Telegram Group & Telegram Channel
Foydalanilgan notebook sotib olgandan so'ng, ishni nimadan boshlash lozim?
#info / #xarid

ℹ️ Ba'zan shoshilinchda, ba'zan mablag' tomondan tejash uchun foydalanilgan qurilma sotib olamiz. Oldingi postlarning birida ishlatilgan noutbuk sotib olish haqida yozib o'tgan edim, shu maslahat asosida noutbuk sotib oldingiz, endi ishni nimadan boshlash kerak?

Demak, tanish yoki begonadan foydalanilgan noutbuk sotib oldingiz, undan foydalanishdan oldin quyidagi amallarni bajaring:

1. Dezinfeksiya. Hozirgi zamon talabi, qurilmani tashqi qismini(ekranidan tashqari) biror spirtli suyuqlik bilan artib chiqing, har qalay ko'nglingiz xotirjam bo'ladi.

2. Ichki qismini tozalash. Bu majburiy ish emas, holatga qarab. Kompyuterni yoqib, unga yuklama bering va teshiklaridan chiqayotgan havo hajmiga e'tibor bering, agar havo qiynalib yoki kam miqdorda chiqsa, demak kuller va teshiklarni changdan tozalash lozim.

3. Termopasta. Haydalgan mashina olganingizdan so'ng, uni albatta moyini almashtirasiz, chunki qanday moy quyilgan, bu moy bilan qancha yurilgan bilmaysiz. Kompyuterlarda ham shunday, o'zining termopastasi qay holatda aniqlay olmaysiz, shu sababli har ehtimolga qarshi uni almashtirib qo'ying.
P.S. Termopasta, protsessor ustiga surtilgan issiqlikni tez o'tkazuvchi suyuqroq modda.

4. BIOS. Noutbukni yoqing va BIOS'ga kiring, odatda yonish vaqtida F2, Del tugmalari orqali kiriladi. BIOS'ga kirish uchun parol o'rnatilgan bo'lsa, darhol bu parolni egasidan bilib oling, aks holda yangi Windows tizimini ham qo'ya olmaysiz.

5. Qaytadan tizim o'rnating. Odatda, foydalanilgan noutbukda tizim o'rnatilgan bo'ladi. Siz mavjud tizimdan foydalanmang, chunki bilmaysiz qanday sborkadagi tizim qo'yilgan, qanday dasturlar qo'yilgan, virus yo'qmi, drayverlar to'g'ri o'rnatilganmi vahakazo. Shu sabab, tizimni albatta yangilang.

6. Mavjud disklarni formatlang. Iloji bo'lsa, noutbukga ulangan barcha disklarni yaxshilab formatlang, iloji bo'lsa, "Быстрое" format emas, balki sekin to'liq formatlang.

☝️Foydalanilgan notebook sotib oldingizmi, demak uning mavjud injiqliklariga ko'nishingiz kerak.

© @planetait

📌 Mavzuga oid postlar:
Foydalanilgan noutbuk sotib olishda nimalarga ahamiyat berish zarur?
Kompyuter xarid qilish va narxlari bo'yicha eʼlon qilingan postlar!

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube / Xarita
👍2

group-telegram.com/Kompyuter_akademiyasi/1021
Create:
Last Update:

BY KOMPYUTER AKADEMIYASI

Warning: Undefined variable $i in /var/www/group-telegram/post.php on line 260

Share with your friend now:
group-telegram.com/Kompyuter_akademiyasi/1021

View MORE
Open in Telegram

Telegram | DID YOU KNOW?

Date: |

And indeed, volatility has been a hallmark of the market environment so far in 2022, with the S&P 500 still down more than 10% for the year-to-date after first sliding into a correction last month. The CBOE Volatility Index, or VIX, has held at a lofty level of more than 30. On February 27th, Durov posted that Channels were becoming a source of unverified information and that the company lacks the ability to check on their veracity. He urged users to be mistrustful of the things shared on Channels, and initially threatened to block the feature in the countries involved for the length of the war, saying that he didn’t want Telegram to be used to aggravate conflict or incite ethnic hatred. He did, however, walk back this plan when it became clear that they had also become a vital communications tool for Ukrainian officials and citizens to help coordinate their resistance and evacuations. "Like the bombing of the maternity ward in Mariupol," he said, "Even before it hits the news, you see the videos on the Telegram channels." If you initiate a Secret Chat, however, then these communications are end-to-end encrypted and are tied to the device you are using. That means it’s less convenient to access them across multiple platforms, but you are at far less risk of snooping. Back in the day, Secret Chats received some praise from the EFF, but the fact that its standard system isn’t as secure earned it some criticism. If you’re looking for something that is considered more reliable by privacy advocates, then Signal is the EFF’s preferred platform, although that too is not without some caveats. One thing that Telegram now offers to all users is the ability to “disappear” messages or set remote deletion deadlines. That enables users to have much more control over how long people can access what you’re sending them. Given that Russian law enforcement officials are reportedly (via Insider) stopping people in the street and demanding to read their text messages, this could be vital to protect individuals from reprisals.
from us

Telegram KOMPYUTER AKADEMIYASI
FROM American