group-telegram.com/Kompyuter_Akademiyasi/7135
Last Update:
Antivirus dasturining bazasi va litsenziyasining qanday farqi bor?
#info / #antivirus
ℹ️ Ko'pchilik antivirus dasturining 1 yillik bazasini guruhimizda so'rashadi va ko'p holatlarda 1 yillik litsenziya bilan bazani adashtirib yuborishgan bo'lishadi. Bugun ushbu tushunmovchiliklarga to'liq tuzatishlar kiritamiz.
🔋Antivirus bazasi - antivirus dasturi yangi viruslarni "tanishi" uchun kerak bo'ladi. Antivirus uchun yangi baza chiqarilganda ushbu bazaga hozirgi kundagi eng yangi viruslar, ularning xususiyati, yangi viruslarni tanish usullar va h.k lar haqida ma'lumotlar berilgan bo'ladi. Agar siz uzoq vaqt antivirus bazasini yangilamasangiz antivirus yangi viruslarni aslida virus ekanligini anglamasligi mumkin. Antivirus bazasi 1 yillik bo'lmaydi. Chunki 1 yil oldindan kelajakda qanday viruslar yaratilishi haqida hech kim bilmaydi 🧙♂️. Antivirus bazasini eng ko'pi bilan 15 kunda bir yangilashingiz mumkin.
📄 Antivirus dasturining litsenziyasi - antivirus dasturining to'liq ishlashini ta'minlash uchun sotib olinishi kerak bo'lgan ruxsatnoma. Hozirda antiviruslarning yangi versiyalarini o'rnatishingiz bilan litsenziya talab qiladi va bu litsenziyani sotib olishingiz kerak bo'ladi. Agar siz yangi kompyuter sotib olganingizda 1 yillik litsenziyasi bilan antivirus o'rnatib beraman deyishsa, demak 1 yil davomida antivirusingiz to'liqligicha ishlaydi. Kanalimizdagi barcha antiviruslar litsenziya so'ramaydigan versiyalar bo'lib, ancha yillik mobaynida sinovdan o'tishgan.
⁉️ Ko'p beriladigan savollarga javoblar ⁉️
❓Yangi versiyadagi antivirusni crack versiyasidan foydalansa bo'ladimi?
Gap xavfsizlik masalasida ketganda crack dasturlarga ishonish tavsiya qilinmaydi. Antiviruslarning crack versiyasidan foydalanish "qo'zichoqni qarab turish uchun bo'riga tashlab ketishdek gap" 😁.
❓Yangi versiyadagi antivirusni ishlatmoqchiman, lekin litsenziya sotib olmoqchi emasman. Nima qilay?
Turli xil yo'llar bilan litsenziya yoki login, parollarini topib o'rnatib yurishingiz mumkin 😉. Lekin ishonamanki bu qachondir joningizga tegadi. Shu sababli litsenziya so'ramaydigan versiyalardan foydalaning. Ba'zi antiviruslar aksiya sifatida ma'lum muddatga dasturidan bepul foydalanish imkoniyatini taqdim etishadi, shundaylarni topishingiz mumkin (masalan, comss.ru saytidan).
❓Antivirus bazasini uzoq muddatlisini qayerdan topsa bo'ladi?
😔 Ehh. Yuqorida aytilganidek imkon qadar tez-tez yangi bazalar bilan antivirusni "to'yintirib turish" kerak. Lekin bu degani har kuni yangi baza yuklash va yangilash kerak degani emas. Uzog'i bilan 15 kunda bir bazani yangilasangiz yetarli. Antivirussiz yurganlar qancha 🦦. Agar kanalga bazalar kuniga tashlab turilmayotganidan norozi bo'lsangiz ushbu kanalga a'zo bo'lib qo'ying (u kanal meniki emas).
❓Antivirus dasturisiz ham yashash mumkinmi?
Mumkin. Faqat bu biroz xavfli hisoblanadi. Chunki hozirda internet yoki do'stlarimizning ko'plarini kompyuterida viruslarning "zotdorlari boqilmoqda" (ayniqsa ishxona va OTM kompyuterlarida). Shu sababli agar qo'rqmasangiz marhamat 🤗.
❓Qaysi antivirus dasturi eng zo'ri?
Oftob yaxshimi odob yaxshimi... Hamma dasturning ishlash prinsipi o'ziga yarasha, biroq hammasining vazifasi xavfsizlikni ta'minlashdir. Dunyo tan olgan antiviruslarga esa Kaspersky va Eset Nod32 ni keltirish mumkin. Kaspersky kompyuterga og'irlik tushirishi, lekin xavfsizlikni yaxshi ta'minlashi, nod32 esa aksincha bo'lishi mumkin.
📌 Mavzuga oid postlar:
• Kanaldagi antivirus va viruslarga oid postlar
💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Guruh I Xarita I Donat
BY KOMPYUTER AKADEMIYASI
Warning: Undefined variable $i in /var/www/group-telegram/post.php on line 260
Share with your friend now:
group-telegram.com/Kompyuter_Akademiyasi/7135