Telegram Group Search
#tahlil_tanqid_ijro

Yangiyo‘l tumanida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari tahlil qilindi

Tumanda tashkil etilgan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha shtab faoliyatidagi ayrim kamchiliklar tuman hokimi Odiljon Ataullayev rahbarligida tahlil qilindi.

Kuni kecha o‘tkazilgan hududlardagi o‘rganishlar davomida aniqlangan muammoli holatlar muhokama qilinib, tegishli tashkilot va muassasalar rahbarlariga aniq vazifalar yuklatildi.

Yig‘ilishda mavsumni betalofat o‘tkazish, aholi salomatligi va xavfsizligini ta’minlash, ko‘p qavatli uylardagi tayyorgarlik jarayonlarini yakunlash, issiqlik va elektr ta’minoti tizimlarining barqaror ishlashini ta’minlash, shuningdek, texnikalar shayligini doimiy nazorat qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Yana bir bor tumanda kuz-qish mavsumini xavfsiz va barqaror o‘tkazish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar belgilab olindi.

Kanalga a’zo boʻlish 👈

✍️ Yangiyoʻl tuman hokimligi Axborot xizmati

Telegram | InstagramFacebook | Youtube|Web-site
👍5👏1
#jarayon

Yangiyo‘l tumani mahallalarida bugun kun davomida tozalik va ozodalik oyligi doirasida olib borilgan hashar ishlaridan fotolavhalar.

Jarayonlar Mingbuloq, Ko‘kalamzor, Ahil, O‘zbekiston, Chamanzor, Nurobod va Binokor mahallalaridan olindi.

Kanalga a’zo boʻlish 👈

✍️ Yangiyoʻl tuman hokimligi Axborot xizmati

Telegram | InstagramFacebook | Youtube|Web-site
👍2👏1
Kitob karvoni Yangiyo‘l tumanida

📚Nihoyat, o‘sha kun keldi. “Yoshlar uchun ming kitob” loyihasi doirasida 140 dan ortiq mutaxassis tomonidan tayyorlangan dunyoga mashhur kitoblar to‘plami Yangiyo‘l tumaniga ham yetib keldi.

Ushbu kitoblar jamlanmasi Yoshlar ishlari Yangiyo‘l tuman bo‘limi tomonidan tuman axborot-kutubxona markaziga topshirildi.

Aziz Yangiyo‘llik yoshlar! Sizlarga loyiha doirasida chop etilgan dastlabki 27 kitobni taqdim qilishdan mamnunmiz.

Kanalga a’zo boʻlish 👈

✍️ Yangiyoʻl tuman hokimligi Axborot xizmati

Telegram | InstagramFacebook | Youtube|Web-site
👍4
Янгийўл_газетаси_41_42_сони_чоп_этилди_.pdf
5.6 MB
🗞 «Yangiyoʻl» gazetasi 2025-yil oktyabr oyining navbatdagi sonini bosmadan chiqardi.

Gazetaning sahifalarida Yangiyoʻl tumani va Yangiyoʻl shahri ijtimoiy-siyosiy hayotiga oid xabar va lavhalar bilan tanishing.

📰 Gazeta hamrohingiz bo‘lsin!

https://www.group-telegram.com/yangiyol_gazeta
Bildirish

Yangiyoʻl TET shuni maʼlum qiladiki, 35/6 kV MJK PSda joriy taʼmirlash ishlari olib borilmoqda.

Shu sababli Yoshlik MFY hududlarida elektr energiyasida uzilishlar kuzatilmoqda.

Ishlar tugatilgach hududlarda elektr energiyasi qayta tiklanadi.

35/6 kV Oʻzbekiston PS dan chiquvchi fider Buloq 6 kV yuqori kuchlanishli havo elektr tarmogʻida daraxt shoxlaridan tozalash ishlari olib boriladi shu sababli Tuyaboʻgʻiz va Xonqoʻrgʻon MFY hududlarida kuchlanish uzilib turiladi.

Ishlar tugatilgach hududlarda elektr energiyasi qayta tiklanadi.

Kanalga a’zo boʻlish 👈

✍️ Yangiyoʻl tuman hokimligi Axborot xizmati

Telegram | InstagramFacebook | Youtube|Web-site
👎1
2025/10/24 05:57:19
Back to Top
HTML Embed Code: