkorlar ishtirok etadi:
🔹 Sirojiddin Sayyid – O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi
🔹 Ahmadjon Meliboyev – “Jahon adabiyoti” jurnali bosh muharriri
🔹 Yahyoxon Fayoz – O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi

🗓 Sana: 24-oktabr
🕓 Boshlanish vaqti: 10:30
📍 Joy: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, ARM binosi

Mazkur uchrashuv ma’naviy dunyoqarashni kengaytirish, ijodiy fikrlashni rivojlantirish hamda yoshlar qalbida so‘z va adabiyotga muhabbatni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

@sharq_xabar
Forwarded from SHARQDAN XABARLAR
⚡️⚡️⚡️

Университетимизда чоп этиладиган  "SHARQDAN XABARLAR" газетасининг  2025 йил 22 октябрдаги 34-сони дунё юзини кўрди 👇👇👇
https://anyflip.com/jbkgs/fgim/


Газетанинг ушбу сонида танишинг:

❇️  "ТУРИЗМ - МАМЛАКАТ ИҚТИСОДИЁТИ ДРАЙВЕРИ"

❇️ "ИЗЛАНИШДАН ТЎХТАМАСЛИК – ШИОРИ" (Ислом Каримов номидаги давлат стипендияси соҳиби билан суҳбат)

❇️ "БИР СОАТ ТЕЛЕФОН ЎРНИГА 10 САҲИФА КИТОБ"

❇️ "ҲАР ОЙДА 110 ДОЛЛАР СТИПЕНДИЯ ОЛИШ ИМКОНИЯТИ"

❇️ "ШЕЪРИЯТ БЎСТОНИ"

❇️ "ОРГАНИЗМИМИЗГА ЯРИМ ТАЙЁР МАҲСУЛОТЛАР КЕРАКМИ?"

Газета университетимизда "Халқаро журналистика" йўналишида таҳсил олаётган 2-3-босқич талабаларининг ижод маҳсули ҳисобланади.

Қадрли жамоадошлар, марҳамат, газета билан юқоридаги ҳавола орқали танишинг

〰️〰️〰️〰️〰️
➡️ @sharq_xabar‌‌
Forwarded from Dinamik
#kontrakt

❗️Talabalarning kontrakt toʻlash muddatlari:

1-kursga qabul qilinganlar, oʻqishni koʻchirgan(davlat universitetidan yoki xorijiy va nodavlat universitetdan)lar 31.10.2025(eng kamida shartnomada koʻrsatilgan summaning 25 foizi) oxirgi muddat;

2, 3, 4-kurs oddiy oʻqiyotganlar shartnomada koʻrsatilgan summaning 25 foizini shartnomada koʻrsatilgan muddatda;

Super-kontrakt(abituriyentlar va yetarlicha ball toʻplay olmagan perevodlar uchun) qilmoqchi boʻlganlar eng oxirgi shartnoma olish va toʻlov qilish muddati 31.10.2025 sana hisoblanadi;

Agar 1-kursga qabul qilingan abituriyentlar, oʻqishni koʻchirishga tavsiya qilingan(perevodchi)lar, oʻqishini super-kontrakt qilmoqchi boʻlib shartnoma olganlar(❗️agar muddat choʻzib berilmasa) 31.10.2025 gacha shartnomada koʻrsatilgan sanada belgilangan summani toʻlov qilmagan boʻlsa toʻgʻridan toʻgʻri oʻqishga qabul qilinish tavsiya buyrugʻi bekor boʻladi.

@dinamik_96
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/10/28 13:22:51
Back to Top
HTML Embed Code: