group-telegram.com/Kompyuter_akademiyasi/1409
Last Update:
Noutbukda o'yin o'ynash bo'yicha ikki og'iz
#tavsiya
ℹ️ Noutbukda o'yin o'ynash haqida ko'p savollar va ko'p tortishuvlar bo'ladi, shu mavzuda men ham o'z fikrimni yozib o'taman. Albatta, men qarshiman va bu qarshiligimga quyidagi sabablarni keltiraman.
1. Sovutish tizimi. Noutbuk ixcham, iloji boricha bo'sh joy qoldirmaslikka harakat qilib ishlab chiqariladi. Kuchli grafika va harakatchat o'yinlar, elementlarning qizishiga olib keladi va buni sovutish muammo bo'ladi. Ha, to'g'ri alohida kullerli sovutish qurilmalari olib ishlatish mumkin, lekin bu menimcha yechim emas.
2. Kichik ekran. Hamma darrov noutbukga monitor ulash mumkin deyishi mumkin, ha to'g'ri ortiqcha harajat qilib monitor ham sotib olish mumkin, lekin bu statsionar kompyuterda o'ynashlik gashtini bermaydi. Bitta o'yin o'ynash uchun ikkita qurilma ovora.
3. Narx. Albatta narx asosiy rol o'ynaydi, o'yin o'ynash uchun sotib olingan noutbuk xarakteristikasi, hudda shunday statsionar kompyuter narxidan ancha qimmat.
4. Upgrade, ya'ni yangilash. O'ynayotgan o'yiningizni yangi versiyalari chiqadi, hajm oshadi, tezkorlik oshadi va siz noutbuk "запчасть"larini yangilashingiz kerak bo'ladi, ana sizga muammo, birinchidan bu "запчасть"larni topish qiyin, ikkinchidan bunday qimmat noutbukni ichini ochib almashtirishga o'zingiz qo'rqasiz va ustaga oborasiz, yana harajat.
5. Nozik qurilma. Siz noutbuk bilan sizlab gaplashishingiz kerak, sal qattiqroq harakat qilsangiz, albatta unga ziyon yetkazasiz va yana ustaga oborasiz (menimcha ustasiz noutbuk muammosini yechish qiyin). O'yin o'ynash jarayonida esa jim, hotijam o'tirishning iloji yo'q.
6. Akkumlyator. Maksimum 3 soat akkumlyator bilan o'yin o'ynashingiz mumkin, undan so'ng yana zaryadlash kerak. Aytishingiz mumkin, akkumlyatorni chiqarib ham o'ynash mumkin deb, lekin har safar shunday qilasizmi? Bu olib-qo'yish kontaktlarga zarar yetishiga olib keladi. O'zim bitta noutbukni o'yin o'ynash orqali buzganman.
Xulosa, yuqoridagi fikrlar professional, aynan o'yin orqasidan kun ko'radigan, pul topadiganlar uchun emas, ular uchun noutbuk qulayroq, chunki ular turnirlarga o'zligini noutbuki bilan borishadi, boshqasi bilan o'ynashmaydi.
©️Akmal Xudayberganov
💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Guruh I Xarita I Donat
BY KOMPYUTER AKADEMIYASI
Warning: Undefined variable $i in /var/www/group-telegram/post.php on line 260
Share with your friend now:
group-telegram.com/Kompyuter_akademiyasi/1409