Telegram Group Search
📚“Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi” davlat unitar korxonasi 2018-yilda tashkil etilgan bo‘lib, Respublikamizda faoliyat ko‘rsatayotgan barcha oliy ta’lim, professional ta’lim va xalq ta’limi sohasida ishlayotgan professor-o‘qituvchilar, o‘quvchi talabalar uchun o‘quv qo‘llanmalarining yangi avlodini tayyorlab kelmoqda.

“Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi”ning asosiy funksional vazifasiga professional darajada turli xil noshirlik va matbaa ishlarini amalga oshirish kiradi. Jumladan, oʻzbek, qoraqalpoq, rus, ingliz va boshqa xorijiy tillarda ilmiy monografiyalar, darsliklar, oʻquv qoʻllanmalar, avtoreferatlar, bukletlar, bannerlar va h.k.larni nashr etadi.

Bundan tashqari korxona o‘z yo‘nalishi bo‘yicha kitoblar chop etish, turli sohadagi adabiyotlarni nashrga tayyorlash, kitob va turli matnlarni tahrir qilish, dizayn, maketlashtirish, illustratsiya ishlari, kitoblarni qattiq va yumshoq muqovalash, shuningdek, bukletlar va plakatlar tayyorlash bilan ham shug‘ullanadi.

Shuningdek, “Ilm-fan va innovatsion rivojlanish” ilmiy-texnikaviy jurnali hamda “Innovator” ilmiy-texnikaviy, tahliliy-ommabop jurnalini nashrga tayyorlaydi.

⌛️Nashriyot mahsulotlarni tez muddatda, sifatli va barcha talablarga mos holda tayyorlanishi kafolatlaydi.

📞Bog‘lanish uchun telefon: +998977059035
“Ilm-fan va innovatsion rivojlanish” jurnalining 2024-yil 2-sonida Toshkent davlat transport universiteti, “Yuk-transport tizimlari” kafedrasi xodimlari – texnika fanlari doktori (DcS), professor Muxamedova Ziyoda Gafurdjanovna, texnika fanlari nomzodi, dotsent Ergasheva Zaxro Valijonovna, Toshkent temir yo‘l texnikumi “Harakatlanish tarkibidan foydalanish” kafedrasi mudiri, erkin tadqiqotchi Gulamova Madina Djavdatovna tomonidan yozilgan “Maxsus o‘ziyurar harakat tarkibi asosiy qurilmalarining charchoq mustahkamligini hisoblash usuli” nomli maqola chop etilmoqda.

Maqolada ramaning kesimlari bo‘ylab almashtirilmaydigan tarkibiy elementlarining statistik va analitik tahlili ko‘rib chiqilgan. Ekspluatasiyadagi avtomotritsa ramasidagi nosozliklar tahlili o‘tkazildi va avtomotrisa ramasidagi qayta tiklash mumkin bo‘lmagan nuqsonlar aniqlandi. Ramaning mustahkamlik omilini aniqlash uchun fazoviy modeli yaratildi. Bardoshlik kuchini hisoblashning umumlashtirilgan metodologiyasiga asoslanib, xizmat muddati tugagan avtomotrisa ramasining qoldiq muddatini baholash usuli taklif qilindi.

Facebook | Telegram | Web | Instagram
“Ilm-fan va innovatsion rivojlanish” jurnalining 2024-yil 2-sonida Toshkent davlat transport universiteti professori, t.f.d. Shermuxamedov Abdulaziz Adilxakovich hamda Jizzax politexnika instituti xodimlari – b.f.n., dotsent Tirkasheva Muqaddas Baxromovna va t.f.f.d. (PhD) Karimova Kamola Gʻulomovna tomonidan yozilgan “Chorrahalarda tormoz ustquymalari va shinalar yeyilishi natijasida atrof-muhitga chiqadigan zarralarning taqsimlanishini IGEO indeksi boʻyicha baholash” nomli maqola chop etilmoqda.

Ushbu maqolada avtomobillar harakatlanishi natijasida tormoz ustquymalari va shinalar yeyilishidan chiqadigan zararli zarralarning miqdorini aniqlashda gʻildirakning yoʻl bilan ilashish koeffitsientiga bogʻliq tadqiqotlar tahlili keltirilgan. Avtomobillarning tormoz ustquymalari va shinalarning resurs davri gʻildirakning yoʻl bilan ilashish koeffitsientiga bogʻliq holatda oʻzgarishini hisobga olgan holda ularning atmosferaga chiqaradigan zarralar miqdori nazariy jihatdan hisoblangan. Maqolada keltirilgan hisob-kitoblar Jizzax viloyati misolida amalga oshirilgan.

Facebook | Telegram | Web | Instagram
Ўзбекистонда Илм-фан куни белгиланади

Фанлар академияси 1943 йил 4 ноябр куни ташкил этилгани инобатга олиниб, Ўзбекистонда 4 ноябр санасини “Илм-фан куни” сифатида нишонлаш таклиф этиляпти.

👉 https://kun.uz/kr/80738949

Kun.uz расмий канали
🌺Navroʻzi olam muborak boʻlsin, aziz yurtdoshlar!

🎉Navroʻzi olam oilangizga tinchlik-xotirjamlik, dasturxoningizga fayz-baraka olib kelsin. Doim salomatlik, xursandchilik, omad va baxt hamrohingiz bo'lsin! Yaxshi insonlar atrofida ardoqli va qadri baland boʻlib yurish hammamizga nasib qilsin!

✍️Hurmat bilan “"Ilm-fan va innovatsion rivojlanish" ” jurnali tahririyati
​​⚡️“Ilm-fan va innovatsion rivojlanish” jurnalining 2024-yil 2-sonida Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori Botir Usmonov Shukurillayevich hamda xodimlari – professor Artikov Asqar va tayanch doktorant Rejabov Sarvar Abdurasulovich tomonidan yozilgan “Oʻrik mevasini majburiy konveksiyali quyosh quritgichida quritish vaqtini hisoblash” nomli maqola chop etilmoqda.

Ochiq quyoshda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini quritish an’anaviy quritish usullaridan biri hisoblanadi. Quyosh energiyasidan foydalangan holda oziq-ovqat mahsulotlarini quritish uchun ko‘pincha turli o‘lcham va modellarga ega quritgichlar qo‘llaniladi. Majburiy konveksiyali quyosh quritgichi o‘rik mahsulotini quritish bo‘yicha so‘nggi ishlanmalardan biri bo‘lib, uning ishlash samaradorligini oshirish bo‘yicha hisoblashlar yetarlicha ko‘rib chiqilmagan. Ushbu ishda majburiy konveksiyali quyosh quritgichida o‘rikdan yuqori sifatli turshak, bargak (qaysa) va kuraga tayyorlash jarayoni tahlil qilindi. Shuningdek, quritish vaqtining havo sarfi va haroratiga bog‘liqlik xususiyatlari ko‘rib chiqildi.

Facebook | Telegram | Web | Instagram
​​⚡️“Ilm-fan va innovatsion rivojlanish” jurnalining 2024-yil 2-sonida Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Bioorganik kimyo instituti, Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston milliy universiteti Biofizika va biokimyo instituti yetakchi ilmiy xodimi, biologiya fanlari doktori Madyarov Shuhrat Raimdjanovich tomonidan yozilgan “Fazalar chegarasida fosfolipaza D aktivatsiyasi, ishlashi, regulyatsiyasi va lokalizatsiyasi” nomli maqola chop etilmoqda.

Mazkur maqolada fosfolipaza D ni turli tirik organizmlardan ajratib olishga doir tadqiqotlar, letsitin va lizoletsitin, metall ionlari, organik erituvchilar, detergentlar, adsorbentlar, gidroliz mahsulotlari yoki ularning tabiiy va sintetik analoglari ishtirokida va turli reaksiya sharoitida bu fermentning faollashuvi batafsil oʻrganilgan va muhokama qilingan. Olingan natijalar asosida gidroliz mahsulotlaridan klaster, raft yoki mikrodomen hosil boʻlishi paytida lipid-suv, lipid-lipid va lipid-oqsil fazalari chegarasida fosfolipaza D ning faollashishi, ishlashi, regulyatsiyasi va lokalizatsiyasi toʻgʻrisida yangi gipoteza taklif qilingan.

Facebook | Telegram | Web | Instagram
“Ilm-fan va innovatsion rivojlanish” jurnalining 2024-yil 2-sonida “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti xodimlari – t.f.d., prof. Arifjanov Aybek Muxamadjanovich; t.f.d. Samiyev Luqmon Nayimovich; t.f.f.d. (PhD), dotsent Hoshimov Sardorbek Ne’matjon o‘g‘li; doktorant Ulashov Qudratilla Chori o‘g‘li tomonidan yozilgan “Filtratsiya jarayonining gruntli to‘g‘onlarga ta’sirini baholash” nomli maqola chop etilmoqda.

