group-telegram.com/Kompyuter_akademiyasi/2851
Last Update:
IT sohasi qizlar uchun emas(mi)?!
#tavsiya
ℹ️ Aynan shunday holatni ko'rmasangiz ham, IT ni o'rganishga oid loyihalarda ayollarning kamligidan quyidagicha xulosalar qilish mumkin:
🔸 Ayollar bu soha o'zlari uchun emas va o'z kelajaklarini bu sohada ko'rishmagani uchun bu sohaga kirishmaydi;
🔹 Ayollarni bu sohaga kirishida erkaklar "halaqit" berishadi, ya'ni yordam bermasdan, "bu yerda qizlarga balo bormi" kabi iboralar bilan ularni siqib chiqarishga urinishadi.
🧐 Mening o'ylashim bo'yicha yuqoridagi muammoning asosiy sababi ko'pchilikda "IT ayollar uchun to'g'ri kelmaydigan soha" degan fikrning mavjudligidir. Balki shu sababli ham ijtimoiy tarmoqlarda ayollar tomonidan boshqariladigan loyihalar (kanal, guruh, bot va h.k) juda kamdir. Oddiygina savol: ayol kishi tomonidan yuritiladigan qancha kanal yoki guruhlarni bilasiz? Men sanoqlilarinigina bilaman ☹️
Aslini olganda ayol kishi kompyuter, telefon, internet va boshqa zamonaviy texnikalardan foydalanish bo'yicha erkak kishidan ko'ra bilimli va tajribaliroq bo'lishlari hamda ushbu sohada faol qatnashishlari kerak. Bunga bir qancha sabablarni keltiraman:
👩🏫 Ayol kishi jamiyatning ilk tarbiyachisi hisoblanadi. Hozirgi kunda yangi tug'ilgan chaqaloqga beshik bilan birgalikda smartfon ham "olib kelinayotgani" sir emas. Bu degani yosh bolalar aqlini tanishi bilan smartfon va internetning faol a'zolari qatoriga kirishmoqda. Bunda esa ularni to'g'ri yo'lga yo'naltiruvchi tarbiyachi (onasi) internetdan to'g'ri foydalanish va h.k bilimlarni farzandiga o'rgatishi kerak bo'ladi, buning uchun ushbu bilimlar o'zida bo'lishi kerak.
Aytaylik bola guruhlarda iPhone 51 tekinga berilyapti, olish uchun yaqinlaringizni telefon raqamlarini kiriting deyilgan bo'lsa, u onasidan maslahat so'rasa onasi buning yolg'on ekanligini va bunga ishonmaslik kerakligini o'rgatishi kerak. Hozirda esa onani o'zi yaqinlar kontaktlarini qo'shib beryapti 🤦♂️ Bu kimning aybi?!
🚫 Hamma joyda erkaklar bo'lishi ham yaramaydi. Aytaylik ijt. tarmoqlarda faqat erkaklar kanallar ochishni davom etaversa nima bo'ladi? Bir xillik odamlarni bezor qiladi va jozibalik yo'qoladi. Ayollarga tegishli sohalar bo'yicha ularning faoliyat yuritishiga yordam berishimiz kerak. Bu o'rinda men faqatgina kanal yuritishni misol keltirdim.
✅ Xulosa qiladigan bo'lsak, istalgan sohada ayol va qizlarni bizlarga nisbatan bilimliroq bo'lishini xohlayman. Bunga asosiy sabab ular kelajak avlodning asosiy tarbiyachilari hisoblanishlaridir. Biz ularga ta'lim berish orqali farzandlarimizni aqlli, farosatli va bilimli bo'lishiga erishamiz, inshaalloh.
P.S.: Bog'dan yaxshi hosil olishda ilmli bog'bonning ishtiroki ham katta ahamiyatga ega ekanligini unutmaylik..
💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Xarita I Loyihalar
BY KOMPYUTER AKADEMIYASI
Warning: Undefined variable $i in /var/www/group-telegram/post.php on line 260
Share with your friend now:
group-telegram.com/Kompyuter_akademiyasi/2851