group-telegram.com/Kompyuter_Akademiyasi/318
Last Update:
Zip-bomba haqida eshitganmidingiz?
#maqola / #virus / #haker
👨💻 Devid Fifild (David Fifield) ismli dasturchi shunaqa antiqa zip-bomba yaratgan: arxivning hajmi atigi 46 megabayt, ammo yoyilganida u naq 4,5 petabaytlik fayllar jamlanmasiga aylanadi! Ma’lumot uchun: 1 petabayt degani – naq million gigabayt yoki ming terabaytga teng o‘lchov birligidir.
💣 Mazkur fayl-bombani arxivdan chiqarish jarayonida protsessor misli ko‘rilmagan darajada zo‘riqadi. Natijada kompyuter qotib qoladi, qizib ketadi va o‘chib qoladi. 4,5 petabaytlik fayl hech qanaqa disk xotirasiga sig‘masligini hisobga olsak, u har qanday kompyuterni ham ishdan chiqaradi.
😳 Dasturchining so‘zlariga ko‘ra, u fayllarni 28 million karra siqishga muvaffaq bo‘lgan. Bunda arxiv ichida fayl hajmi uncha katta bo‘lmaydi, ammo yoyish jarayonida ularning hajmi har bir bosqichda geometrik progressiya tarzida oshib boradi.
🤔 Devid Fifild ushbu zip-bombani faqat tanishtiruv maqsadlarida yaratganligini ta’kidlagan.
P.S: Arxiv fayllar bilan ishlashda ehtiyot bo'ling 😉
💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube
BY KOMPYUTER AKADEMIYASI
Warning: Undefined variable $i in /var/www/group-telegram/post.php on line 260
Share with your friend now:
group-telegram.com/Kompyuter_Akademiyasi/318