Ushbu maqolada filtratsiya jarayonining gruntli to‘g‘onlarga ta’siri hamda ushbu holatlarning suv ombori ish rejimiga bog‘liqligi bo‘yicha izlanishlar tahlili keltirilgan. Hozirgi kunda O‘zbekistonda 70 ga yaqin suv omborlari mavjud bo‘lib, ulardan qariyb 95 foizi gruntli to‘g‘onlar orqali boshqariladi. Mazkur suv omborlaridagi asosiy dolzarb muammolardan biri to‘g‘on tanasidan bo‘ladigan filtratsiya jarayoni hisoblanadi. Albatta, ushbu gidrotexnik inshootlardan foydalanish davrida to‘g‘on tanasidagi filtratsiya depressiya egri chizig‘ini aniq yuritish va ularning to‘g‘on tanasiga ta’sirini o‘rganish alohida ahamiyat kasb etadi. Ushbu jarayonni o‘rganish maqsadida tabiiy dala tadqiqotlari olib borilgan va tadqiqot obyektining ko‘p yillik ma’lumotlari statistik tahlil qilingan.
​​⚡️“Ilm-fan va innovatsion rivojlanish” jurnalining 2024-yil 2-sonida O‘zR FA akademigi, Toshkent davlat texnika universiteti professori Yusupbekov Nodirbek Rustambekovich, Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti xodimlari – professor Jumayev Odil Abdujalilovich; t.f.f.d. (PhD) Mahmudov G‘iyosjon Baqoyevich tomonidan yozilgan “Bioreaktor uchun noravshan rostlagichni modellashtirish va tahlil qilish” nomli maqola chop etilmoqda.


Ushbu maqolada bakteriyali oksidlash jarayonida qo‘llaniladigan bioreaktorning matematik modelini ishlab chiqish uchun yangi modellashtirish uslubiyati taklif etilgan. Adabiyotlar tahlili natijasiga ko‘ra, mavjud model bilan solishtirma tahlil o‘tkazildi. Bioreaktordagi parametrlarni rostlash uchun berilgan o‘rnatmalar asosida noravshan PID-rostlagichining koeffitsiyentlari sozlandi. Adabiyotlarda keltirilgan rostlagichlarni sozlash usullari solishtirma tahlil qilinganda, taklif etilayotgan uslubning samaradorligi isbotlandi. Tadqiqot natijasi shuni ko‘rsatadiki, taklif etilayotgan usul bioreaktordagi parametrlarni oqilona rostlashda yuqori unumdorlikka ega. Bundan tashqari, taklif etilayotgan usul o‘lchash jarayonida shovqinlar mavjud bo‘lgan holat uchun bioreaktor modelining nochiziqli holatida tekshirildi.

Facebook | Telegram | Web | Instagram
​​⚡️“Ilm-fan va innovatsion rivojlanish” jurnalining 2024-yil 2-sonida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti “Axborot texnologiyalarining dasturiy ta’minoti” kafedrasi mudiri, t.f.d., dotsent Raximov Nodir Odilovich hamda tayanch doktorant Xasanov Dilmurod Rasul o‘g‘li tomonidan yozilgan “Mashinali o‘qitishning tasniflash algoritmlari yordamida mintaqalar kesimida ekinlarni tanlash” nomli maqola chop etilmoqda.

Ushbu maqolada qishloq xo‘jaligida hududlar va iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda, keyingi mavsum uchun ekilishi mumkin bo‘lgan ekin turini tanlashda ko‘maklashuvchi tizim ishab chiqish maqsadida mashinali o‘qitish algoritmlari asosida bashorat qilish yondashuvi bo‘yicha tadqiqot olib borilganligi va uning natijalari o‘z aksini topgan. Tadqiqot davomida sun’iy intellekt modelini yaratish algoritmlarining asosiy matematik mohiyati, asosiy tushunchasi va giperparametrlari o‘rganilib, tadqiqot uchun tanlangan ma’lumotlar to‘plamidan foydalangan holda, har bir model tahlil qilindi va kerakli natijalar olindi.

Facebook | Telegram | Web | Instagram
​​⚡️“Ilm-fan va innovatsion rivojlanish” jurnalining 2024-yil 2-sonida Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti “Ipak texnologiyasi” kafedrasi xodimlari – t.f.d., professor Alimova Xalima Alimovna, t.f.n., dotsent Usmonova Shaxnoza Anvarovna, t.f.f.d. (PhD), dotsent Umurzakova Xalima Xabibullayevna hamda Urganch davlat universiteti dotsenti, t.f.f.d. (PhD) Sobirov Qoʻziboy Erkinovich tomonidan yozilgan “Polikomponentli yigirilgan iplarni ishlab chiqarish texnologiyasi” nomli maqola chop etilmoqda.

