group-telegram.com/Kompyuter_akademiyasi/2913
Last Update:
Elektron pochtalardagi To: , Cc: va Bcc: ma’nolari
#info / #internet
ℹ️ Agar Gmail yoki Yahoo elektron pochta xizmatlaridan foydalangan bo’lsangiz, u yerda xat yozish formasining «TO:», «CC:» va «BCC:» deyilgan joylarini ko’rgansiz (quyidagi rasm).
🤗 Ularning ma’nolari bilan tanishing:
• TO: deyilgan bo’limda xat yuborilayotgan elektron pochta manzili yoziladi. Xabar bu manzilgan birinchi yo’naltiriluvchi sifatida boradi. Demak, Sizning maktubingiz [email protected] manziliga yuborilishi kerak bo’lsa, uni aynan shu – TO: bo’limida yozasiz.
• CC: deyilgan joydagi harflarning ma’nosi Carbon Copy so’zlari hisoblanadi. Bu yerda yozilgan barcha manzillarga yuqorida yozilgan manzilga qanday ma’lumot yuborilgan bo’lsa, shu ma’lumotning nusxasi jo’natiladi. Ya’ni [email protected] uchun yuborilayotgan xatning nuxsasi yoki bir necha nusxalari [email protected] va [email protected] manzillariga yuboriladi. Bu usulda yuborilgan xatda [email protected] o’ziga kelgan ma’lumot yana ikki kishiga ham yuborilganligini ko’ra oladi. O’z navbatida CC qismida yozilgan manzillar ham ma’lumot asosan kimga jo’natilganligini va uning nusxalari kimlarga yuborilganligini ko’ra olishadi.
• BCC: harflari esa Blind Carbon Copy so’zlaridan olingan. Bunda bitta kishiga jo’natilgan ma’lumot huddi CC orqali yuborilgandek boshqalarga ham yo’naltirilishi mumkin, ammo yuborilgan nusxalar hech kimga ko’rsatilmaydi. Ya’ni, asosiy manzilda [email protected] yozilgan bo’lsa va BCC qismida [email protected] va [email protected] yozilsa, bu holatda xabar har uch kishiga ham huddi bitta nusxada, hech kimga nusxasi yuborilmagan holatdagidek jo’natiladi. Bunday jo’natish nusxalari boshqalarga ketganligini bildirmaslik kerak bo’lgan ma’lumotlar yuborilishida juda qulay hisoblanadi. ©️Azamat.uz
💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Xarita I Loyihalar
BY KOMPYUTER AKADEMIYASI

Share with your friend now:
group-telegram.com/Kompyuter_akademiyasi/2913