Telegram Group Search
🍁UrDUda oltin kuz go‘zalligi!

O‘lkamizga kirib kelgan kuz fasli o‘zining betakror manzaralari, tiniq havosi va oltin rang libosga burkangan daraxtlari bilan oliygohimiz tevarak-atrofini yanada go‘zal qiyofaga kiritmoqda.

🍂Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti hovlisi va xiyobonlarida kuzning iliq nafasi, tabiiy sokinlik va rang-barang yaproqlarning jilosi talabalar kayfiyatiga ham bayramona ruh bag‘ishlamoqda.

☀️Bu go‘zal fasl — yangi ilhom, yangi g‘oyalar va yangilanish fasli.

Tabiatdagi har bir o‘zgarish, har bir yaproq tovlanishi — ilm maskanimiz hayotidagi yangiliklar va ijodiy ruhni eslatadi.


©️UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
17🔥8😍6🕊4🥰2
🟦🟦🟦🟦🟦

"11-oktabr – Xalqaro qizlar kuni" munosabati bilan Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Telekommunikatsiya texnologiyalari fakulteti tyutorlari N.Yakubova va M.Djumaniyozova tashabbusi bilan talaba-qizlar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

🟧Unda “Jambul” va “Ma’rifat” mahallalarining xotin-qizlar faollari N. Klicheva va U. Jumaniyozova ishtirok etib, talaba-qizlarga mahalla tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar, yoshlarning kelajakka bo‘lgan ishonchini mustahkamlash, ijtimoiy hayotda faol bo‘lish hamda to‘garaklar, tanlovlar va sport tadbirlarida faol ishtirok etish zarurligi haqida foydali ma'lumotlar berdi.

🟠Tadbir qizlarimizga ruhiy madad va motivatsiya bag‘ishladi, shuningdek, jamiyatda ayollar o‘rnining naqadar muhimligini yana bir bor ta’kidladi.

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍2😍1
#ICPC #CompetitiveProgramming #YandexContest #CP

🎓ICPC 2025–2026: Universitet ichki saralash musobaqasi

📌Hurmatli talabalar va dasturlash ishqibozlari!

Universitetimizda xalqaro ICPC 2025–2026 musobaqasining ichki saralash bosqichi bo‘lib o‘tadi. Ushbu tanlov orqali ICPC mintaqaviy bosqichida ishtirok etuvchi talabalar aniqlanadi.


⌛️Sana: 2025-yil 13-oktabr
Boshlanish vaqti: 10:30
📍Joy: 2-zal (E-hukumat binosi)
💻Platforma: Yandex.Contest

📌Ro‘yxatdan o‘tish havolasi bu yerda.

Muhim ma’lumotlar:

⚫️Musobaqa individual va oflayn shaklda o‘tkaziladi.
⚫️Ishtirokchilar musobaqa boshlanishidan kamida 10 daqiqa oldin yetib kelishlari so‘raladi.
⚫️Ishtirokchilar o‘z noutbuklarini olib kelishlari mumkin.
⚫️Musobaqada qatnashgan talabalar shu kuni darslardan ozod etiladi.


🏆Musobaqa yakunida saralangan talabalar asosida rasmiy ICPC jamoalari shakllantirilib, mintaqaviy bosqichga tayyorgarlik ishlari boshlanadi.

📣Barchani faol ishtirok etishga taklif qilamiz!
Bu sizning xalqaro darajadagi dasturchilar safidan joy olishingiz uchun ajoyib imkoniyat!


©️UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4🔥32👍1
🧠🧠🧠🧠

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti koordinatorlari
tashabbusi oliygoh talabalar turar joylarida yashovchi yoshlar uchun bilan ularning ma'naviyatini yuksaltirish va ularning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida "Zakovat" intellektual o'yini tashkil etildi.

O'yin natijalari:
🥇1-o’rin — “Alfa” jamoasi
🥈2-o’rin — “Olimp” jamoasi
🥉3-o’rin — “Liderlar” jamoasi


Bu kabi musobaqalar talaba-yoshlarga raqobat muhitini yaratish va ularning bo'sh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishga hamda olgan bilimlarini mustahkamlab, dunyoqarashlarini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.


©️UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7🔥4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xorazm24

“EL-YURT UMIDI” JAMG'ARMASI - YOSHLAR UCHUN IMKONIYAT

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Ln | YouTube
2
2026-yil kvotasi.pdf
1.8 MB
⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️⚡️⚡️⚡️
Ilmiy kadrlar tayyorlashning ustuvor yo‘nalishlarini inobatga olib, 2026-yil uchun stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura va doktoranturada oʻqitish boʻyicha qabul kvotasi tasdiqlandi.

Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimning barcha shakllari va stajyor-tadqiqotchilik uchun hujjatlar qabuli 2025-yil 5-noyabrgacha davom etadi.

Bizni kuzating


Web-site | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👍5
2025/10/12 14:43:50
Back to Top
HTML Embed Code: