Telegram Group Search
👍👍👍👍👍

UBSda Startap g‘oyalar taqdimoti


📖 Bugun, 28-may kuni UBS Namanganda o‘quvchi-yoshlar ishtirokida startap g‘oyalar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

➡️Ushbu tadbir doirasida iqtidorli yoshlar o‘zlarining innovatsion qarashlari va amaliy yechimlarga asoslangan startap loyihalarini hakamlar hay’atiga havola etdi.

➡️Taqdim etilgan har bir loyiha muayyan ijtimoiy, iqtisodiy yoki texnologik muammoning yechimi sifatida ishlab chiqilgan bo‘lib, ishtirokchilar o‘z g‘oyalarini puxta asoslangan holda himoya qilishga harakat qildi.


Eslatib o‘tamiz, g‘oliblikka loyiq deb topilgan loyiha egasi Koreyada amaliyot o‘tash imkoniyatini qo‘lga kiritadi. Bu esa g‘olib uchun xalqaro tajriba orttirish va o‘z g‘oyasini yanada rivojlantirish uchun muhim qadam bo‘ladi.


👍 UBS bilan ilmga yo‘l oching!

UBS Namangan rasmiy sahifalari:
👍 Telegram | 👍 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
UBS Toshkent | Rasmiy kanal
Video message
👍👍👍👍👍

🇰🇷 Startap tanlovi final bosqichi. G'olib jamoa Janubiy Koreyaga amaliyot safarini qo'lga kiritadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗣🗣🗣🗣🗣

Startap tanlovida g‘olib jamoa aniqlandi

🚀 Bugun, 28-may kuni UBS Toshkentda startaplar tanlovining final bosqichi o‘tkazildi.

Unda final bosqichiga yo'l olgan jamoalar o‘zlarining dolzarb muammolarga yechim bo‘la oladigan loyihalarini, ekspertlar tomonidnan olingan izohlar orqali yanada yaxshilab, yakuniy taqdimotni o'tkazishdi.


Taqdim etilgan har bir loyiha muayyan ijtimoiy, iqtisodiy yoki texnologik muammoning yechimi sifatida ishlab chiqilgan bo‘lib, hakamlar hay'ati tomonidan chuqur tahlil qilindi.

🏆 20 dan ortiq jamoa ichida o‘zining innovativ g‘oyalari bilan "Leaders" jamoasi g‘olib deb topildi.


🇰🇷 Ushbu jamoa Janubiy Koreyada amaliyot o‘tash yo'llanmasini qo'lga kiritdi.

G‘olib jamoani tabriklab, xorij amaliyotida omad tilab qolamiz!

🏛 UBS bilan xalqaro marralarga yo‘l oching!

UBS Toshkent rasmiy sahifalari:
👍 Telegram | 👍 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
🙌🙌🙌🙌🙌

Koreyada amaliyot imkoniyatini qaysi jamoa yutganligi sizga ham qiziqmi?

🏆 Bugun, 29-may kuni UBS Namanganda startaplar tanlovining final bosqichi bo‘lib o‘tdi.

📖 Unda jamoalar turli sohalar bo‘yicha o‘zining innovatsion g‘oyalari va loyihalari bilan ishtirok etdi.

Tanlov so‘nggida hakamlar hay’ati barcha taqdimotlarni sinchiklab ko‘rib chiqib, eng muvaffaqiyatli loyiha egalari sifatida “Version 5.0” jamoasini tanladi.


🇰🇷 Ushbu g‘alaba “Version 5.0” jamoasiga Koreyada amaliyot o‘tash imkoniyatini taqdim etadi.

Bu yosh startapchilarga xalqaro tajriba orttirish, o‘z loyihalarini yanada rivojlantirish va global maydonda o‘zlarini sinash uchun noyob imkoniyat yaratadi.

👍 UBS bilan ilmga yo‘l oching!

UBS Namangan rasmiy sahifalari:
👍 Telegram | 👍 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍41
2025/08/20 18:21:44
Back to Top
HTML Embed Code: