Telegram Group Search
#Jasorat_maktabi

📣 “Jasorat maktablari”ga qo‘shimcha o‘tkazilgan kirish imtihonlari natijalari eʼlon qilindi

Xabaringiz bor, joriy yilning 29-iyul kuni "Jasorat maktablari"ga kirish imtihon natijalari boʻyicha teng ball toʻplagan nomzodlar uchun jismoniy tayyorgarlik sinovlari boʻlib oʻtdi.

Mazkur sinovlar yakuniy natijalari bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.

🗣Izoh: roʻyxatdagi alohida rang belgilari quyidagi maʼnoni anglatadi:

yashil rang — oʻqishga qabul qilingan;
oq rang — oʻqishga kirishga tavsiya etilmagan.

🔆 Eslatma: ushbu natijalardan norozi bo‘lgan talabgorlar apellatsiya komissiyasiga joriy yilning 1 — 3-avgust kunlari quyidagi tartibda ariza bilan murojaat etishlari mumkin.

Arizalar maktablar kesimida apellyatsiya.piima.uz havolasi orqali qabul qilinadi.

🗄 Arizalar murojaatchilarning o‘z hududlarida tashkil etilgan komissiya tomonidan (10 kalendar kun ichida) ko‘rib chiqiladi hamda arizani qanoatlantirish yoki rad qilish toʻgʻrisida murojaatchiga xulosa beriladi.

👉 Qabul-2025 yangiliklari 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8
#qabul_2025

🗂 2025/2026-o‘quv yili uchun 1-sinfga elektron qabul joriy etilgan hududlarda mikrohududdan tashqari qabul jarayoni joriy yil 1-avgust kuni soat 10:00 dan boshlanadi.

🔎 Shuningdek, o'quvchilarni bir maktabdan boshqasiga ko‘chirish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatilishi jarayonlari ham 1-avgust sanasidan davom ettiriladi.

🔆 Agar sizda elektron qabul jarayonlari yuzasidan savollar bo‘lsa, call-markazning 71-203-07-04, 71-203-04-03 raqamlari yoki telegramdagi @mymaktab_uz rasmiy kanali orqali javob olishingiz mumkin.

👉 Qabul-2025 yangiliklari 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍76🎉21🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#videoqoʻllanma

1-sinfga elektron qabul joriy etilgan hududlarda mikrohududdan tashqari qabul jarayoniga doir videoqo‘llanma

👉 Qabul-2025 yangiliklari 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8👍2🤗2🤩1
#natija_2025

🤩 Ixtisoslashtirilgan va tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarning imtihon natijalari maktablar kesimida roʻyxat shaklida portal.piima.uz saytiga joylashtirildi:

🔗https://portal.piima.uz/page/ixm

🟡 Ushbu sahifada ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjat topshirgan oʻquvchilarning imtihonda olgan natijalari hamda egallagan o‘rnini koʻrish imkoniyati mavjud.

👉 Qabul-2025 yangiliklari 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
19💯5👍3🔥2🎉2🤗1
#natija_2025
#ijod_maktablari
#sport_maktablari

🤩 Bahodir Jalolov nomidagi boksga va Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktablari hamda ijod maktablarining imtihon natijalari portal.piima.uz saytiga joylashtirildi:

🥊 Sport maktablari;

📝 ijod maktablari.

Ushbu sahifalar orqali oʻquvchilarning imtihonda olgan natijalari hamda egallagan o‘rnini koʻrish imkoniyati mavjud.

👉 Qabul-2025 yangiliklari 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6🔥3👍2
#muhim

Abituriyentlar uchun yana bir qulaylik!


🔎 Endi to'plagan balingiz bilan qaysi oliygohga kirishingiz mumkinligini bir necha daqiqada aniqlay olasiz

🔆 Bilim va malakalarni baholash agentligi o'tgan yilgi o'tish ballari asosida qaysi OTM ga kirish mumkinligini aniqlovchi yangi xizmatni ishga tushirdi.

🎙 Xizmatdan foydalanish uchun:

@mandat_javobbot
@e_uzbmb_mandatbot
@bmb_natijabot

🔄botlaridan biriga kirib, /start tugmasini bosing;
👨‍💻“Yangi xizmat” bo'limini tanlang;
“Xizmatdan foydalanish” tugmasini bosing;
🪪 Abituriyent ID raqamingizni kiriting;
🔍 Va natijalar bilan tanishing.

🎓 Ushbu botni boshqa abituriyent do'stlaringizga ham ulashishni unutmang!

👉 Qabul-2025 yangiliklari 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9👍4🔥32🤩1💯1
#imtihon_natijalari_2025

📣 Joriy yilning 27-iyul kuni o‘tkazilgan Prezident maktablarining 2-bosqich imtihon natijalari e’lon qilindi:

🔆 https://www.cambridgeinternational.org/J25-presidential-schools-results/

👉 Qabul-2025 yangiliklari 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7🎉4🙏32👍2🔥2🏆2🤗1
#bayram_bilan

Assalomu alaykum!

Eng ulugʻ va eng aziz bayramimiz – Mustaqilligimizning 34 yilligi bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman.

Oilangizga baxtu saodat, xonadoningizga fayzu baraka hamda sihat-salomatlik tilayman.

Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz omon, Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!

Hurmat bilan,
Jo‘rabek Jahon

👉 jangirov 👈
👍144🔥2🙏2💯21🤩1🏆1🤗1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tanlov_boshlandi

❗️PEDAGOGLAR UCHUN MALAKA SINOVLARI VA “YIL O‘QITUVCHISI” TANLOVI BOSHLANDI

Joriy yilning avgust–dekabr oylarida malaka sinovlari o‘tkazilib, ustozlar o‘z bilim va mahoratlarini sinab ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Shu bilan birga, “Yil o‘qituvchisi” tanlovida ham ishtirok etishlari mumkin.


💰 Tanlov g‘oliblari 576 mln 800 ming so‘m miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadilar.

📎 Attestatsiyadan yuqori natija bilan o‘tgan pedagoglarga qo‘shimcha imkoniyatlar yaratiladi:

”Yil o‘qituvchisi” tanlovida ishtirok etish huquqi;

Ikki yil mobaynida oylik maoshga 70% qo‘shimcha to‘lov (86 ball va undan yuqori ko‘rsatkichga erishganlar uchun);

Besh yillik malaka toifasi beriladi.

📆 Malaka sinovlari uchun hujjatlar 1-oktyabrga qadar qabul qilinib, testlar oktyabr–noyabr oylarida o‘tkaziladi.

👉 jangirov 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5🤩3👍2🔥1💯1
#muhim

❗️MAGISTRATURAGA TO‘LOV-KONTRAKT ASOSIDA QABUL QILINGAN XOTIN-QIZLARNING KONTRAKTI DAVLAT TOMONIDAN TO‘LAB BERILADI!

💰Bazaviy to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan xotin-qizlar kontrakt to‘lovini Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplab berilishi yuzasidan oliygoh rektori (filial direktori) nomiga ariza bilan murojaat etishlari mumkin.

📝Ushbu masalada batafsil ma’lumot olish uchun talaba xotin-qizlarga oliygohning Registrator ofisi yoki magistratura bo‘limiga murojaat qilish tavsiya etiladi.

👉 jangirov 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍31💯1🏆1🤗1
#ragʻbat

🚗 O‘QITUVCHILARGA BYD CHAZOR AVTOMOBILI SOVG‘A QILINDI

📍Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanidagi 37-maktabning ingliz tili muallimasi Nodira Nabiyeva hamda Buxoro viloyati Romitan tumanidagi 38-maktabning ingliz tili o‘qituvchisi Billura Ikromova Prezident tomonidan taqdirlandi.


📝 MA’LUMOT OʻRNIDA:

Nodira Nabiyeva eshitish qobiliyatida nuqsoni borlar uchun “inglizcha-oʻzbekcha surdo lugʻat” tuzgan. Uning “Teaching English to deaf students” nomli kitobi Germaniyaning Lambert Academic Publishing nashriyotida chop etilgan va 8 ta tilda tarjima qilingan. Mazkur qo‘llanma AQShning Gallaudet universitetida o‘quv-uslubiy qoʻllanma sifatida foydalanilmoqda.

Billura Ikromova esa Buyuk Britaniyaning dunyoda Top-200 oliygohlari qatoriga kiruvchi Reding universitetini bitirgan. Hozirda Romitanning eng chekka qishlog‘idagi maktabda ingliz tili darslarini o‘tmoqda. U — TESOL, ESOL va IELTS (C1) kabi xalqaro sertifikatlar egasi bo‘lib, qishloq qizlari uchun mentorlik loyihasi tashabbuskori.

👉 jangirov 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9👍2🔥21💯1
#sohaga_doir_hujjatlar

“MAKTABDAN TASHQARI TA’LIM TIZIMINI YANGI BOSQICHGA OLIB CHIQISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA”GI QAROR QABUL QILINDI.

📝 UNGA KOʻRA:

“Barkamol avlod” bolalar maktabi, Respublika o‘quvchi yoshlar markazi hamda “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati negizida “Kelajak” markazlari;

Buxoro, Namangan, Samarqand va Xorazm viloyatlari “Kelajak” markazlari huzurida zamonaviy “Bolalar sayyohlik bazalari”;

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzurida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan "Kelajak" markazlarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tashkil etiladi.

📈QOLAVERSA:

“Kelajak” markazlarining umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida vertikal tizimini joriy etish, o‘quvchilar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha maktab maslahatchisi lavozimi joriy etiladi;

maktab maslahatchisi lavozim maoshi umumiy oʻrta taʼlim tashkiloti direktori oʻrinbosari lavozim maoshiga tenglashtiriladi;

menejerlik sertifikatiga ega bo‘lgan “Kelajak” markazlari direktor va direktor o‘rinbosarlariga sertifikatning amal qilish muddati davomida lavozim maoshiga tegishlicha har oylik 50 foiz va 30 foiz miqdorida qo‘shimcha ustamalar to‘lanadi.

