Faqat nomi eski Eskishehir
Anqaradan 200 km+ uzoqlikdagi Eskishehirga bordik 4 oʻrtoq.
Erta tong 6 dan kechki 8 largacha sayohatda bo’ldik. Borish-kelish tezyurar poyezdda, umumiy yo’lkira 225 ming soʻm atrofida. Shahar ichida harakatlanish tekin bo’ldi, Qurbon hayiti munosabati bilan jamoat transporti 4 kun davomida tekin, ana bo’lmasa.
Rosa yurdik, qadamlarim hisobi 20 mingdan oshdi. Muzeylarga, san’at koʻchalariga kirdik, suv boʻyida yurdik, oʻsha mashhur (va Oʻzbekistonda yeb oʻrgangan) cheburekni yedik, 600 yillik masjidda bo’ldik, Toshkentdagi Magic City ni eslatadigan joygayam bordik. Aytgancha, Migros doʻkonidan yarimtayyor pitsa oldik, mazasi zoʻoʻoʻr emasu, bo’ladi. Xuddi Anqarada yoʻqdek, oʻsha yerdagi FLO dan narsa ham xarid qildim.
Ba’zi joylarga kirolmadik, navbat shunchaki dahshatli edi. Vaqtimiz yetmagani va qimmat ekani uchun qayiqqa chiqmaslikka qaror qildik, suv boʻyida chivinga oʻxshash yoqimsiz narsalar taladi. Hayvonot hamda suvosti olamidagi sayohatga ham navbat katta edi, ham issiq — kirmadik (hayvon koʻrmagan emasmizu).
Telefonim hunar koʻrsatgani alohida mavzu. Quvvati kam qolgach, zaryadlashga qoʻysam, jihozga suv kirgan, quriting dedi, oldin hecham bunaqa bo’lmagandi. Bir-ikki soat telefon kamerasi va internetdan uzilib qoldim. Vodafondagi yaxshilar yordam qildi, biroz quvvatlab oldim.
Sizga aytsam, shahar menga juda yoqdi: yashilligi, yoʻllari, jamoat transporti, nogironligi borlarni quvvatlashga harakat, ranglari.
Havo issiq boʻlgani inobatga olinmasa, goʻzal sayohat boʻldi oʻziyam.
Bu sayohat men uchun juda muhim edi, chunki Turkiyaga kelganimdan beri va operatsiyamdan keyin hech bunday uzoq yoʻlga chiqmagandim. Va, menimcha, muvaffaqiyatli kechdi!
Borish tavsiya qilinadi, transport qulay, shahardagi qiziq joylar bir-biriga yaqin joylashgan.

❤6👍5🍓3
Anqaradan
C1 darajaga oʻtvoldik🫠 Oʻqish - 22 Yozma - 24 Gapirish - 25 Eshitib tushunish - 25 Eng muhimi, oʻzim uchun eng yaxshi natija bo’ldi hozirga qadar: 96 ball Uraaa🤩
8 oy oʻqidik va endi C1 sohibimiz!
Oʻqish - 22
Yozma - 24
Gapirish - 25
Eshitib tushunish - 19
Umumiy: 90. Va bu ball endi sertifikatga yoziladi (oʻzimcha 100 ni niyat va xayol qilgandim-da)
Oldimda yana bir oy qoldi, akademik turkcha. Bu — ta’lim tili turk bo’lganlar uchun majburiy qoʻshimcha kurs.
Xursandman

🔥11🍾5⚡3❤2👏2🏆1
Anqaradan
8 oy oʻqidik va endi C1 sohibimiz! Oʻqish - 22 Yozma - 24 Gapirish - 25 Eshitib tushunish - 19 Umumiy: 90. Va bu ball endi sertifikatga yoziladi (oʻzimcha 100 ni niyat va xayol qilgandim-da) Oldimda yana bir oy qoldi, akademik turkcha. Bu — ta’lim tili…
Turkiyaga kelganimda deyarli hech narsa bilmasdim turkcha. Hatto ilk kun ba'zi harflarni talaffuz qilishga ham qiynalgandim.
Oradan 8 oy o'tib bu tildan C1 sertifikatini oldim, gap sertifikatda ham emas, aslida qo'shimcha bir tilni yaxshi darajada o'rganish imkoniga ega bo'lganimda. Qunt, mehnatimdan ham ko'ra aniq bir dastur bo'lgani uchun shu natija qo'limda.
Oldimda 2 yillik turkcha ta'lim. Shunday ekan, hali o'rganishim kerak bo'lgan narsalar ko'p.
***
When I came to Turkiye, I knew almost nothing Turkish. On the first day, I even struggled to pronounce some letters lol.
After 8 months, I received a C1 certificate for this language, and it's not about the certificate either, but actually when I had the opportunity to learn an additional language at a good level. This result is in my hands because there is a clear program more than my diligence and hard work.
I have 2 years of Turkish education ahead. So, I still have a lot to learn.

