group-telegram.com/Kompyuter_Akademiyasi/517
Last Update:
Qachon Mb olgan edingiz?
#tavsiya
ℹ️ Quyida keltirilgan rasmdagi kabi xabar barchamizga ko'p marotaba kelgan va balki jo'natgan bo'lishimiz ham mumkin. Bu mavzu bevosita kompyuterga aloqador bo'lmasa ham axborotni qabul qilish, qayta ishlash va uzatish kabi amallar bilan shug'ullanuvchi informatika faniga aloqadordir.
🤔 Quyidagi rasmga qarab bir nechta savollar hayolimga keladi:
1. Barcha aloqa kompaniyalari bir vaqtda, bir xil aksiya uyushtiradimi?
2. Guruhlarda ushbu xabarni tarqatganimizni operatorlar qanday bilishadi?
3. Barcha aloqa operatorlari uchun bir xil USSD kod beriladimi (*101# yoki *710#)?
😔 Umuman olib qaralganda bunday turdagi xabarlarni jo'natadigan odamlarni befarq yoki bilimsiz deb atash mumkin. Meni bu postni tayyorlashga ham mana shu insonlarning befarqligi va o'ylamasdan ish qilishlari majbur qildi!
⁉️ Xo'sh nima qilibdi deb savol berishlari mumkin. Ularga javob:
Bir hadisda “Kim bizni aldasa, bizdan emas” deyilgan.
📌 Iltimos, real va virtual hayotdagi qilayotgan ishlarimiz mazmunini anglagan holda ish tutaylik, "buni hammaga jo'nating" mazmunidagi "buyruq"ga doimo amal qilishga majbur emasmiz!
💬 Bu borada Sizni fikringiz qanday?
💻 Biz esa kompyuterni o'rganishni davom etamiz....
Telegram / YouTube
BY KOMPYUTER AKADEMIYASI

Share with your friend now:
group-telegram.com/Kompyuter_Akademiyasi/517