group-telegram.com/LazizaAllayorova/321
Last Update:
❓Elektron tibbiyot: Mehnatga layoqatsizlik varaqasi qanday rasmiylashtiriladi?
✅ Issiq jon isitmasiz, bo‘lmaydi, deydi xalqimiz. Bunday paytda fuqaroning ishdan, o‘qishdan qolib davolanishi yoki tobi qochgan farzandini parvarishlashi uchun davlat tomonidan zarur sharoitlar yaratiladi. Mehnatga layoqatsizlik varaqasi — buni tasdiqlovchi hujjat turidir.
❓Xo‘sh, mehnatga layoqatsizlik varaqasi kimlarga, qancha muddatga va qaysi talablar asosida beriladi? Uni rasmiylashtirish tartibi qanday?
👩🏻⚕️ Yunusobod tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Shoira Abdusattarova ushbu savollarga batafsil javob berdi:
💬 — Bu hujjat shaxsni ishdan ozod qilish, vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi yoki homiladorlik va tug‘ish nafaqasi to‘lash uchun asos bo‘luvchi hujjatdir, — deydi Sh.Abdusattarova. — O‘z navbatida, u orqali vaqtincha mehnatga layoqatsizlik bilan kechadigan kasallanishning hisobi yuritiladi.
🟣 Mehnatga layoqatsizlik varaqasi tibbiy muassasa tomonidan (murojaat qilgan yoki davolangan joydagi) rasmiylashtiriladi.
📌 Buning uchun fuqarolarning kasalligi, shikastlanganligi, homiladorligi, tuqqanligi, oilaning betob a’zosini parvarishlaganligi, protez qo‘ydirganligi, shuningdek, sil yoki kasb kasalligi tufayli vaqtincha boshqa ishga o‘tkazilishi kabi holatlar asos bo‘ladi.
🩺 Masalan, fuqaro yuqoridagi holatlar qayd etilganda, hududiy oilaviy poliklinika (oilaviy shifokor punkti)ga elektron registratura orqali murojaat qiladi. Agar salomatligi birlamchi tibbiyot muassasasiga chiqish imkonini bermasa, oilaviy shifokorni uyiga chaqiradi.
📆 Oilaviy poliklinikada mehnatga layoqatsizlik varaqasi, kasallik turiga qarab, ilk murojaat qilinganda, 5 kundan 7 kungacha ochilishi mumkin.
🖥 Buning uchun oilaviy shifokor bemorni shaxsan ko‘rikdan o‘tkazib, 025-shakldagi ma’lumotnomani to‘ldiradi va tegishli elektron bazaga mehnatga layoqatsizlik varaqasini kiritib, bo‘lim boshlig‘iga onlayn rejimda yuboradi.
✅ Mas’ul, o‘z navbatida, hujjatning asosligiga ishonch hosil qilgach, uni tasdiqlaydi. Bu haqdagi ma’lumot bemorning ishxonasida ham elektron baza orqali ko‘rinib turadi.
🔎 Mehnatga layoqatsizlik varaqasi ochilishi bilan bemorning qayta ko‘rikka kelish kuni belgilanadi. Ungacha xastalik turiga qarab, tegishli tekshiruvlardan o‘tishi va tibbiy tahlillar topshirishi zarur.
🔬 Agar bemorning ahvoli qayta ko‘rikkacha og‘irlashsa, shifokorni uyga chaqiradi yoki oilaviy poliklinikaga qayta murojaat qiladi. Shundan so‘ng kerakli tahlillar tekshiriladi yoki murojaat qiluvchi tor soha mutaxassisi ko‘rigiga yo‘naltiriladi.
🤰Homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha mehnatga layoqatsizlik varaqasi esa homiladorlikning o‘ttizinchi haftasidan boshlab bir yo‘la bir yuz yigirma olti kalendar kuniga rasmiylashtiriladi.
➡️ Tug‘ish qiyin kechgan yoki ikki va undan ortiq bola tug‘ilgan hollarda tug‘uruq muassasasi tomonidan yana o‘n to‘rt kalendar kuniga qo‘shimcha mehnatga layoqatsizlik varaqasi beriladi.
📊 Ambulatoriya sharoitida 14 yoshdan katta bemorni parvarishlash uchun esa bolaning oila a’zolari yoki qarindoshlaridan biriga 14 kundan oshmagan muddatga mehnatga layoqatsizlik varaqasi ochilishi belgilangan.
🚫 Mehnatga layoqatsizlik varaqasi ambulator sharoitda davolanish uchun ko‘rsatma bo‘lmagan, mast holatda kelgan, xususiy klinikalar yoki rejali ravishda sanatoriylarda salomatligini tiklash istagidagi shaxslar uchun ochilmaydi.
‼️ Eslatib o‘tamiz, 2024 yil 1 yanvardan yurtimizning barcha hududlarida mehnatga layoqatsizlik varaqalari va ma’lumotnomalarini faqat elektron shaklda rasmiylashtirish amaliyoti yo‘lga qo‘yilgan.
⌨️ Tizimga kiritilgan mehnatga layoqatsizlik varaqalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar Iqtisodiyot va moliya vazirligining “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” (my.gov.uz) axborot tizimi hamda “UZASBO” dasturiy ta’minotiga elektron shaklda yuboriladi.
☝️Salomatligingizga va sog'liqni saqlash borasidagi yangiliklarga befarq bo'lmasangiz kanalimizga obuna bo'ling!
⏬⏬⏬
Telegram / Facebook / Telegram
BY Laziza Allayorova | SSB matbuot kotibi
Warning: Undefined variable $i in /var/www/group-telegram/post.php on line 260
Share with your friend now:
group-telegram.com/LazizaAllayorova/321