Telegram Group & Telegram Channel
Kompyuterni yonish ketma-ketligi
#info

ℹ️ Demak, kompyuterni yoqishdan boshlab operatsion tizim yonguncha bo'lgan bosqichlarni ko'rib chiqamiz:

1. Power(Yoqish) tugmasi bosilgandan so'ng, dastlab blok pitaniya tekshiriladi, u berayotgan kuchlanishlar to'g'riligi analiz qilinadi va hammasi joyida bo'lsa, Power good signali protsessorga yetib boradi(taxminan 0,5 sekund vaqt ketadi).

2. Protsessor bu signalini qabul qiladi va o'z xotirasini tozalaydi(Reset memory).

3. So'ng, ROM(read only memory, faqat o'qish uchun mo'ljallangan xotira) mikrosxema ichiga o'rnatilgan BIOS(basic input output system) nomli dastur ishga tushadi.

4. BIOS dasturini eng birinchi bajaradigan vazifasi, POST(Power-On Self-Test) nomli dasturni chaqirish.

5. POST dasturi kompyuterning apparat qismlarini tekshiradi:
- operativ xotirani;
- protsessorni;
- BIOS dasturini;
- qolgan kiritish chiqarish qurilmalarini.

Nimaga asosan tekshiriladi? degan savol o'rinli.
Qurilmalar tekshirish natijalarini CMOS deb nomlangan mikrosxemadagi oldingi natijalar bilan solishtiradi, qandaydir o'zgarish yoki yengilik bo'lsa, CMOS'dagi qiymatni o'zgartirib qo'yadi.
CMOS'dagi qiymatlar, kompyuterdagi dumaloq batareya quvvati orqali saqlanib turiladi.

POST dasturini ishlashini ekranda ko'rishingiz mumkin, kompyuter yonganda qurilmalar haqida ma'lumotlar chiqishni boshlaydi, shu jarayonda POST dastur ishlayotgan bo'ladi.

Demak, umumlashtirsak, dastlab blok pitaniya tekshirildi, undan so'ng, BIOS ishga tushdi, BIOS dasturi POST dasturni ishga tushirdi, u dastur hamma qurilmalarni tekshirib berdi, hammasi joyida davom etamiz.

6. BIOS POST dasturdan natijani olgandan so'ng, jarayonni Boot menyuga beradi(MBR - Master boot record), boot menyu orqali nima yuklanishi aniqlanadi:
- Windows tizimlari uchun Ntldr, bootmgr kabi fayllar qidiriladi;
- Linux tizimlari uchun GRUB fayl qidiriladi.

Topilgan fayl asosida biror operatsion tizim yoki yuklanuvchi disk, fleshka ishga tushadi. Keyingi jarayonlar operatsion tizimga yuklatiladi, demak sizga).

☝️Kompyuter yonishining qisqa jarayoni shu bosqichlarni o'z ichiga oladi, post uzun bo'lib ketmasligi uchun, ba'zi joylarni umumiylashtirdim, umuman olganda shuni o'zi yetarli bo'ladi. Tajriba shuni ko'rsatmoqdaki, ko'p dasturchi, hattoki sistemshiklar ham bu bosqichlarni yaxshi bilishmaydi (siz bilib oldingiz)😁.

©️ @planetait

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube / Xarita / Guruh
😁2

group-telegram.com/Kompyuter_Akademiyasi/1227
Create:
Last Update:

BY KOMPYUTER AKADEMIYASI

Warning: Undefined variable $i in /var/www/group-telegram/post.php on line 260

Share with your friend now:
group-telegram.com/Kompyuter_Akademiyasi/1227

View MORE
Open in Telegram

Telegram | DID YOU KNOW?

Date: |

WhatsApp, a rival messaging platform, introduced some measures to counter disinformation when Covid-19 was first sweeping the world. Stocks dropped on Friday afternoon, as gains made earlier in the day on hopes for diplomatic progress between Russia and Ukraine turned to losses. Technology stocks were hit particularly hard by higher bond yields. Artem Kliuchnikov and his family fled Ukraine just days before the Russian invasion. The fake Zelenskiy account reached 20,000 followers on Telegram before it was shut down, a remedial action that experts say is all too rare. "The inflation fire was already hot and now with war-driven inflation added to the mix, it will grow even hotter, setting off a scramble by the world’s central banks to pull back their stimulus earlier than expected," Chris Rupkey, chief economist at FWDBONDS, wrote in an email. "A spike in inflation rates has preceded economic recessions historically and this time prices have soared to levels that once again pose a threat to growth."
from us

Telegram KOMPYUTER AKADEMIYASI
FROM American