🔥12❤8
“Istanbul ensiklopediyasi”(Istanbul Encyclopedia)ni tugatdim. Oʻzi 1 mavsum, 8 epizod — bu qadar.
Menga juda ham yoqdi: odam dunyoga kelarkan, uni oʻrab olgan muhit kichik yoshdan unga ta’sir qilishi, oʻzlikni anglashdagi ishtiroki, men kimman degan savolga odam har yerdan javob qidirishi, kim uchundir qochilgan manzil yechim bo’la olmasligi-yu, kimdir ketolmay qolishning oʻzini aslida jasorat deb sanashi, ichimizda nimani xohlashimizni bilishimiz aslida haqiqiy “men”ga yetaklashi * mumkinligi (ammo bu ham aniq emas) bir necha insonning taqdiri misolida zoʻr ochib berilgan.
Bundan tashqari, Turkiyaning zamonaviy hayoti, yoshlardagi oʻzgarishlar, din va dunyoviylikning kesishishi ham ayricha ahamiyatli.
*Ba’zan yo’lsiz qolamiz. Nimani xohlashimiz haqiqiy “men”ga olib borishi mumkin dedim. Lekin oʻsha xohishni ham bilmasak-chi? Ya’ni aslida nima istayotganimizni oʻzimiz ham bilmasak. Bu rostan qiyin. Kichik serialda shu holatga ham duch kelamiz.
Must watch xullas: https://www.netflix.com/us/title/81703424?s=i&trkid=264293154&vlang=en

❤4
Anqaradan
8 oy oʻqidik va endi C1 sohibimiz! Oʻqish - 22 Yozma - 24 Gapirish - 25 Eshitib tushunish - 19 Umumiy: 90. Va bu ball endi sertifikatga yoziladi (oʻzimcha 100 ni niyat va xayol qilgandim-da) Oldimda yana bir oy qoldi, akademik turkcha. Bu — ta’lim tili…
Turkiyaga endigina kelgan kunlarim oldimda salkam bir yil turk tilini oʻrganish vazifasi turganini his etarkanman, haftada 5 kun oʻqishga borish, u yerda 6 soat darsda oʻtirish, ochiqchasi, meni biroz huzursiz qilgandi. Yana bo’lib-bo’lib Anqara universitetida (bu OTMning til kursi dasturi juda ham talabchan va qattiqqo’l).
Bugun-chi? Hammasi tugadi, doʻstlar, ortiq turk tili darslariga bormayman!!!
Albatta, bundan xursandman, lekin bir narsani aytishim kerak. Bu bir yilni men sirayam vaqt yoʻqotish deb bilmayman. Negaki oʻnlab doʻstlar orttirdim, eng yaxshi ustozlardan birining guruhiga tushdim, omadmi, nima deyish mumkin?
Turk tilini turklardan turkcha muhitda oʻrgandim, his qildim ularning hayotini, qiziqishlarini, kuchli-kuchsiz taraflarini…
Quyida esa akademik turkcha sinovimizga oid ballar, meniki 92 bo’ldi, ajoyib🙃
PS: Ertaga Oʻzbekistonga ketyapman ☺️

