group-telegram.com/Kompyuter_akademiyasi/1428
Last Update:
Operativ xotira(RAM) - 1 ta 8 talik yaxshimi yoki 2 ta 4 talik?
#tavsiya
ℹ️ Siz Windows 10 operatsion tizimidan foydalanasizu lekin sizga 4 GB hajmdagi operativ xotira kamlik qilyaptimi? U holda albatta uni kamida 8 GB'lik ko'rinishga o'zgartirish kerak. Ammo savol tug'iladi: 1 dona 8 GB lik operativ xotira qo'yish kerakmi, yoki 4 GB'lik operativ xotiradan 2 dona qo'ysak yaxshi natijaga erishamizmi?
💸Moliyaviy tomondan 1 dona 8Gb'lik operativka 2 dona 4 GB'likdan arzonga aylanadi, lekin ishlashi qanday bo'ladi?
Agar siz kompyuterdan internetdagi sayohat va film tomosha qilishdan boshqa maqsadlarda ham foydalanadigan bo'lsangiz - u holda sizning tanlov 2 kanalli operativ xotira rejimi bo'lishi kerak, ya'ni 2 ta 4 GB'lik. U bilan ishlash 70%'gacha tezlashishi mumkin (nazariy). Bu esa protsessorga yuklamani kamaytiradi va albatta o'yinlarda bu qo'shilgan tezlikni his qilasiz.
Atigi 10% narxda qimmatga maxsulot olib kamida 30-40% atrofida kompyuterni ishlashini tezlashtirish maqsadga muvofiq, bu mening fikrim.
☝️2 kanalli rejim haqida bir og'iz: ba'zi ona plata (Материнская плата) larda operativ xotira platalari 2 xil rangga ajratib qo'yilgan bo'ladi.
1 - juftlik ikkinchi juftlik bilan ikki kanallilikni hosil qiladi. 1 - va 3 - plataga bir xil parametrli operativ xotiraning o'rnatilishi maksimal F.I.K.(foydali ish koeffitsenti)ni bera oladi.
©️Akmal Xudayberganov
🗳 Sizning tanlov qanday?
📌 Mavzuga oid postlar:
• Operativ xotira nima? Operativ xotira haqida to'liq ma'lumot!
• Kompyuterda foydalanadigan xotira turlari
• RAMRush - operativ xotirani optimallashtirish
💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Guruh I Xarita I Donat
BY KOMPYUTER AKADEMIYASI
Warning: Undefined variable $i in /var/www/group-telegram/post.php on line 260
Share with your friend now:
group-telegram.com/Kompyuter_akademiyasi/1428