Telegram Group Search
📣HURMATLI ELEKTR ENERGIYASI ISTEʼMOLCHILARI!

⚠️Bugun, soat 11:00 dan 18:00 gacha "Arabxona", “Zarafshon” va “47” elektr uzatish tarmoqlarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida ish olib boriladi.

📍Shu sababli, Oq oltin, Charxin, Boltali, Quyi Darg‘om, Baxshiboyi, Maroqand, Torariq, Jaul Qosim, Paxtachi, Chandir va Chandirobod mahallalarida elektr taʼminotida uzilishlar kuzatiladi.

Ushbu noqulaylik uchun tuman elektr taʼminoti korxonasi isteʼmolchilardan uzr so‘raydi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍2🥰1👏1
YОSHLAR BILAN ISHLASH HOLATI TAHLIL QILINDI

👨‍💼Tuman hokimi Sh.Rahmonov, DXX masʼullari, prokuror, IIB boshlig‘i, tegishli o‘rinbosar, masʼul korxona va tashkilotlar rahbarlarining mahallalardagi yoshlar yetakchilari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Unda kun tartibidagi muhim masalalar atroflicha muhokama etilib, yoshlar bilan ishlashda amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar yuzasidan topshiriqlar berildi.

Jumladan, yoshlaring bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, "Besh tashabbus olimpiadasi"da erishilgan natijalar tahlili, mahalla yoshlarini kitobxonlikka jalb qilish, otaliqqa olingan yoshlar bilan ishlash, muammolarini o‘rganish, kelgusidagi maqsadlari bilan qiziqish, jinoyatchilik yo‘liga kirib qolganlarini to‘g‘ri yo‘lga qaytarish kabi masalalar muhokama etildi.

Tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tgan yig‘ilishda yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olish va ish bilan taʼminlashda yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar, xulqida o‘zgarish bo‘lgan yoshlar bilan ishlash, ijtimoiy profilaktik qo‘shma xulosalarni yakunlash bo‘yicha aniq maʼlumotlar keltirilib, sustkashlikka yo‘l qo‘ygan, zimmasiga yuklatilgan masʼuliyatni his qilmayotgan masʼullar qatʼiy ogohlantirildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5👏21🔥1🥰1🫡1😘1
YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi oʻtkazilishi munosabati bilan Samarqandning ayrim koʻchalarida transport vositalarining harakati vaqti-vaqti bilan cheklanadi
———
ЮНEСКО Бош конференциясининг 43-сессияси ўтказилиши муносабати билан Самарқанднинг айрим кўчаларида транспорт воситаларининг ҳаракати вақти-вақти билан чекланади
———
В связи с проведением 43-й сессии Генеральной конференции ЮНЕСКО, временно будет ограничено движение транспортных средств на некоторых улицах Самарканда
———
Samarkand will host the 43rd session of the UNESCO General Conference for the first time. In connection with this important event for our country, traffic will be temporarily restricted on several streets of city
3👏1🫡1
QADRING KO‘KKA YETSIN -ONA TILIM

Maʼlumki, milliy til har bir madaniy xalqning tarixi va o‘zligini, ruhiy-maʼnaviy dunyosini o‘zida aks ettiradigan tengsiz boylikdir.

🇺🇿Bugun, 21-oktyabr - O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 36 yil bo‘ldi.

Yurtimizning barcha hududlari qatori tumanimizda ham milliy tilimizning qadri, nufuzi va mavqei yana-da yuksalgan kun munosabati bilan turli tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda.

🏙Madaniyat markazida “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” shoiri ostida o‘tkazilgan tadbirda tuman hokimi o‘rinbosari N.Qorayeva, davlat tili bo‘yicha maslahatchisi O.Norimova ishtirok etib, barchani ushbu kun bilan samimiy tabrikladi.


🎧Tadbir davomida namoyish qilingan ona tilimizning qadr-qimmatini madh etuvchi turli chiqishlar, qiziqarli o‘yinlar va konsert dasturlari barcha ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat baxsh etdi.

🎉Shuningdek, tuman hokimligi tashabbusi bilan 21-oktabr – “O‘zbek tili bayrami kuni” munosabati bilan “Ona tilim – jonu dilim” shiori ostida o‘tkazilgan videoroliklar tanlovida faol ishtiroki uchun 8-umumta‘lim maktabi ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi G.Yuldasheva hamda 85-son umumta‘lim maktabi jamoasiga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

📚Shuningdek, tadbir doirasida "Kitoblar yarmarkasi" ham tashkil etildi.

O‘zbek tilining boyligi, kuch-qudrati va qadr-qimmati yana-da ziyoda bo‘lishini tilagan holda, barchangizga ushbu ulug‘ kun muborak bo‘lsin deb qolamiz!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21👏1
1-4.pdf
6.5 MB
📝 “Past Darg’om haqiqati” gazetasining 29-sonida (20.10.2025-y.) o‘qing:

📌 IJROIYA QO'MITA HAQIDA SO'Z

📌 TIL - MILLATNING "YUZI"
Savodxonlik esa - inson ko'rki

📌 “KENGASHLI TO’Y TARQAMAS”

📌 KREDIT QANDAY AJRATILADI?
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
2025/10/21 09:59:02
Back to Top
HTML Embed Code: