Telegram Group & Telegram Channel
Antivirus dasturining bazasi va litsenziyasining qanday farqi bor?
#info / #antivirus

ℹ️ Ko'pchilik antivirus dasturining 1 yillik bazasini guruhimizda so'rashadi va ko'p holatlarda 1 yillik litsenziya bilan bazani adashtirib yuborishgan bo'lishadi. Bugun ushbu tushunmovchiliklarga to'liq tuzatishlar kiritamiz.

🔋Antivirus bazasi - antivirus dasturi yangi viruslarni "tanishi" uchun kerak bo'ladi. Antivirus uchun yangi baza chiqarilganda ushbu bazaga hozirgi kundagi eng yangi viruslar, ularning xususiyati, yangi viruslarni tanish usullar va h.k lar haqida ma'lumotlar berilgan bo'ladi. Agar siz uzoq vaqt antivirus bazasini yangilamasangiz antivirus yangi viruslarni aslida virus ekanligini anglamasligi mumkin. Antivirus bazasi 1 yillik bo'lmaydi. Chunki 1 yil oldindan kelajakda qanday viruslar yaratilishi haqida hech kim bilmaydi 🧙‍♂️. Antivirus bazasini eng ko'pi bilan 15 kunda bir yangilashingiz mumkin.

📄 Antivirus dasturining litsenziyasi - antivirus dasturining to'liq ishlashini ta'minlash uchun sotib olinishi kerak bo'lgan ruxsatnoma. Hozirda antiviruslarning yangi versiyalarini o'rnatishingiz bilan litsenziya talab qiladi va bu litsenziyani sotib olishingiz kerak bo'ladi. Agar siz yangi kompyuter sotib olganingizda 1 yillik litsenziyasi bilan antivirus o'rnatib beraman deyishsa, demak 1 yil davomida antivirusingiz to'liqligicha ishlaydi. Kanalimizdagi barcha antiviruslar litsenziya so'ramaydigan versiyalar bo'lib, ancha yillik mobaynida sinovdan o'tishgan.

⁉️ Ko'p beriladigan savollarga javoblar ⁉️

Yangi versiyadagi antivirusni crack versiyasidan foydalansa bo'ladimi?
Gap xavfsizlik masalasida ketganda crack dasturlarga ishonish tavsiya qilinmaydi. Antiviruslarning crack versiyasidan foydalanish "qo'zichoqni qarab turish uchun bo'riga tashlab ketishdek gap" 😁.

Yangi versiyadagi antivirusni ishlatmoqchiman, lekin litsenziya sotib olmoqchi emasman. Nima qilay?
Turli xil yo'llar bilan litsenziya yoki login, parollarini topib o'rnatib yurishingiz mumkin 😉. Lekin ishonamanki bu qachondir joningizga tegadi. Shu sababli litsenziya so'ramaydigan versiyalardan foydalaning. Ba'zi antiviruslar aksiya sifatida ma'lum muddatga dasturidan bepul foydalanish imkoniyatini taqdim etishadi, shundaylarni topishingiz mumkin (masalan, comss.ru saytidan).

Antivirus bazasini uzoq muddatlisini qayerdan topsa bo'ladi?
😔 Ehh. Yuqorida aytilganidek imkon qadar tez-tez yangi bazalar bilan antivirusni "to'yintirib turish" kerak. Lekin bu degani har kuni yangi baza yuklash va yangilash kerak degani emas. Uzog'i bilan 15 kunda bir bazani yangilasangiz yetarli. Antivirussiz yurganlar qancha 🦦. Agar kanalga bazalar kuniga tashlab turilmayotganidan norozi bo'lsangiz ushbu kanalga a'zo bo'lib qo'ying (u kanal meniki emas).

Antivirus dasturisiz ham yashash mumkinmi?
Mumkin. Faqat bu biroz xavfli hisoblanadi. Chunki hozirda internet yoki do'stlarimizning ko'plarini kompyuterida viruslarning "zotdorlari boqilmoqda" (ayniqsa ishxona va OTM kompyuterlarida). Shu sababli agar qo'rqmasangiz marhamat 🤗.

Qaysi antivirus dasturi eng zo'ri?
Oftob yaxshimi odob yaxshimi... Hamma dasturning ishlash prinsipi o'ziga yarasha, biroq hammasining vazifasi xavfsizlikni ta'minlashdir. Dunyo tan olgan antiviruslarga esa Kaspersky va Eset Nod32 ni keltirish mumkin. Kaspersky kompyuterga og'irlik tushirishi, lekin xavfsizlikni yaxshi ta'minlashi, nod32 esa aksincha bo'lishi mumkin.

📌 Mavzuga oid postlar:
Kanaldagi antivirus va viruslarga oid postlar

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Guruh I Xarita I Donat
👍1

group-telegram.com/Kompyuter_akademiyasi/1462
Create:
Last Update:

BY KOMPYUTER AKADEMIYASI

Warning: Undefined variable $i in /var/www/group-telegram/post.php on line 260

Share with your friend now:
group-telegram.com/Kompyuter_akademiyasi/1462

View MORE
Open in Telegram

Telegram | DID YOU KNOW?

Date: |

Following this, Sebi, in an order passed in January 2022, established that the administrators of a Telegram channel having a large subscriber base enticed the subscribers to act upon recommendations that were circulated by those administrators on the channel, leading to significant price and volume impact in various scrips. "Like the bombing of the maternity ward in Mariupol," he said, "Even before it hits the news, you see the videos on the Telegram channels." The next bit isn’t clear, but Durov reportedly claimed that his resignation, dated March 21st, was an April Fools’ prank. TechCrunch implies that it was a matter of principle, but it’s hard to be clear on the wheres, whos and whys. Similarly, on April 17th, the Moscow Times quoted Durov as saying that he quit the company after being pressured to reveal account details about Ukrainians protesting the then-president Viktor Yanukovych. On December 23rd, 2020, Pavel Durov posted to his channel that the company would need to start generating revenue. In early 2021, he added that any advertising on the platform would not use user data for targeting, and that it would be focused on “large one-to-many channels.” He pledged that ads would be “non-intrusive” and that most users would simply not notice any change. If you initiate a Secret Chat, however, then these communications are end-to-end encrypted and are tied to the device you are using. That means it’s less convenient to access them across multiple platforms, but you are at far less risk of snooping. Back in the day, Secret Chats received some praise from the EFF, but the fact that its standard system isn’t as secure earned it some criticism. If you’re looking for something that is considered more reliable by privacy advocates, then Signal is the EFF’s preferred platform, although that too is not without some caveats.
from us

Telegram KOMPYUTER AKADEMIYASI
FROM American