🗓 SHUNINGDEK:

inklyuziv toʻgaraklarga jalb qilingan pedagoglarga mehnatning alohida sharoitlari uchun lavozim maoshining 30 foizi miqdorida har oyda ustama haq toʻlanadi;

"Kelajak" markazlariga ular tomonidan tashkil etiladigan tadbirlarni oʻtkazishda tegishli hududdagi Yoshlar ishlari agentligining Yoshlar markazlari bino va inshootlaridan bepul foydalanishga ruxsat etiladi;

2026-yil 1-sentabrdan boshlab menejerlik sertifikatiga ega bo‘lgan maktab maslahatchilariga sertifikatning amal qilish muddati davomida lavozim maoshiga tegishlicha har oylik 30 foiz miqdorida qoʻshimcha ustamalar to‘lanadi.

📎Qarorning to‘liq matni

👉 jangirov 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍21🎉1💯1
#qabul2025 #super_kontrakt

💰 Joriy yil tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt miqdori OTM rektorlari (direktorlari) tomonidan belgilanadi

📝 Davlat komissiyasi bayoniga muvofiq, 2025/2026-oʻquv yili uchun kirish imtihonlari natijalariga koʻra 56,7 va undan yuqori ball toʻplagan lekin talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlarni bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga qoʻshimcha qabul qilishda tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt miqdorini rektor (direktor) tomonidan mustaqil belgilash quyidagi tartibda amaliyotga joriy etiladi:

qabul chegaralariga 4,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun belgilangan tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt miqdorlari Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentyabrdagi 578-son qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablari (1-ilova 73-band)ga asosan belgilanadi;

qabul chegaralariga 4,05 balldan ortiq ball yetmagan abituriyentlar uchun tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt miqdorlari oliy taʼlim muassasalari rektorlari (direktorlari) tomonidan bazaviy toʻlov-kontraktning 3,0 barobaridan kam boʻlmagan miqdorda belgilanadi.

🏛 Barcha oliy taʼlim tashkilotlari tomonidan 2025-yil 25-sentyabrga qadar 2025/2026-oʻquv yili uchun bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va taʼlim shakllari kesimida tabaqalashtirilgan toʻlov-kontraktning minimal miqdorlari tasdiqlanadi va rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.

📆 2025/2026-oʻquv yili qabulida tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida tahsil olish istagini bildirgan abituriyentlarga bir yillik oʻqitish qiymatining 50 foizini 2025-yilning 31-oktyabrga qadar (shu kuni ham) toʻlashga ruxsat beriladi.

Shuningdek, bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga kirish imtihonlari natijasi boʻyicha tanlovda ishtirok etib, ikkinchi-beshinchi bakalavriat taʼlim yoʻnalishlaridan biri boʻyicha davlat granti yoki toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarga oʻz xohishlariga koʻra ustuvorligi boʻyicha tanlagan birinchi bakalavriat taʼlim yoʻnalishida tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga ruxsat berildi (maqsadli qabul asosida talabalikka tavsiya qilinganlar bundan mustasno).

👉 jangirov 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍2🔥1🎉1💯1
#bazaviy_kontrakt2025

💰Davlat oliy taʼlim tashkilotlarida bitta talabani bazaviy toʻlov-kontrakt asosida bir yillik oʻqitish qiymati miqdorlari (bakalavriat, magistratura).

👉 jangirov 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2💯2🎉1
Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylariga tabrigidan:

Yangi yildan boshlab kamida 15 yil stajga ega bo‘lgan oliy toifali pedagoglarga ipoteka krediti boshlang‘ich badalining 25 foizi qoplab beriladi.

Kelgusi o‘quv yilida davlat oliygohlariga o‘qishga kirgan pedagoglar farzandlarining kontrakt summasiga 30 foiz chegirma joriy etilishi mo‘ljallanmoqda.

O‘qituvchilarning zamonaviy kompyuter texnikalarini xarid qilishlari uchun 10 million so‘mgacha imtiyozli kredit ajratiladi. Yangi yildan soha xodimlari uchun davlat xizmatlari to‘lovi ikki karra kamaytiriladi.

Dunyodagi TOP-300 talik oliygohlarga o‘qishga kirgan bo‘lg‘usi pedagoglarga 20 ming dollargacha imtiyozli ta’lim krediti ajratiladi.

👉 jangirov
👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍321🔥1🎉1💯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tabriklaymiz
#qutlaymiz

Bayramingiz muborak bo‘lsin aziz ustozlar, muhtaram murabbiylar!

👉 jangirov 👈
👍43🤩1🙏1
2025/10/16 07:11:05
Back to Top
HTML Embed Code: