group-telegram.com/Kompyuter_Akademiyasi/917
Last Update:
Dasturlash nima? Qanday sohalari mavjud?
#info / #dasturlash
㊙️ Dasturlash tillari — bu kompyuter dasturlarini yozish uchun rasmiy til. Dasturlash tili dasturning tashqi ko'rinishini va ijrochi (odatda kompyuter) uning nazorati ostida bajaradigan harakatlarini belgilaydigan leksik, sintaktik va semantik qoidalar to'plamini belgilaydi. (© ru.wikipedia.org/wiki)
🧙♂️Dasturlash — dasturlash tillari yordamida kompyuter va boshqa qurilmalar uchun dastur va o'yinlar yaratish jarayoni va san'ati. Qisqa qilib aytganda, dasturlash kodlashtirishdir ya?ni biror dasturlash tili orqali bir yoki bir nechta algoritmlarni amalga oshirish. Keng ma'noda esa dasturlash dastur yaratish jarayoni ya'ni dasturiy ta'minot ishlab chiqish. (© ru.wikibooks.org/wiki)
👨💻Dasturchi — dasturlash bilan shug'ullanuvchi inson.
❓Dasturlashning qanday asosiy sohalari mavjud?
🌐 Web dasturlash - veb-dastur yoki veb-sahifa yaratish jarayoni. Bu soha vakillari hammamizga ma'lum bo'lgan internetdagi saytlarni yaratishadi.
📲 Mobil dasturlash – mobil qurilmalar uchun dastur va o'yinlar yaratish sohasi.
💻 Kompyuter uchun dasturlash – kompyuter uchun dastur va o’yinlar yozish. Biz kompyuterda ishlatadigan dastur va o’yinlarni shu soha vakillari yaratadi.
▶️ Dasturlash haqida nazariy maʼlumotlar + dasturlash uchun qanday kompyuter kerak va narxlari:
Telegram I YouTube
🔜 Dasturlashni yana bir qancha yo'nalishlari mavjud, nasib qilsa bu haqida yana tushuncha beramiz.
💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube / Xarita
BY KOMPYUTER AKADEMIYASI

Share with your friend now:
group-telegram.com/Kompyuter_Akademiyasi/917