Ushbu maqolada paxta, viskoza va ipak tolalarining xususiyatlari hamda toʻquv va trikotaj mahsulotlari uchun yangi xomashyo turlarini koʻpaytirishga oid mulohazalar bayon qilingan. Tadqiqotning maqsadi ipak, paxta va viskoza tolalarini texnologik parametrlari boʻyicha tanlab olish va polikomponentli ip ishlab chiqarishdan iborat. Maqolada, shuningdek, yigirilgan ipak ishlab chiqarishda xorijiy pilla chuvish avtomatlarining tortish silindrlaridagi kesmalardan foydalanish imkoniyati hamda aralashma tarkibiy qismlarining oqilona nisbati asoslangan; mavjud paxta yigirish texnologiyasidan sof paxtaga qaraganda ancha yuqori uzilish xususiyatiga ega polikomponentli ip ishlab chiqarish imkoniyati isbotlangan.

Facebook | Telegram | Web | Instagram
⚡️“Ilm-fan va innovatsion rivojlanish” jurnalining 2024-yil 2-sonida “University of Management and Future Technologies” universiteti “Kommunikatsiya va raqamli texnologiyalar” kafedrasi dotsenti, t.f.f.d. (PhD) Umarov Muhriddin Abduxalil o‘g‘li tomonidan yozilgan “Ko‘zi ojiz insonlar uchun sun’iy intellektga asoslangan yordamchi tizim” nomli maqola chop etilmoqda.

Mazkur maqolada ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi insonlarga qulaylik yaratish uchun sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanib, yordamchi tizim ishlab chiqish masalasi o‘ganilgan. Ushbu tizim obyektlarni tanib olish, to‘siqlargacha bo‘lgan masofani o‘lchash va matnlarni aniqlash kabi vazifalarni bajaradi. Obyektlarni tanib olish va to‘siqlar masofasini o‘lchashda mashinali o‘qitish, tasvirdagi matnlarni aniqlashda optik belgilarni aniqlash hamda olingan natijalarni ovozli ifodalashda matnlarni tahlil qilish algoritmlaridan foydalanildi.

Facebook | Telegram | Web | Instagram
​​⚡️“Ilm-fan va innovatsion rivojlanish” jurnalining 2024-yil 2-sonida Toshkent kimyo-texnologiya instituti tayanch doktoranti Eshbobayev Jaloliddin Abdurazzaqovich tomonidan yozilgan “Oqova suvlarni tozalash jarayonini noqat’iy mantiq asosida boshqarish modelini ishlab chiqish” nomli maqola chop etilmoqda.

Oqova suvlarni tozalash texnologiyalarini takomillashtirish, ularning energiya sarfini kamaytirish, suv tannarxini tushirish va sifatini oshirish kabi muammolarning bitta yechimi jarayonni to‘g‘ri boshqarish hisoblanadi. Ushbu ishda birinchi marta oqova suvlarni ion-almashinish smolalari yordamida tozalash texnologiyasi ishlab chiqilgan bo‘lib, qurilma Qo‘ng‘irot soda zavodidagi oqova suv aralashmasini tozalash jarayonida sinovdan o‘tkazilgan. Mazkur maqolada oqova suvlarni ion-almashinish smolalari orqali tozalash jarayonini noqat’iy mantiq asosida boshqarish modeli ishlab chiqilgan.

Facebook | Telegram | Web | Instagram
📣“Ilm-fan va innovatsion rivojlanish” ilmiy-texnikaviy jurnalining 2024-yil 2-soni nashrga topshirildi.

Facebook | Telegram | Web | Instagram
​​📣📣📣 "Ilm-fan va innovatsion rivojlanish – Наука и инновационное развитие – Science and Innovative Development" ilmiy jurnalining 2024-yil 3-soniga maqolalar qabul qilinmoqda.

❗️Maqolalar oʻzbek, qoraqalpoq, rus va ingliz tillarida qabul qilinadi.

📞 Mualliflar ilmiy maqolalarni [email protected] pochtasi yoki +998 99 373-90-35 telegram raqamiga yuborishlari mumkin.

‼️Ilmiy maqolalar jurnalga qo‘yilgan talablarga muvofiq yozilgan bo‘lishi lozim.

Maqolalar qabul qilingan kundan boshlab 20 ish kuni davomida ko‘rib chiqiladi.

📌Jurnal O‘zbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiya Komissiyasining TEXNIKA FANLARI bo‘yicha chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxatiga kiritilgan.

❗️Jurnalga faqat TEXNIKA fanlaridan o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida yozilgan maqolalar qabul qilinadi.

‼️ Bakalavr va magistratura talabalarining maqolalari qabul qilinmaydi.

‼️ Jurnalda maqolalar bepul chop etiladi.

📌Jurnal iyun oyida nashr etiladi.

Facebook | Telegram | Web | Instagram
2024/05/04 05:28:50
Back to Top
HTML Embed Code: