⚡️ Xalqaro hamkorlik yo‘lida navbatdagi qadam👩🎓 Bugun
Toshkent kimyo-texnologiya institutida Xitoy tajribasini o‘rganish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish va yangi loyihalarni amalga oshirish maqsadida
Xitoy Xalq Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Xitoy–Osiyo Iqtisodiy rivojlanish assotsiatsiyasi vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi. Mazkur muloqot
ZOOM platformasi orqali bo‘lib o‘tdi.
🔺 Uchrashuv institut xodimlarining 14–15 iyul kunlari Xitoyning Suchjou shahrida o‘tkazilgan
“Global Expansion and Foreign Trade” sammitidagi ishtiroki doirasida yo‘lga qo‘yilgan xalqaro aloqalar samarasi sifatida tashkil etildi.
✔️Uchrashuvda Qo'shma ta'lim dasturlari bo'limi boshlig'i Xakimova Nasiba, Oziq-ovqat va vinochilik texnologiyalari fakulteti dekani A.Normatov, Biotexnologiya kafedra professorlari N.Xujamshukurov, Enalogiya kafedra mudiri A.Boboyev, Oziq -ovqat texnologiyasi kafedra mudiri A.Ruziboyev, kafedra katta o'qituvchisi A.Fayzullayev, Funksional maxsulotlar texnologiyasi kafedra mudiri Eshmatov.F.X kafedra dotsenti O.Azizov, katta o'qituvchi N.Fayzullayeva ishtirok etib, kelgusida amalga oshiriladigan istiqbolli loyihalar yuzasidan fikr almashdilar.
Xususan:
• o‘simliklardan tabiiy dorivor mahsulotlar ishlab chiqarish,
• o‘zaro tajriba almashish va qo‘shma tashabbuslarni rivojlantirish,
• ilmiy tadqiqotlar, ta’lim va innovatsion ishlanmalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan investitsiyalarni jalb etish masalalari muhokama qilindi.
🤝 Mazkur tashabbuslar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Xitoy bilan erishilgan kelishuvlar ijrosini ta’minlash yo‘lidagi muhim qadamlardan biri sifatida alohida ahamiyat kasb etadi.
👩🎓 TKTI.UZ |
✉️ Telegram |
✅ TUTOR.UZ |
💻KARYERA |
📱 Instagram |
📱 Facebook |
🌐 YouTube |
📱 VK |
🌐 Linkedin |
🇺🇿 TKTI Ittifoq