Telegram Group & Telegram Channel
Chiziqchaning turlari va ularni Word dasturida qo'llash
#info / #word

ℹ️ Bugun siz hamma mutaxassislar ham bilavermaydigan muhim ma’lumotga ega bo‘lasiz. Quyida keltiriladigan qoidalarga qonun hujjatlarida ham, nufuzli kitoblar nashrida ham, ommaviy axborot vositalari maqolalarida ham ko‘pincha rioya qilinmaydi.

Umuman olganda, chiziqchalarning o‘ndan ziyod turi bor, lekin biz eng asosiy uchtasini bilib olsak, shuning o‘zi yetarli bo‘ladi.

1️⃣ Defis (-)
Defis — bu so‘zlarni ajratish uchun ishlatiladigan biz bilgan kichkina chiziqcha. Juft so‘zlar, takror so‘zlar orasida, ba’zi qo‘shimchalar (-ku, -da, -a, -u va b.) bilan keladi. Bo‘g‘in ko‘chirish uchun ham defis qo‘llanadi. Defisning ikki tomonidan ham joy qoldirmay yoziladi.

🏷 Misol:
Oldi-berdi, uy-joy, asta-sekin, aytdim-ku, yaxshi-da.

Telefon yoki kompyuter klaviaturalarining hammasida bu belgini osongina topib olasiz.

•┈┈┈┈•❈••✾••❈•┈┈┈┈•

2️⃣ Tire (katta tire) (—)
Gaplarni va gap bo‘laklarini ikkiga ajratuvchi tinish belgisi. Bu belgini yana “em-desh” (ingl. m-dash) ham deyishadi, chunki uning uzunligi m harfining eni bilan bir kattalikda. Tire har ikki tomondan bo‘sh joy bilan ajratib yoziladi.

🏷 Misol:
Til — bu millat g‘ururi.
Bulbul chamanni sevar, odam — vatanni.
Toshkent — Samarqand yo‘nalishi.

Kompyuter klaviaturasida bu belgini chiqarish uchun, Alt tugmasini bosib turib, o‘ng tarafdagi raqamlar blokidan 0151 sonlar ketma-ketligini tering.

•┈┈┈┈•❈••✾••❈•┈┈┈┈•

3️⃣ Qisqa tire (o‘rtacha tire yoki raqamli tire) (–)
Inglizlardan kirib kelgan bu belgining paydo bo‘lganiga 10-15 yil bo‘ldi. Bu belgining uzunligi n harfining eni bilan teng bo‘lgani uchun “en-desh” (ingl. n-dash) ham deyishadi. Nima uchun “raqamli tire” deyilishiga sabab esa uning raqamlar ko‘lamini ifodalashi uchun ishlatilishida. Avval raqamlar orasida katta tire ishlatilgan, hozirda bu kichik tirega almashtirilgan. Kichik tire ham ikki tomondan bo‘sh joy tashlamay yoziladi.

🏷 Misol:
3–4 dona, 1941–1945 yillar, 10–15 daqiqa, 10:00–18:00.

Kompyuter klaviaturasida bu belgini chiqarish uchun, Alt tugmasini bosib turib, o‘ng tarafdagi raqamlar blokidan 0150 sonlar ketma-ketligini tering.

📌 P.S.: Quyidagi jadvalda hammasi soddaroq qilib tushuntirilgan.👇🏻

📝 Manba: @itspecuz

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Guruh I Xarita I Donat

group-telegram.com/Kompyuter_akademiyasi/1455
Create:
Last Update:

BY KOMPYUTER AKADEMIYASI

Share with your friend now:
group-telegram.com/Kompyuter_akademiyasi/1455

View MORE
Open in Telegram

Telegram | DID YOU KNOW?

Date: |

Sebi said data, emails and other documents are being retrieved from the seized devices and detailed investigation is in progress. Telegram was founded in 2013 by two Russian brothers, Nikolai and Pavel Durov. Telegram was co-founded by Pavel and Nikolai Durov, the brothers who had previously created VKontakte. VK is Russia’s equivalent of Facebook, a social network used for public and private messaging, audio and video sharing as well as online gaming. In January, SimpleWeb reported that VK was Russia’s fourth most-visited website, after Yandex, YouTube and Google’s Russian-language homepage. In 2016, Forbes’ Michael Solomon described Pavel Durov (pictured, below) as the “Mark Zuckerberg of Russia.” And while money initially moved into stocks in the morning, capital moved out of safe-haven assets. The price of the 10-year Treasury note fell Friday, sending its yield up to 2% from a March closing low of 1.73%. The regulator said it has been undertaking several campaigns to educate the investors to be vigilant while taking investment decisions based on stock tips.
from us

Telegram KOMPYUTER AKADEMIYASI
FROM American