❤15👍1
Alyaskada oʻtgan Tramp-Putin uchrashuvi haqida hamma yozdi. Gazeta.uz, doimgidek, e’lon qilingan rasmiy bayonotlar va intervyularga tayanib, muzokara yakunlarini yoritdi. Ayni vaqtda, Oʻzbekistondagi boshqa nashrlar ham xuddi shunday yoki shunga oʻxshash yo’l tutdi. Yana nima qilsin?
Dunyoga mashhur OAV — Reuters, BBC, CNN, NYT, Guardian, CNBC… larni kuzatish maroqli, chunki ularda eksklyuzivlikdan tashqari nashrning mustaqil fikri ham qoʻshiladi. Bu esa, albatta, rasmiylikdan koʻra subyektiv fikr kabi namoyon bo’ladi.
Ular, masalan, bunday yozishdi: “Uchrashuvda Putin gʻalaba qildi”, “Trampning yaxshi muzokarachi sifatidagi obro’siga putur yetdi”, “Tramp javobdan koʻra ko’proq savollar qoldirdi”, “Sergap Tramp OAV savollarini e’tiborsiz qoldirdi” vhkz.
Bizga berilgan jurnalistik ta’limda OAV oʻlaroq shaxsiy fikr qoʻshmasligimiz kerak deb oʻrgatishgan (agar u mualliflik maqolasi yoki kolonka bo’lmasa). Etikaga koʻra, bu obyektivlikdir ya’ni.
Koʻzimiz tushadi: oʻsha sanab oʻtilgan nashrlar sudga beriladi, yolgʻon xabar tarqatishda ayblanadi, tahdid bo’ladi.
Oʻzbek matbuoti esa zerikarlidek. Hamma yerda ayni gaplar, raqamlar, ma’lumot — poyga faqat yangilikni kim birinchi berishda goʻyo.
Toʻgʻri, ba’zan rasmiy bo’lgan yangiliklarni berishda ham senzura mavjud, rasmiy shaxslarning OAVga ochiqligi hamin qadar, ustiga ustak, bizga qanday yozish, etikadan dars bergisi keladiganlar bisyor. Bunday sharoitda bir deganda original nimadir tayyorlab yuborish qiyin bo’lishi, vaqt olishi mumkin.
Ichki mummolar qatorida esa media bozori kichikligi, ixtisoslashgan jurnalistikadan koʻra universallik (bu bevosita daromad bilan bog’liq boʻlishi mumkin — bir nashr 10 ta yo’nalishda 10 jurnalistni yollashga mablag’ topishi lozim bu ssenariyda) tanlanishini sanash mumkin.
Nima qilish mumkin? Biroz erkinlik kerak, fikrimcha. OAV toʻgʻri axborot tarqatish qanday bo’lishini biladi odatda — unga ha deganda javobgarlikni eslatib turish shartmas. Yozsin, tanqid qilsin, oshkor qilsin — qonun doirasida bo’lsa, qilaversin. Yanglish yozdimi — ana, sud bor (sud tizimi muammolari bir yon). Shunchaki biroz erkin nafas olish, shu yetarli. Mustaqil OAV bo’lsa, oxir-oqibat mamlakat yutadi, xolos. Rang-baranglik shularning ortidan kelsa ne ajab.

Газета.uz
«Саммит Путин учун катта ғалаба бўлди». Дунё ОАВ Трамп-Путин учрашуви ҳақида нималарни ёзмоқда?
Дунёнинг етакчи нашрлари Трамп ва Путин музокараларида асосий тафсилотлар тушунарсиз қолганини ёзмоқда. Шунингдек, Трампнинг позицияси ҳамон ноаниқ, у жавоблардан кўра кўпроқ саволларни қолдирди, деб ҳисоблайди ОАВ. Ўз навбатида, саммит Европа яккалаб қўйган…
❤5👍4
Forwarded from Iqtisod4i
Давлатнинг инсоний қиёфаси
Судья Фрэнк Каприо вафот этибди.
«Умид қиламанки, одамлар ҳукумат муассасалари ўз фаолиятида меҳрибонлик, адолат ва раҳм-шафқатни намоён этиб, жуда самарали ишлаши мумкинлигини англаб етади. Биз жуда зиддиятли жамиятда яшамоқдамиз. Шундай бўлса-да, одамлар бизнинг зулм ўтказмай, адолатни қарор топтира олишимизни кўришидан умидворман».
https://www.gazeta.uz/uz/2025/08/21/frank-caprio/

«Дунёнинг энг меҳрибон судьяси» Фрэнк Каприо 88 ёшида вафот этди
Суд ишларини кўришдаги раҳм-шафқати ва эмпатияси билан танилган америкалик судья Фрэнк Каприо 88 ёшида ошқозон ости бези саратонидан вафот этди. У 40 йиллик фаолияти давомида асосан кичик ҳуқуқбузарликларни суд қилган ва кўрсатган илиқ муомаласи билан ёдда…
😢4👍3